Referati termiz-2023 mavzu: Baxtsiz hodisa va zaharlanishda vrachgacha bo`lgan birinchi yordam



Yüklə 394,92 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü394,92 Kb.
#116424
növüReferat
1   2   3
Baxtsiz hodisa va zaharlanishda vrachgacha bo`lgan birinchi yordam.

Zaharlanish turlari.
P aratsetamol bilan zaharlanish.

Paratsetamol 200 dan ortiq turli xil nomli dorilar tarkibiga kiradi, shu jumladan og’riqsizlantiruvchi va harorat tushirish uchun suyuq dorilar tarkibiga xam kiradi. Paratsetamol bilan zaharlanganda anoreksiya, ko’ngil aynishi,qusish,terini oqarishi,terlash,jigarning kattalashishi, qorinning yuqorigi burchagida og’riq paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Yordam ko’rsatish. Tezlik bilan oshqozonni tozalash kerak: agar bemor xushdan ketmagan bo’lsa ko’ngil aynituvchi vositalar qo’llash mumkin, masalan ipekakuan siropini. 6 oydan 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga 5 ml, 1 dan 12 yoshgacha 15 ml, 12 yoshdan so’ng 30 ml, katta miqdoda suv bilan berish yoki zond orqali oshqozonni yuvish kerak. Znterosorbent xam berish kerak( aktivlashgan ko’mir).
Temir moddalari bilan zaharlanish.
Temir va temir saqlovchi vitaminlarni bolalarni qo’li etadigan joylarga qo’yish xatarli hisoblanadi.
Zaharlanganda ko’ngil aynish, qusish, diareya, uyquchanlik, qorinning yuqori sohasida og’riq paydo bo’lishi, rang oqarishi, terlash, tsianoz kuzatiladi.

Yordam ko’rsatish. Og’ir xollarda shifoxonaga yotqizish kerak.


Ko’ngil aynituvchi vositalar qo’llash, oshqozonni zond orqali yuvish lozim..

Atsetilsalitsil kislota bilan zaharlanish.
Atsetilsalitsil kislota bilan zaharlanganda- quloq shang’illashi, qusish, isitma chiqishi,uyqu kelishi, og’ir xollarda esa xushdan ketish, koma xolatiga tushish, nafas etishmovchiligi va yurak to’xtashi kuzatiladi.
Yordam ko’rsatish. Ko’ngil aynituvchi vositalar( ipekakuan siropi)ni qo’llash, keyin aktivlashgan ko’mir va kuchsizlantiruvchi vosita berish kerak.
Kuydiruvchi xususiyatga ega bo’lgan vositalar bilan zaharlanish.
Kuydiruvchi xususiyatga ega bo’lgan vositalarga turli xil kislotalar(azotli, borli, zssentsial sirkali, oltingugurtli), potash, ammiak eritmasi, nashatir spirti, kaliy permanganatning xlorli eritmasi, perekis vodorod, yod, maishiy kimyo vositalari( tozalovchi va yuvuvchi vositalar) kiradi. Ushbu moddalar bilan zaharlanganda : lablarda, og’iz bo’shlig’ini shilliq qavatida, tanglay va xalqumda kuygan izlar ko’rinadi.Shuningdek, shish, giperemiya, yaralar kuzatiladi. Og’iz bo’shlig’ida, qizilo’ngachga o’tish joyida, oshqozonda og’riq seziladi. Bir necha marta qon aralash qusish, ayrim xollarda qon ketishi kuzatiladi. Qorin shishgan, og’rik oqibatida balg’am ajralishi buziladi.

Teriga va kon'yuktivga kimyoviy vositalarning tushishi oqibatida bo’lib, kuyishdan boshlab nekrozgacha boradi. Bug’larni yutib yuborganda(ayniqsa uchuvchi moddalar, masalan ammiak kontsentratsiyali eritmasini)- yuqorigi nafas olish a'zolari kuyadi, shish, laringo va bronxospazm paydo bo’ladi. Koma, xushdan ketish, nafas olishning yomonlashuvi kuzatiladi.


Yordam ko’rsatish. Shifoxonagacha bo’lgan bosqichda. Teri va ko’z jarohatlanganda oqar suv bilan tezda yuvish kerak. Shifoxonaga qabul qilganda esa oshqozonni o’simlik moyi surtilgan zond orqali sovuq suv bilan tezda yuvish lozim.
Qo’ziqorin bilan zaharlanish.
Qo’ziqorin bilan zaharlanish odamga toksik ta'sir qiluvchi qo’zikorinlarni iste'mol qilgandan so’ng paydo bo’ladi. Bunga qizil muxomor, oq poganka, govorushkalar kiradi.Oq poganka bilan zaharlanganda 6-24 soatdan so’ng qaltirash, jag’lari taranglashuvi, nafas olishning buzilishi, isitma, mushaklar og’rigi, ko’ngil aynishi, qusish, qorin og’rigi, xolerasimon diareya(ko’pincha qon bilan) kuzatiladi.
Qizil muxomor, govorushka bilan zaxarlanganda esa belgilar 30 soatdan so’ng yuzaga keladi. Ko’ngil aynishi, qusish, umumiy xolsizlik, suyuq axlat, qorin og’rigi, bo’g’ilish, teri va so’lak ajralishi ko’payishi, og’ir xollarda xushning buzilishi, bezovtalik, gallyutsinatsiya, koma, qo’rqish, qaltirash kuzatiladi.
Yordam. Oshqozonni tozalash, ko’ngil aynituvchi vositalar, nordon xolsizlantiruvchi vositalar qo’llash lozim.



Yüklə 394,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin