Men har doim ham o’zimning haqiqiy sifatlarimni namoyish
etmayman.
Natijalarni hisoblash.
Kalitga mos kelgan har bir javob uchun 1 ball qo’yiladi Kalit:
«to’g’ri», «to’g’ri shekilli» - 1, 5, 7;
«noto’g’ri», «noto’g’ri shekilli» - 2, 3, 4, 6, 8, 9,10.
Tekshiriluvchining javoblari kalit bilan solishtirilgach, bolalarning
umumiy yig’indisi hisoblab topiladi. Natijalarning talqini.Agar tekshiriluvchi
samimiy javob bergan bo’lsa, uning muloqotda o’z – o’zini boshqara olish
darajasi haqida quyidagi fikrlarni bildirish mumkin:
1 – 3 – kommunikativ nazorat sust; hulq – atvor barqaror, vaziyatga
qarab o’zgaravermaydi muloqotda samimiy ravishda ko’ngildagi gapni
gapirish ehtimoli yuqori: dangallik va cho’rtkesarlikning kuchli ekanligi
atrofdagi ba’zilarga ѐqmasligi mumkin.
4 – 6 – kommunikativ nazorat o’rtacha; samimiyat daraji yuqori, lekin
ba’zida hissiѐtlar «jilovi» bo’sh qo’yib yuboriladi: xulq – atvorda
atrofdagilarning fikrlarini inobatga olish mavjud.
7 – 10 – kommunikativ nazorat yuqori; tezlik bilan har qanday rolga
kirisha olish; vaziyat o’zgarishi bilan shaxsiy xulq – atvorni osongina
o’zgartirish; atrofdagilarda qanday taasurot qoldirilishini oldindan bilish.
M.Snayderning ta’kidlashicha, kommunikativ nazorat darajsi yuqori
bo’lgan odamlar qaysi vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini biladilar, o’z
emotsiyalarining ifodalanishin boshqaradilar. Biroq ular o’zlarini tabiiy
tutishga qiynaladilar, voqealar rivojini oldindan payqab bo’lmaydigan
vaziyatlarni xush ko’rmaydilar. Kommunikativ nazorat darajasi past bo’lgan
odamlar o’zini tabiiy va ochiq tutadilar, lekin vaziyat o’zgarganda, yangi
vaziyatga moslashishda qiynaladilar.
Metodika manbasi: Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo
psixologa: Ucheb.posbie: V 2 kn. – Z – e izd. – M.: Gumanit. Izd. Tsentr
VLADOS, 2000: - KN. 2: Rabota psixologa so vzroslo’mi. Korrektsionno’e
priѐmo’ i uprajneniya. – 480 s. 57 – 58 betlar.
Dostları ilə paylaş: