349. «Insonlar jamoa bo‘lib, yashashlari uchun o‘zaro muloqotda, turli munosabatda
bo‘lishlari, bir-birlarining ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishlari va umumiy
intilish, maqsadga ega bo‘lishlari lozim». YUqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.
A) Ibn Sino
B) Beruniy
C) Farobiy
D) Nizomulmulk
350. «Har bir xalqning udumlari ko‘p yillar tajribadan o‘tgan o‘sha xalqning yashash
tarzi, dunyoqarashi bilan uyg‘unlashib ketgan», «Hamma gap shundaki, (inson)
ehtiyojlarining ko‘pligi va himoya vositalaridan mahrum bo‘lganda chidamsizligi
hamda dushmanlarning serobligi orqasida, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va har biri
o‘zini ham, boshqalarni ham ta’minlaydigan ishni qilish maqsadlarida o‘z
hamtovoqlari bilan jamiyat bo‘lib birlashishga majbur bo‘lgan edi». Mahalla
to‘g‘risida yuqorida keltirilgan fikrlar kimning qalamiga mansub?
A) Ibn Sino
B) Beruniy
C) Farobiy
D) Nizomulmulk
351. Alisher Navoiy o‘zining qaysi asarida mahallaning hayotda tutgan o‘rni va
nufuzi, mahalladoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tenglik, shohu-gadoning bir-biriga
bo‘lgan munosabatida g‘amxo‘rlik qadrlanganligini yozadi?
A) “Xayratul-abror” asarida
Dostları ilə paylaş: