Ariza beruvchi axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng arizada ko‘rsatilgan dori
vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish uchun ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
Agarda ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini
tasdiqlovchi hujjatlari noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan bo‘lsa, ishchi organ ro‘yxatdan o‘tkazish rad
etilganligi to‘g‘risidagi elektron xabarni darhol axborot tizimi orqali ariza beruvchiga jo‘natadi.
7. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori
shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori
vositalarining har bir savdo nomi uchun O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan
cheklangan narxlarni axborot tizimiga kiritadi.
8. Ariza beruvchi (import dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli,
qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini
hisobga olgan holda dori
vositalarining har bir savdo nomi uchun ariza beruvchining xati bilan tasdiqlangan quyidagi
ma’lumotlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomning
ilovasida
ko‘rsatilgan aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi
yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent
mamlakatlarga Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sug‘urta haqi to‘langan) shartida
(bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) dori vositalarini yetkazib berish narxlari;
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda distribyutyerlar uchun ushbu mamlakat
valyutasida belgilangan narxlar;
so‘nggi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib
berish valyutasida belgilangan shartnomaning Inkoterms CIP sharti asosida ko‘rsatilgan narxlari.
Agarda mazkur bandning
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan
narxlarni taqdim
etish imkoni bo‘lmasa, ariza beruvchi tomonidan taqdim etish imkoni yo‘qligining aniq sabablari
ko‘rsatib o‘tiladi va qayd etilishi lozim bo‘lgan cheklangan narxlar taklifi kiritiladi.
9. Axborot tizimi import dori vositalari narxlari bo‘yicha ma’lumotlarni qabul qilib,
quyidagilarni avtomatik tarzda hisoblab chiqadi:
so‘ngi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib
berish valyutasida belgilangan shartnomalarning Inkoterms CIP sharti asosida ko‘rsatilgan
narxlarning o‘rtacha miqdori;
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi distribyutyerlar uchun ushbu mamlakat
valyutasida belgilangan narxga mahsulot narxining 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan sug‘urta va
transportda tashish xarajatlari qo‘shilgan hamda referent mamlakatlardagi narxlarning
umumlashtirilgan o‘rtacha miqdori.
Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar
bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha miqdorlardan eng kam miqdorni, ariza to‘ldirilgan kunda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan
valyutalarning rasmiy
ayirboshlash kursi bo‘yicha ariza beruvchining tanloviga asosan AQSh dollari, yevro yoki Rossiya
rublida cheklangan narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
10. Ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxlarni tasdiqlash yoki rad
etish huquqiga ega.
11. Agarda ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxni tasdiqlashni
rad etsa, u holda o‘zi tomonidan kiritilgan cheklangan narxni qaytadan ko‘rib chiqishi hamda
arizani takroran topshirishi mumkin.
12. Ishchi organ axborot tizimi orqali yetti ish kuni ichida arizani ko‘rib chiqib, ariza beruvchi
tomonidan tasdiqlangan cheklangan narxlarni qayd etish uchun vakolatli organga tavsiya beradi.
13. Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi
ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarurati mavjud bo‘lsa, ishchi organ kamchiliklarni bartaraf etish
zarurligi to‘g‘risidagi xabarnomani darhol ariza beruvchiga yuboradi.
14. Ishchi organ tomonidan xabarnoma yuborilgan kundan boshlab
yigirma ish kuni ichida
ariza beruvchi hujjatlardagi noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ikki martagacha
cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun arizani topshirishi mumkin.
15. Ishchi organ tomonidan talab qilingan ma’lumotlar axborot tizimiga o‘z vaqtida kiritilmasa
yoki to‘liq bo‘lmasa, kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi uchinchi xabarnomadan so‘ng
vakolatli organ cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etishni rad etadi va bu haqidagi
ma’lumotni darhol ariza beruvchiga yuboradi.
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilgandan
so‘ng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida taklif etilgan
cheklangan narxlarni qayd etadi yoki qayta qayd etadi hamda cheklangan narxlar reyestriga
kiritadi.
17. Import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan
sotib olinadigan dori
vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan
qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji
narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash orqali
amalga oshiriladi.
Import qilinadigan dori vositalarining sotib olingan qiymati quyidagi formula bo‘yicha
aniqlanadi:
SOQ = Shn + B + Bx, bunda:
SOQ — import qilingan dori vositalarining sotib olingan qiymati;
Shn — Inkoterms CIP shartlarida O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori
vositalarining bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining milliy valyutasida belgilangan shartnomadagi narxi;
B — O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblangan bojxona to‘lovlari;
Bx — boshqa xarajatlar (shartnomadagi Inkoterms CIP shartida ko‘rsatilgan narxning 1
foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
18. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining narxlari cheklangan
narxlardan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Agarda shartnoma narxi cheklangan narx ko‘rsatilgan valyutada bo‘lmasa, unda
shartnomaning bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha AQSh dollarida
qayta hisoblangan narxi cheklangan narxdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
19. Cheklangan narxlar reyestri axborot tizimida qayd etilgan cheklangan narxlarni,
shuningdek ariza to‘ldirilgan kunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan
belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy
valyutasida mazkur Nizomning
17-bandiga
muvofiq cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li
bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarni aks ettiradi.
20. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan cheklangan narxlar qayd etilgan sanadan
e’tiboran uch oydan kam bo‘lmagan muddatda cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza
topshirishga haqli.
Cheklangan narxlarni uch oydan kam bo‘lgan muddatda qayta qayd etish uchun quyidagilar
asos bo‘lishi mumkin:
cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirilgan sanada cheklangan narx qayd
etilgan sanaga nisbatan chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasiga
nisbatan kursining kamida 5 foizga o‘sishi;
dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major)
holatlarining yuz berishi.
21. Ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim
etilganligi aniqlansa, cheklangan narxlar reyestrida ko‘rsatilgan dori vositalarining
narxlari darhol
ushbu reyestrdan chiqariladi.
22. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd
etish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: