Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja


-modda. Ichki xizmatni o`tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə8/14
tarix26.05.2022
ölçüsü92,87 Kb.
#59589
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja

292-modda. Ichki xizmatni o`tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish. Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo`lsa, - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
293-modda. Jangovar navbatchilikni o`tash qoidalarini buzish. Jangovar navbatchilikni o`tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo`riqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo`lsa, - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O`sha qilmish O`zbekiston Respublikasiga to`satdan qilingan hujumni o`z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
294-modda. Chegara xizmatini o`tash qoidalarini buzish. Chegarachilar naryadi tarkibida bo`lgan shaxsning chegara xizmatini o`tash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo`lsa, ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan o`tishga;
b) boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksi XXIII bobi Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar.
295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo`qotish yoki ishdan chiqarish. Harbiy mulkni behuda sarflash, ya`ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o`zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo`yishi - bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o`q-dori, harakat qilish vositalari, texnika ta`minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo`qotish yoki ishdan chiqarish, - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin