Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja


-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko`rish qoidalarini buzish



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə10/14
tarix26.05.2022
ölçüsü92,87 Kb.
#59589
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja

299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko`rish qoidalarini buzish. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko`rish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish. Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok bo`lishiga yoki boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining XXIV bobi Harbiy mansabdorlik jinoyatlari
301-modda. Hokimiyatni suiste`mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi. Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o`z hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste`mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo`lsa, uch yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmishlar badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazib, sodir etilgan bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmishlar:
a) odam o`lishiga;
b) boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, o`n yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, - o`n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash. Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o`z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo`lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - uch yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin