2. O’zbekiston
Respublikasi
Qonunlariga
muvofiq
O’zbekiston
Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi
bilan yohud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tish, shuningdek, bunday
nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligini to’xtatishiga olib kelmaydi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng
huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya
etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon
hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va
ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.
1997-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini
jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy
davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan bilim
olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi
bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va
nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil
rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi
sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash
sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanish omillaridan biridir.
O’tgan yillarda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda
mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual
salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning mazmunini
yangilashga ko’maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim-tarbiya
tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim
sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini
ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob
bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi
9
.
Dostları ilə paylaş: |