vaziyatlarni boshqarish mumkin). bo’yin tovlash (ѐki qochish),
tekislash
(moslashish), kompromiss, raqobat, hamkorlik kabilarni nizoli vaziyatlarni
bartaraf qilishning shaxslararo metodlari deb atash mumkin.
Bo’yin tovlash -nizoli vaziyatni inkor qilish shaklida namoѐn
bo’ladigan munosabat. Bunda rahbar vaqt, resurslar etishmasligini, muammoni
unchalik ahamiyatli emasligini bahona qiladi.
Bunday hatti-harakatning shiori ―Pashshadan fil yasash kerak emas‖.
nizoni xal qilishni ortga surish (o’z-o’zidan tinchib qoladi), raqiblarga
o’z adovatlarini o’ylab ko’rishlariga imkon berish.
Tekislash –bu ikkinchi tomonni qiziqishlarini manfaatini unga
moslashish orqali qoniqtirish bo’lib, o’z manfaatlarini
qondirilishiga katta
ahamiyat bermaslik. Bunda ―Sen yutishing uchun men yutqazishim kerak‖
printsipi asosida harakat qilinadi. Bunda nizoni rivojlanib ketishidan qochish
va haqiqat ―raqibi‖ tomonida deb tushunish,
kelajakda sherigi bilan til
topishiga intilish bunday xulqning namoѐn qilish sababi bo’lib hisoblanadi.
Kompromiss –bu tomonlarni fikrlarini, pozitsiyalarni ochiq
muhokama qilib, har ikkala tomon uchun ham qulay va ma’qul echimni topish
usulidir.
Bunday ѐndoshuvning
afzalligi shundaki, bunda tomonlarni huquq
va vazifalarini muvozanatlashuvi va da’volar legalligi vujudga keladi.
Kompromis rahbar munosabatlaridagi taranglikni olib tashlashga va
optimal echimni topishga ѐrdam beradi.
Raqobat –kimnidir g’olib chiqishiga olib
keladi va oxir oqibatda
sherigini yo’q qilishga olib keladi ―Men g’alaba qilishim uchun, sen
yutqazishing kerak‖. Bu nizoli vaziyatga ѐqimsiz va kam samarali ѐndashuv
bo’lib, hisoblanadi, lekin bunda yana shuni tan olish kerakki, raqobat qobiliyat
va talantni stimullashtiradi.
Raqobat ko’pincha o’zini yuqori baholab va raqibini etarli
baholamagandan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: