NOMZOD BAXRONOV FARUX FAZLETDIN O`G`LINING MEN NIMA UCHUN CHEGARACHI BO`LMOQCHIMAN MAVZUSIDA YOZGAN
REFERATI.
Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman.
REJA:
O`zbekistonning ichki va tashqi siyosati. Jahonda siyosiy vaziyatlar (Avfg`oniston, AQSH, Azarbayjon Armaniston urushi, Qirg`izistondagi siyosiy vaziyatlar).
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar (150, 162, 182, 223, 224, 246, 279 302 gacha).
O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining umumharbiy nizomlari.
Dinga bo`lgan mu`nosabat.
Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. (Chegara to`g`risidagi qonun).
O`zbekistonning ichki va tashqi siyosati. Jahonda siyosiy vaziyatlar (Avfg`oniston, AQSH, Azarbayjon Armaniston urushi, Qirg`izistondagi siyosiy vaziyatlar). O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, «Tashqi siyosiy faoliyat Kontseptsiyasi to`g`risida»gi va «O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to`g`risida»gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma`ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.
O`zbekiston o`z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har tomonlama puxta o`ylangan tashqi siyosat olib bormoqda. O`zbekiston tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng e`tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.
O`zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o`z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echishni talab etadigan XXI asrning o`ta shiddat bilan o`zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari - bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to`laqonli sub`ekti sifatidagi o`rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur`atlar bilan o`sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo`lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o`rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
O`zbekiston o`z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo`lib qolmoqda:
- o`zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o`ylangan tashqi siyosat olib borish;
- teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo`l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.
Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo`nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o`zida saqlab qoladi.
O`zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o`zida saqlab qoladi.
O`zbekiston Respublikasi qo`shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko`radi, shuningdek o`z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob`ektlari joylashtirilishiga yo`l quymaydi.
Konstitutsiyaga, «Mudofaa to`g`risida»gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch xayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.
Bugungi kunda O`zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko`maklashish;
- jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko`p qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O`zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
- mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o`z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;
- O`zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas`uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to`g`ridan-to`g`ri chet el investitsiyalari va ilg`or texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
- O`zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta`minlaydigan ko`p muqobilli transport-kommunikatsiya yo`laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
- xorijdagi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta`minlash.
Bugungi globallashuv jarayonida hukumatimiz sayi harakatlari bilan Avfg`onistontondagi vaziyat bir muncha yumshadi. 2020-yil 12-sentabrda Qatarning Doxa shahrida Avfg`oniston hukumati va Tolibon o`rtasida tarixiy sulh tuzildi.
2020-yil 3-noyabr kuni AQSHda mamlakat prezidentini saylash tadbirlari bo`lib o`tdi. Bunda kichik farq bilan Jo Bayden g`alaba qozondi. Bugungi kunga kelib esa Tramp tarafdorlari saylovlarni tan olishdan bosh tortishmoqda. Kuni kecha namoyishchilar orasida 4 kishi halok bo`ldi, ko`plab kishilar hibsga olindi. Bir tomonda AQSH Xitoy munosabatlari. O`tgan davr mobaynida Tramp mamuriyati vaqtida Xitoy bilan keskin siyosat olib borildi. Xitoy iqtisodiyoti AQShga jiddiy raqobat tug`dirmoqda. Albatta bu AQSH ga yoqmaydi. Chunki shu kungacha Amerikacha siyosat shuni ko`rsatib kelgan. Ularning fikricha har doim Amerika birinchi bo`lishi lozim. Bu siyosat yo`lida albatta har qanday ishni amalga oshirishi mumkin. AQSH bunga bir qator ishlarni amalga oshirdi. Misol uchun ijtimoiy tarmoq hisoblangan Tik Tok tarmog`ini blokladi. Bunga javoban Xitoy AQSHdan ortiq qishloq xo`jaligi mollarini sotib olmasligini bildirdi. Tramp buni Xitoyning o`ziga zarar deb hisoblamoqda. AQSh Xitoy bilan savdo urushini davom ettirayotgan paytda Rossiya bilan qurollanish poygasiga ham kirishgan 2021-yilda AQSH va Rossiya o`rtasidagi New Star deb nom olgan bitim o`znihoyasiga yetadi. Dunyo yana qurollanish poygasi xavfi ostonasida turibti.
2020-yilda 30 yillik kelishmovchiliklar ostida qolgan Ozarbayjon va Armaniston o`rtasidagi urush ham shubhasiz katta qonli to`qnashuv bo`ldi. SSSR parchalanganida Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi Tog`li Qorabog` aftanom Respublikasi Ozarbayjon hududi deb tan olingan edi. Lekin shunga qaramay Arman harbiylari mana 30 yildirki bu hududni Ozarlarga berishmay kelmoqda. Shu sabab hududda shu yil sentabrida urush boshlandi. Bunda Ozarbayjon kuchlari malum maqsadlariga erishishdi. Lekin ko`plab qurbonliklar berildi.
Qo`shni Qirg`izistonda ham siyosiy vaziyat uncha yaxshi tus olmayapti. Xalq qo`zg`alonlarri, hukumat uyiga bosqinlar, siyosiyt parokandalikni keltirib chiqarmoqda. Sobiq president Almazbek Atambayevni hibsdan ozod qilishgacha borishdi namoyishchilar. Albatta bugungi kunda qo`shni davlatlar siyosati O`zbekiston uchun ham juda muhum sanaladi. Qo`shning tinch sen tinch deb bejiz aytmaydi xalqimiz. AQSh Rossiya Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy va qurollanish poygasiga tushishgan bir paytda O`rta Osiyo davlatlari birlashib rivojlanishlari lozim menimcha.