Oriental Journal of Geography ISSN: 2181-2772 https://www.supportscience.uz/index.php/ojg 22
Tabiiy mazmundagi ba’zi elementlarni ko’rsatishda kartografik tasvirlash usullari - chiziqli
belgilar ishlatilgan. Bunday usul bilan maydonli ob’ektlarning chegaralarini ko’rsatiladi. Atribut
ma’lumotlar qator va ustunlardan tashkil topgan bo’lib, ular maxsus jadvallar shaklida
ifodalanadi. Ob’ektlarning atribut jadvallari har bir nuqta, yoy yoki maydon haqidagi ma’lumotni
saqlaydigan maxsus fayli hisoblanadi(2-rasm)
2-rasm. Obyektlarning atribut jadvallari.
GAT dasturlarida karta yaratishda har doim asosiy e’tibor geografik asosni va bazaviy
kartani to‘g‘ri tanlashga qaratiladi, u GATga kelib tushadigan barcha ma’lumotlarni bog‘lash,
qo‘shish va koordinatalash, informatsion qatlamlarni o‘zaro muvofiqlash va shundan so‘ng
overleyni qo‘llab taxlil qilish uchun karkas (sinch, kobirga) bo’lib xizmat qiladi. GATni tematikasi
(mavzuyi) va muammoli orientatsiyasidan kelib chiqib, bazaviy asos sifatida quyidagilar
tanlanishi mumkin:
• ma’muriy-xududiy bo‘linish kartalari;
• topografik va umumgeografik kartalar;
• kadastr planlari va kartalari;
• joyni fotokartalari va fotoportretlari;
• landshaft kartalari;
• tabiiy rayonlashtirish kartalari va tabiiy konturlar sxemalari;
• qishloq xo‘jaligi yerlardan foydalanish kartalari[3, 135-b.].
XULOSA GAT ma’lumotlari asosida yaratilgan irrigatsiya kartalaridan foydalashishda qishloq
xo‘jaligi yer turlari bo’yicha taqqoslash imkoniyati mavjud. Misol uchun, sug’oriladigan va
sug’orilmaydigan yerlarni kartalarini taqqoslaganda ularni turi bir-biriga mos kelgani maqsadga
muvofiqdir, chunki umumlashtirish va toifalarni birlashtirish natijasida chegaralar sezilarli
darajada o‘zgaradi. Har xil darajadagi toifalarni bir-biri bilan solishtirganda albatta shuni e’tiborga
olish lozim. Maydon ichidagi atributlar doimiy miqdorda bo‘lsa, ushbu maydon bir yaxlit qilib
saqlanadi. Sifatli rang yoki miqdorli rang usulida tuzilgan kartadan maydon to’g‘risida
ma’lumotlarni olib ularni kompyuter xotirasiga kiritish va mavjud chegaralarni aniqlash qulaydir.