Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qism


Aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü59,24 Kb.
#190059
1   2   3   4   5
BEGZADA ATAMURATOVA

Aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish.
Buning samarasi esa iqtisodiyotni liberallashtirish, tarmoqlarda boshqaruvning bozor tamoyillarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar misolida ko‘zga yaqqol tashlanyapti. Vaholanki, pandemiya keltirib chiqarga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan, bozorlarda talab Keskin kamayib, konʼyunkturaning beqarorligi, investitsiya faolligining susayishi kabi omillar ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan bir paytda yurtimizda bunday ijobiy o‘zgarishlarga erishilayotgani quvonarlidir.
Darhaqiqat, keyingi yillarda iqtisodiyotning mutlaqo yangi tarmoqlariga asos solish,ayniqsa, ularni boshqarish uslublarini zamonaviylashtirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.Aktsiyadorlik jamiyatlarini rivojlantirish strategiyasi va samarali boshqarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi muhimdir. [1] Davlatimiz rahbari majlisda ana shu haqda to‘xtalib, korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishimiz uning haqiqiy bozor munosabatlariga mos kelishini taʼminlash hamda konservativ qarashlardan voz kechishda katta hissa bo‘lganligini, lekin butun dunyoda aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ishni korporativ tarzda boshqarish asosiy usul, deb topilgan bir paytda bizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarli emasligiga, hali oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham talaygina ekanligiga alohida urgʼu berdi.Korporativ usul bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim sharti ekanligi, bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish hayotiy zaruratligi, ayniqsa, sohaga puxta bilimga ega bo‘lgan zamonaviy menejment hamda marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan yosh mutaxassislarni jalb etish masalalari dolzarb ekanligi aytib o‘tildi.
Аyni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konʼyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda Bugungi kunda samarali korporativ boshqaruv tizimi investitsion qarorlar qabul qilishda hal qiluvchi omil sifatida qaralmoqda[2] va shu jihat sabab korporativ boshqaruv tizimi mavjud bo‘lmagan kompaniya raqobatbardosh va investitsion jozibador bo‘lish uchun bozorning to‘liq ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega emas. Jahon amaliyotida so‘nggi o‘n yillikda korporativ boshqaruvga bo‘lgan bunday jiddiy eʼtiborning asosiy mezoni investorlar uchun yanada xavfsizroq va qulay muhit yaratish istagi hisoblanadi [4].
O‘zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv kodeksiga ko‘ra, Korporativ
boshqaruv – bu aktsiyadorlik jamiyati ijroiya organi, uning kuzatuv kengashi, aktsiyadorlari, mehnat jamoasi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar, jumladan kreditorlarning manfaatlarning muvozanatiga erishish maqsadida, АJ faoliyatini samarali tashkil etish,“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali modernizatsiyalash, ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik qayta qurollantirish, raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga eksport qilishni taʼminlashga qaratilgan o‘zaro munosabatlar tizimidir Korporativ boshqaruv bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olim А.Berlining tadqiqotlarida korporatsiyalarni boshqarishda strategiyani tanlash va korxona menejmentini rivojlantirish, investitsion faoliyatni boshqarish masalalari tadqiq etilgan. M. Xesselning tadqiqotlarida «Korporativ boshqaruv – bu mulkdorlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korxona faoliyatini baholash va nazorat qilish bilan bogʼliq o‘zaro munosabatlari hisoblanadi». Korporativ boshqaruv kodeksining muallifi (1992) Ser Edrian Kadberningkorporativ boshqaruv tizimini isloh qilish bo'yicha takliflarni o'z ichiga olgan dokladiga asosan korporartiv boshqaruv (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, Corporate Governance) – bu kompaniya faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni amalga oshirishni taʼminlovchi tizimidir
Moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan ma'lumotlarni taqqoslash va tadqiqot natijalarini olish uchun statistika keng qo'llanildi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar olib borishda tahlil qilish usuli orqali korporativ boshqaruv va tashkiliy xatti-harakatlar o'rtasidagi munosabatlar o'rganildi Muhokamani umumlashtirishni hisoblash uchun sintez usuli ishlatilgan Tahlil va natijalar Аmalga oshirilgan tadqiqotlar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda. Korporativ boshqaruvni isloh qilish orqali to‘gʼridan-to‘gʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish, kompaniya samaradorligini oshirish, aktsiyadorlik jamiyatlarida taʼminlovchi muassasalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, ularning salohiyatli investorlarga, jumladan, chet ellik hamkorlarga jozibadorligini ko‘rsatib berish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarni joriy etish, korporativ boshqaruv, strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini mustahkamlash, kompaniyalar iqtisodiyotining barqaror o‘sishini taʼminlashlashga xizmat qilishi kerak. Bugungi kunda mustaqil Markaziy Osiyo davlatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston korporativ boshqaruv tizimini isloh qilish va takomillashtirishga rahbarlik qildi va islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida mamlakat korporativ boshqaruv tizimiga sezilarli o‘zgarishlar kiritildi. Shunga qaramay, korporativ boshqaruv sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yaxshilanishlarga qaramasdan, korporativ boshqaruv amaliyoti korporativ boshqaruvningglobal tamoyillariga muvofiq amalga oshirilganligini bilmaymiz.Taʼkidlash lozimki, O‘zbekistonda korporativ boshqaruv islohotlari jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa ham, korporativ boshqaruv tizimida bir qator hal etilmagan muammolar yuzaga keldi. Eng asosiy muammo - davlat asosiy aktsiyador bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlari.
Korporativ boshqaruvni yanada rivojlantirish zarurati, uning yordamida ijobiy natijalarga erishish mumkinligi bilan bog'liq:

  • kompaniyaning investitsiya jozibadorligini oshirish;

  • moliyaviy resurslarni uzoq muddatli sarmoyalashga tayyor investorlarni jalb qilish;

  • faoliyat samaradorligini oshirish;

  • bank kreditlarini olish xarajatlarini kamaytirish;

  • korxonaning bozor qiymatini oshirish;

  • kapital bozorlariga kirishni osonlashtirish;

  • kompaniyaning obro'si va obro'sini yaxshilash.

Bundan tashqari, tashkilot amaliyotida korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillarini joriy etish va faol ravishda qo'llash bevosita iqtisodiy samara berishi mumkin. Mavjud korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali mahalliy biznes tuzilmalari o'z aktsiyalari narxiga qo'shimcha mukofot puli olishni kutishlari mumkin, ularning miqdori 20 dan 50% gacha o'zgarib turadi.



Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin