Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja


O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining umumharbiy nizomlari



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə11/14
tarix26.05.2022
ölçüsü92,87 Kb.
#59589
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja

O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining umumharbiy nizomlari.
O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining umumharbiy nizomlari.
Harbiy nizom, Harbiy Ustav - qurolli kuchlar va qoʻshin turlarining qoʻshilma, qism va boʻlinmalaridan jangovar harakatlarda foydalanish tamoyillari, ularning maqsadlari, vazifa va usullarini, harbiy xizmatchilarning majburiyatlarini, ular orasidagi oʻzaro munosabatlarni, kundalik turmush faoliyatini. harbiy xizmatni tashkil etish, oʻtash yoʻl-yoʻriqlarini izga soluvchi hamda odob-axloq normalarini va harbiy nizomni mustahkamlash asosini belgilab beruvchi rasmiy meʼyoriyhuquqiy hujjat.
Harbiy Nizom. jangovar va umumharbiy turlarga boʻlinadi. Jangovar Nizomlar qurolli kuchlar qism va boʻlinmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi. Umumharbiy Nizomlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlari, ularning umumiy va lavozimga oid majburiyatlari, huquqlari, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini oʻtash tartiblari va boshqalarni belgilovchi qurolli kuchlarning hamma turlari uchun umumiy majburiy qoidalardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, intizom, garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktabrdagi farmoni bilan, Saf nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996 yil 14 oktabrdagi 238-sonli buyrugʻi bilan joriy etilgan. Harbiy Nizom 4 ta bulib ular -Ichki Xizmat nizomi uchta qism , o`n ikki bob, to`rt yuz uttiz sakkiz ta modda. Harbiy Saf Nizomi Harbiy Intizom Nizomi Garnizon va Qorovul Nizomidir.
Ichki xizmat nizomi uch qismdan iborat bo`lib. Birinchi qismda Qurolli kuchlarning harbiy xizmatchilari va ular o`rtasida o`zaro munosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu qismda 3 bob mavjud bo`lib birinchi bobda Harbiy xizmatchilarning huquqlari majburiyatlari va javobgarliklari o`rin olgan. Ikkinchi bobda Harbiy xizmatchilar o`rtasidagi munosabatlar tavsiflangan. Uchunchi bobda esa Brigadalar komandirlari (boshliqlari) va asosiy mansabdor shaxslarning majburiyatlari belgilanib qo`yilgan.
Ichki xizmat nizomining ikkinchi qismi besh bobni o`z ichiga oladi. Ya`ni IV bobdan VIII bobgacha bo`lib to`rtinchi bob Harbiy xizmatchilarning joylashishi. Beshinchi bob Vaqtning taqsimlanishi va kundalik tartib. Oltinchi bob Sutkalik naryad. Yettinchi bob Trevoga bo`yicha uyg`otish. Sakkizinchi bobda Harbiy xizmatchilar sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash to`g`risida so`z boradi.
Ichki xizmat nizomining uchinchi qismi IX bobdan XII bobgacha ya`ni to`rtta bobni o`z ichiga oladi. To`qqizinchi bobda Jangovor navbatchilik jangovor xizmat to`g`risida. O`ninchi bob Parklardagi ichki xizmat xususiyatlari to`g`risida. O`n birinchi bob Qo`shinlar poligonlarda (lagerda) joylashgan paytda ichki xizmatning hususiyatlari. O`n ikkinchi bobda Qo`shinlarni tashish paytida ichki xizmatning xususiyatlari haqida batafsil aytib o`tilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi V bobdan iborat bo`lib bular: birinchi bobda Umumiy qoidalar haqida so`z boradi. Ikkinchi bobda Rag`batlantirishlar ularni qo`llash tartibi haqida gap borgan. Uchinchi bobda Intizomiy ta`zirlar ularni berish tartibi, va intizomiy ta`zirni ijro etish tartiblari haqida yozilgan. To`rtinchi bobda esa Rag`batlantirishlar va Intizomiy ta`zirlarning hisob – kitobi haqida tartiblar mavjud. So`nggi beshinchi bobda esa Takliflar a`rizalar va shikoyatlar to`g`risida gap boradi.
O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Garnizon qorovullik xizmatlari nizomi uch qismdan iborat. Birinchi qism Garnizon xizmatini tashkil etish va o`tash. Bu qismda uch bob mavjud. Birinchi bobda Garnizonning mansabdor shaxslari va ularning majburiyatlari. Ikkinchi bobda esa Garnizon naryadi navbatchi bo`linmalari, patrullik xizmati uni o`tash tartibi aytib o`tilgan. Uchinchi bobda Garnizon harbiy avtomobil nazorati haqida.
Ikkinchi qism Qorovullik xizmatini tashkil etish va o`tash. Bu qism o`z ichiga IV bobdan IX bobgacha o`z ichiga oladi. To`rtinchi bobda Qorovullik xizmatini tashkil etish va qorovullarni tayyorlash. Beshinchi bobda Qorovulning huquq va majburiyatlari. Qorovul boshlig`ining umumiy majburiyatlari. Oltinchi bobda Garnizon naryadini tarqatish va almashtirish. Yettinchi bobda Qorovul bo`linmasida ichki tartib intizom. Sakkizinchi bobda Qorovul bo`linmalarini tekshirish. To`qqizinchi bobda Alohida joylashgan radiotexnik, boshqa maxsus bo`linmalar va qo`shinlarni hamda harbiy yuklarni tashish chog`idagi qorovullik xizmatining o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida aytib o`tilgan.
Uchinchi qism Qo`shin ishtirokida garnizon tadbirlarini o`tkazish. Bu qism o`zida III bobni mujassamlashtirgan. O`ninchi bob Qo`shin paradlari. O`n birinchi bob Harbiycha hurmat bajo keltirish. O`n ikkinchi bobda Favqulotda holatlarni bartaraf qilish uchun qo`shinni jalb etish to`grisida aytilgan.
O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Saf nizomi VIII bobdan iborat. Birinchi bob Umumiy qoidalar. Bunda safni boshqarish, komandir va harbiy xizmatchilarining safdagi majburiyatlari haqida so`z borgan. Ikkinchi bobda Safda turish va yurish usullari hamda qurol bilan va qurolsiz harakat qilish. Uchinchi bob Harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish. Boshliqning oldiga borish va uning oldidan ketish. To`rtinchi bob Bo`lim, rota, vzvod, batalyon va brigadaning piyoda holatida safga tuzilishi. Beshinchi bob Rota, vzvod, batalyon va brigadaning mashinalarda saf tortishi. Oltinchi bob Bo`linmalar shaxsiy tarkibining jangda piyoda harakatlanish yo`llari va usullari. Yettinchi bob Rota, batalyon va brigadaning saf ko`rigi. Sakkizinchi bob Harbiy qism Jangovor Bayrog`ining safdagi holati, uni olib chiqish va olib ketish kabi qonunlar bilan belgilab qo`yilgan.

Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin