Farg’ona Davlat Universiteti
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 21_20-guruh talabasi Abdug’aniyeva Donoxonning Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan
Referati
Qabul qildi:Xoliqulov M
Mavzu: Muhit va ekologik omillar.Muhitga organizmlarning moslashishi
Reja:
1 Ekologiyada muhit tushunchasi
2 Moslashish
3 Ekologik omillar va ularning turlari
4 Ekologik omillarning tirik organizmga ta’siri
Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.).
Muhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi uchinchi element esa oarganizm uchun zararli bo'lishi mumkin.
Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p va doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa o'zgaorib turadi va u o'ljaning oz-ko'pligiga bog'liq bo'ladi.
Biologiyada moslashish atamasi ostida organizmning tabiiy tanlanish yordamida orttirgan foydali xarakteristikasi tushuniladi. Moslashish mavzusi evolutsion biologiyada muhim hisoblanadi. Moslashish haqidagi nazariyani Jean-Baptiste Lamarck shakllantirgan.Moslashgan organizmlar oʻzlari yashayotgan atrof-muhitda quyidagilarni bajara olishadi:
Tana haroratini saqlash uchun yetarli issiqlik olish, oziqlanish.
Tabiiy dushmanlaridan himoyalanish.
Koʻpayish.
Dostları ilə paylaş: |