x2 | xu |
Tuproq sifatining ta’siri tufayli kutiladigan hosildorlik
|
1
|
48
|
14
|
2304
|
672
|
17,10
|
2
|
70
|
19
|
4900
|
1330
|
23,6
|
3
|
52
|
21
|
2704
|
1092
|
18,2
|
4
|
46
|
16
|
2116
|
736
|
16,50
|
5
|
50
|
20
|
2500
|
1000
|
17,7
|
6
|
66
|
23
|
4356
|
1518
|
22,40
|
7
|
88
|
30
|
7744
|
2640
|
28,9
|
8
|
70
|
25
|
4900
|
1750
|
23,6
|
|
490
|
168
|
31524
|
10738
|
168,0
|
Jadvaldagi ma’lumotlarni yuqoridagi tenglamalarga qo‘yib, a va v parametrlar qiymatini aniqlaymiz:
Har bir tenglamaning hadlarini a parametr oldidagi koeffitsiyentga bo‘lamiz:
Ikkinchi tenglamadan birinchisini ayirib, b parametrini aniqlaymiz:
Shundan so‘ng a koeffitsiyentining qiymati aniqlanadi. Buning uchun b parametri qiymatini olingan tenglamalarning har biriga qo‘yish orqali aniqlash mumkin. Birinichisiga qo‘yib aniqlaymiz:
Shunday qilib, korrelatsion bog‘lanish regressiyasining to‘g‘ri chiziqli tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi:
Ushbu tenglama yordamida u (hosildorlik) ning har bir qator bo‘yicha kutiladigan qiymati, ya’ni tuproq sifatining ta’siri ostida kutiladigan hosildorlik darajasi aniqlanadi:
Yuqorida olingan tenglama bog‘liqlikning to‘g‘ri chiziqli korrelatsion tenglamasi hisoblanadi. Bunda v parametri regressiya koeffitsiyentini bildiradi, u tuproq sifatining 1 ballga oshishi bilan aniq sharoitda bug‘doy hosildorligining o‘rtacha 0,295 sentnerga oshishligini ko‘rsatadi.
4.Ikki belgi orasidagi egri chiziqli bog‘lanish
Yuqorida ikki belgi orasidagi bog‘lanishni to‘g‘ri chiziqli korrelatsion bog‘lanish tenglamasi asosida ko‘rib chiqdik. Bu bog‘lanishning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bir belgining ozmi-ko‘pmi bir tekisda o‘zgarishi ikkinchi bir belgining bir tekisda o‘zgarishiga olib keladi. Ammo ko‘p holatlarda bir belgining bir tekisda o‘zgarishi (oshib borishi yoki kamayishi) boshqa bir belgining notekis o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, agar tuproq namligi me’yoridan oshsa, albatta ekinlar hosildorligining pasayishiga sababchi bo‘ladi. Yoki boshqa bir misol. Chorva molining yoshi belgilangan chegaradan orta boshlasa, mahsuldorlik darajasi pasaya boshlaydi. Bunday bog‘lanish egri chiziqli korrelatsion bog‘lanish hisoblanadi. Qachonki, egri chiziqli bog‘lanish bo‘lib, u ikkinchi tartibli parabola shakli ko‘rinishida bo‘lsa, bog‘lanish egri chiziqli tenglama bilan ifodalanadi va parametrlari aniqlanib, bog‘liqlikka baho beriladi. Egri chiziqli tenglama quyidagicha ifodalanadi:
Ushbu tenglama parametrlari (a, b1, b2) quyidagi mo‘tadil tenglamalarni bajarish orqali aniqlanadi:
х
Ushbu tenglamalarning parametrlarini aniqlashdan oldin juft korrelatsiya bo‘yicha tuzilgan jadval ma’lumotlariga o‘xshash jadvalda ko‘rsatkichlar aniqlanadi, so‘ngra jadval ma’lumotlarini tenglamalarga qo‘yib yechiladi va hodisalar o‘zaro bog‘liqligiga ta’rif beriladi, ya’ni omil belgining o‘zgarishi tufayli natijaviy belgining o‘zgarishiga baho beriladi. Omil belgilari bilan natijaviy belgi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi zaruriy ko‘rsatkichlar jadvalini tuzib olish zarur. Ma’lumotlar jadvali «juft korrelatsiya» da keltirilgan ma’lumotlar jadvaliga o‘xshaydi, shuning uchun ushbu jadval sxemasidan tenglamalardagi ko‘rsatkichlarga moslab, foydalanish mumkin. Jadval ma’lumotlari aniq bo‘lgandan keyin tenglamalarni yechish mumkin. Jadvaldagi ma’lumotlarni tenglamalarga qo‘yish orqali ular yechiladi, shundan so‘ng omil belgilar darajalarining o‘zgarishi tufayli natijaviy belgining o‘zgarishiga ta’rif beriladi.
Tenglamalarni yechish tartibi:
Tenglamalarga jadvalda keltirilgan zaruriy ko‘rsatkichlar qo‘yiladi;
Tenglamalardagi har bir hadni a parametri oldidagi ko‘rsatkichga bo‘linadi;
Ikkinchi tenglamadan birinchi tenglama ayriladi;
Uchinchi tenglamadan ikkinchi tenglama ayriladi;
Ikki noma’lum hadli ikki tenglama tizimi tuzib olinadi;
Ikki tenglamadagi barcha ko‘rsatkichlarni b1 parametri oldidagi koeffitsiyentga bo‘linadi;
Birinchi tenglamadan ikkinchi tenglama ayriladi va b2 parametr qiymati aniqlanadi;
Tenglamalarning biriga b2 parametr qiymatini qo‘yib, b1 parametr qiymati aniqlanadi;
Dastlabki uchta tenglamaning biriga (2-bandda keltirilgan) b1 va b2 parametrlari qiymatlarini qo‘yib, a parametri qiymati aniqlanadi;
Egri chiziqli tenglama ( ) ga a, b1, b2 parametrlar qiymatlari qo‘yilib, omil belgining o‘zgarishi tufayli natijaviy belgi o‘zgarishiga ta’rif va baho beriladi, hodisalar orasidagi bog‘lanish tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |