6. Ko‘p omilli korrelatsiya
Natijaviy belgilarning o‘zgarishi umuman olganda bir necha omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Masalan, chorva mollari mahsuldorligi darajasining o‘zgarishini olib qaraylik. Bu o‘zgarishga mollar zoti, oziqlantirish darajasi, boqish sharoiti, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish darajasi kabi ko‘p omillar ta’sir qiladi. Yoki ikkinchi misol. Ekinlar hosildorligi darajasining o‘zgarishini olaylik. Bu ham urug‘ sifati, o‘g‘itlash darajasi, yerni haydash sifati, sug‘orish rejimi, xodimlarni rag‘batlantirish kabi ko‘p omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi.
Natijaviy belgining o‘zgarishiga ikki va undan ortiq bo‘lgan asosiy (muhim) omil belgilarining ta’sirini aniqlash uchun ko‘p omilli korrelatsiya qo‘llaniladi.
Ko‘p omilli korrelatsiya deganda uch va undan ortiq belgilarning o‘zaro bog‘lanishi va bog‘liqligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, bir natijaviy belgi va bir necha omilli belgilarning o‘rtasidagi bog‘lanish ko‘p omilli korrelatsiya deb tushuniladi.
Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘p omilli korrelatsiya yordamida o‘rganishda juft korrelatsiyadagi kabi to‘g‘ri va egri chiziqli korrelatsion tenglamalar qo‘llaniladi.
Ko‘p omilli korrelatsiyaning to‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Ushbu tenglama parametrlarini mo‘tadil tenglamalar tizimlarini yechish orqali aniqlanadi. Bu tenglamalarni yechishda kichik kvadratlar usulidan foydalaniladi, ya’ni omillar soni ikkita bo‘lganda mo‘tadil tenglamalar tizimi uch noma’lumli (a, b, c) uchta chiziqli tenglamadan iborat bo‘lib, regressiya tenglamasining parametrlari «eng kichik kvadratlar» usuli yordamida aniqlanadi.
Mo‘tadil tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
9-jadvalda keltirilgan u, x1, x2 belgilari orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri chiziqli korrelatsion bog‘lanishdir.
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, tenglamalar parametrlarini aniqlaymiz. Buning uchun tenglamalarga jadvaldagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib chiqamiz:
Ushbu tenglamalarning barcha ko‘rsatkichlarini a parametri oldidagi koeffitsiyentlarga bo‘lamiz:
Shundan keyin birinchi tenglama ko‘rsatkichlarini ikkinchi tenglama ko‘rsatkichlaridan, undan keyin uchinchi tenglama ko‘rsatkichlaridan ayirib tashlash orqali ikki noma’lum hadli tenglamaga ega bo‘lamiz.
Ikkinchi tenglama ko‘rsatkichlaridan birinchi tenglama ko‘rsatkichlarini ayiramiz:
Uchinchi tenglamadan birinchi tenglama ko‘rsatkichlarini ayiramiz:
_
9-jadval
Dostları ilə paylaş: |