Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash so’rovnomasi
Mazkur so’rovnoma shaxsga nizolashuvchanlik xususiyati
qanchalik
xos ekanini aniqlashga xizmat qiladi.
Jamoat
transportida
boshlanib
ketgan
tortishuvga
sizning
munosabatingiz qanday bo’ladi?
A) ishtirok etaman; b) qaysi tomonni haq deb bilsam, uning oldini
olib, biror narsa deyman, v)
faol aralashib, butun zarbani o’zimga olaman.
Majlislarda rahbariyatni tanqid qilib chiqasizmi?
A) yo’q; b) etarli asosga ega bo’lsam, tanqid qilaman; v) har qanday
sabab bilan nafaqat rahbariyatni, balki uning oldini olganlarni ham tanqid
qilaman.
Do’stlaringiz bilan tez – tez tortishib turasizmi?
A) hafa bo’lmaydiganlari bilan tortishaman; b)
faqat ayrim jiddiy
masalalarda tortishaman; v) tortishuv menga suv va havodek zarur.
Yaqinda
kelib,
navbat
boshiga
suqilib
kiraѐtgan
kishiga
munosabatingiz qanday bo’ladi?
A) Ichimdan norozi bo’laman-u, indamayman; b) e’tiroz bildiraman;
v) o’zim navbat boshiga turib, odamlarni tartibga chaqiraman.
Uyda dasturxonga tuzi past taom tortilganda,
reaktsiyangiz qanday
bo’ladi?
A) arzimagan narsani deb dod –voy solmayman; b) indamay tuzdonni
olaman; v) piching qilaman, ovqatlanishdan namoyishkorona bosh tortaman.
Ko’chada ѐki transportda oѐg’ingizni bosib olishsa, reaktsiyangiz
qanday bo’ladi?
A) aybdor odamga kinoyali qarab qo’yaman; b) ikki og’iz e’tiroz
bildiraman; v) bisotimdagi hamma ―chiroyli‖ so’zlarni to’kib sochaman.
Yaqinlaringizdan biri sizga ѐqmaydigan
narsa harid qilganda
reaktsiyangiz qanday bo’ladi?
A) indamay qo’ya qolaman; b) qisqacha fikr bildirib qo’yaman; v)
tanqid qilib tashlayman.
Lotoreyada omadingiz chopmasa, bunga qanday munosabatda
bo’lasiz?
A) o’zimni xech narsa bo’lmaganday ko’rsataman, ammo ichimda
boshqa o’ynamaslikka o’zimga va’da beraman; b) hafaligimni berkitmayman
va bir kunmas olamimni olmasam bo’lmaydi deb o’ylab qo’yaman; v)
anchagacha kayfiyatim buzuq bo’lib yuraman.
Natijalarni hisoblash.
Har bir ―a‖ variant – 4 ball
Har bir ―b‖ variant – 2 ball
Har bir ―v‖ variant – 0 ball
Natijalarni
talqin etish
22 – 32 ball. Siz tinchliksevar, nizolardan osonlik bilan chiqib
ketadigan, uyda ham, ishda ham tortishuvli vaziyatlardan o’zini olib
qochadigan odamsiz. Shuning uchun odamlar sizni moslashuvchan inson, deb
biladi. Unutmang, vaziyat taqazo qilganda printsipiallikni namoѐn etish ham
hurmatga loyiq xususiyat.
12 – 20 ball.
Siz nizolashuvchanroq odamsiz, biroq ilojsiz
holatlardagina nizoga kirishasiz. Siz vaqti kelganda amalingiz va
do’stlaringizni yo’qotib qo’yishdan qo’rqmay o’z fikringizni qattiq turib
imoya ilasiz. Bunda obod – ahloq me’ѐrlaridan
chetga chiqmaysiz, odamni
haqorat qilmaysiz. Shuning uchun odamlar sizni hurmat qilishadi.
0 – 11 ball. Bahs, munozara, tortishuv – siz nafas oladigan havo.
Boshqalarni tanqid qilishni yaxshi ko’rasiz, ammo sizni tanqid qilganlarni
tiriklay ―eb yuborishga‖ tayѐrsiz. Vazminlikning etishmasligi va qo’rslik
odamlarni sizdan bezdiradi. Do’stlaringiz ko’pmi? Ko’p bo’lishini istasangiz,
xarakteringiz ustida ishlang.