102
* CD(cache disable) kesh xotirani taqiqlash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira borligiga
ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa taqiqlaydi.
PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash (Pg=0)
CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan chiqib ketishga
mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha:
Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa, mikroprosessor
ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. SHu ma’lumotga qarab kerakli sahifa topiladi va
xotiraga yuklanadi.
CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu
registrni birinchi darajali
sahifalar katalogi registri deb atasak bo‘ladi.
CR4 Pentium mikroprosessorlarining turli modellariga paydo bo‘lgan elementlarni
xarakterlaydi.
Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish registrlari deb
ham ataladi. Ular mikroprosessorning multiamalli holatida ma’lumotlarni va dasturlarni
himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan rejimda mikroprosessor adresli muhiti 2 ga
bo‘linadi:
Global – barcha vazifalar uchun umumiy
Lokal – har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprosessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:
* GDTR(global descriptor table registr) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32
bit global
deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.
* LDTR(local descriptor table registr) 16 bit o‘lchamga ega va LDT deskriptor jadvali
spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.
* IDTR(interrupt descriptor table registr)
* TR(task registr) 16 bitli vazifa registri
Otladka registrlari, bu apparatli otladka uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli
otladka vositasi birinchi marta i486 mikroprosessorlarida paydo bo‘ldi. Apparatli qism
tomonidan mikroprosessor 8 ta otladka registridan iborat. Lekin real holda ularning faqatgina
6 tasi ishlatiladi.
DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish nuqtasi adresini
kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har qanday adres DR0…DR3
registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos tushgan holatda 1 raqamini otladka
generatsiya qilinadi.
DR6 –otladka holati registri deb ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat nuqta
natijasida ro‘y beradi.
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
BS - eflages registrida tf=1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
BT - qopqon bit ISST=1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.
Soprotsessor registrlari
Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta guruhini ko‘rish mumkin:
103
1) soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0…R7 nomdagi 8 ta registr. Har bir registr o‘lchami
80 bitdan. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun xarakterli hisoblanadi.
2) uchta xizmatchi registr:
SWR (status word regiter) – soprotsessor holatini ifodalovchi registr.
SWR registrlarida
oxirgi buyruq bajarilganda qanday cheklanish kelib chiqdi, soprotsessor stekining yuqorigi
registrlari qaysiligini ko‘rsatuvchi maydonlar mavjud.
CWR (control word registr) - soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi. Ushbu registrdan
maydonlarga qarab sO’nli hisoblashlar aniqligi,
yaxlitlashni boshqarish, o‘z ishlarini niqob
qilish mumkin.
TWR (tags word registr) teg so‘zlari R0..R7 registrlarining holatlarini boshqarish uchun
ishlatiladi.
3) ikkita ko‘rsatish registrlari:
DPR (data point regiter) ma’lumotlarni ko‘rsatgich registri
IPR (instruction poin registr) buyruqlar ko‘rsatiladi.
Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat qiladi. Bu
ko‘rsatgichlar qoidadan istiska holida bajariladigan qayta ishlash jarayonida ishlatiladi.
SWR holat registrlari
Yangi registrlar turlari
80386 dan boshlab 32 razryadli protsessorlarda foydalaniladigan registrlarning bir kismi 32
razryadli bo’lgan. Lekin shunga karamay, segmnt registrlari avvalgiday 16 razryadliligicha
koldi. Bundan tashkari 486
protsessorlaridan boshlab, asosan sitemaga karatilgan yangi
registrlar turlari paydo bo’ladi.
Sistemali registrlar.
Sistemaga karatilgan registrlar klassifikatsiyasi:
Eflags flaglar registri;
Xotirani tashkil etish registrlari;
Boshkaruvchi registrlar;
Otladka registrlari;
Test registrlari.
Sistemali reigstrlar Amaliy dasturlar bajariladigan muhitni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Ko’pchilik sitemalarda Ushbu registrlarga murojjatda taqiqlanadi.
Xotirani boshqarish registrlari.
i486 protsessorida 4 regsitr ma’lumotlar strukturalariga yul ko’rsatadi. Ular xotira
segmentlarining tuzilishini boshkaradi. Ushbu registrlarni yuklash va saklash uchun maxsus
registrlar mavjud. GDTR va IDTR regsitrlari xotiradan 6 baytli bloklarni chikaruvchi
buyruqlar erdamida chakirilishi mumkin. LDTR va TR registrlari operand sifatida 16 bitlik
selektor segmentidan foydalanadigan buyruqlar erdamida yuklanadi. Sungra bu registrlarning
kolgan baytlari protsessor tomonidan yuklanadi. Ko’pchilik
tizimlar bu registrlar
yuklanishini taqiqlabi qo’yadi.
GDTR – global deskriptorlar jadvali registri. 32 bitli bazali adres va 16 bitlik segment
chegarasi global deskriptorlar uchun. Segmnt deskriptori segmentning bazali adresini uzida
mujassamlashtirgan.
LDTR – 32 bitlik bazali adresga ega lokal deskriptorlar jadvali registri. LDTR li segment
GDT da tegishli segment deskriptorgi ega bo’ladi.
IDTR – uzilishlar deskriptorlari jadvali registri. Uzilish ro’y berganda uzilish vektori shlyuz
deskriptori jadvali indeksi sifatida ko’riladi.