O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRINING
BUYRUG‘I
REFERENT NARX SHAKLLANTIRISH TIZIMI DOIRASIDA DORI VOSITALARI NARXLARINI QAYD
ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 3242]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “O‘zbekiston
Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini
qayd etish tartibi
to‘g‘risidagi nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon kilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-mart,
115-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirining 2020-yil 24-
martdagi 115-son
buyrug‘iga
ILOVA
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi
to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son
“O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq referent narx shakllantirish
tizimi doirasida dori
vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun
ruxsat etilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab
chiqarilgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni
qayd etish dori moddalari
(substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan
Orfan dori vositalari
ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalariga hamda cheklangan
narxlar qayd etilgunga qadar
sertifikatlashtirilgan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: