Reja : Madaniyatni falsafiy tushunish Jamiyat va madaniyatning ijtimoiy funktsiyalari Tsivilizatsiya. Madaniyat va tsivilizatsiyaning aloqadorligi Qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarining mushtarakligi madaniyatni falsafiy
Madaniyat va sivilizatsiya
Reja : 1. Madaniyatni falsafiy tushunish 2. Jamiyat va madaniyat 3. Madaniyatning ijtimoiy funktsiyalari 4. Tsivilizatsiya. Madaniyat va tsivilizatsiyaning aloqadorligi 5. Qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarining mushtarakligi 1. MADANIYATNI FALSAFIY TUSHUNISH «Madaniyat» tushunchasi umumfalsafiy va umumtarixiy ka-tegoriyalar tarkibiga kiradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, uning yaxlit, barcha mutaxassislar tomonidan tan olingan definitsiyasi yo’q. Hozirgi zamon falsafasida madaniyat tushunchasini taxlil qilishda asosan uchta yondashuvdan foydalaniladi. Ular quyidagi-lardan iborat:
1.Empirik –tasviriy yondashuv. Bunday yondashuvda madaniyat inson faoliyatining natijasi sifatida talqiin etiladi, ya‘ni narsalar va qadriyatlar inson faoliyati natijasidir, deya muloxaza yuritiladi. Madaniyatni bunday tahlil qilish ba‘zi kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, madaniyat faqat inson faoliyatining o’zgarmas, qotib qolgan natijasi deb talqin qilinadi. Ikkinchidan, moddiy va ma‘naviy madaniyat bir–biridan ajratib qo’yiladi.
Moddiy va ma‘naviy qadriyatning bo’linishi shartli va nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularni bir-biridan ajratib talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Bu ikki tushuncha yaxlit sistemaning elementlari sifatida biri ikkinchisini to’ldirib turadi. Bu ayniksa ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida moddiy va ma‘naviy madaniyat integratsiyasida yaqqol kuzga tashlanadi. Masalan, ma‘naviy madaniyatning moddiy tomoni roli va ahamiya-tining oshib borishi (radio, televidenie, kino, o’quv trenajer-lari), ikkinchi tomondan moddiy madaniyatdagi ma‘naviylik rolining kuchayishi (bunday holatga dizaynni misol qilish mumkin) ana shunday integratsiya mahsulidir.
2 Aksiologik yondashuv. Bu yondashuvda jamiyatning, insonning madaniy saviyasi darajasi ob‘ektni o’z etaloni bilan taqqoslash yordamida aniqlanadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu yondashuv nisbiy xarakterga ega. Xususan, yevropotsentrizm turli mintaqalardagi madaniy taraqqiyotni Yevropa madaniyati singdirganligi daraja-siga qarab belgilaydi. Ayni paytda Yevropa madaniyatida qoloqlik belgisi sanalgan ayrim fenomenlar o’zga madaniyat tiplarining o’ziga xos xususiyati ekanligi e‘tibordan chetda qoladi.
3.Faoliyatli yondashuv madaniyatni faoliyatning insonga xos shakli sifatida tahlil qiladi. Bunda inson biologik tipiga xos bo’lgan vositalar va mexanizmlarni ifodalashga uriniladi. Faoliyatli yondashuv bilan tanishar ekanmiz, ularning asosiy fikri e‘tiborimizdan chetda qolmasligi kerak: madniyat - bu faoliyat emas, faoliyatning o’ziga xos shaklidir, masalan, oziq-ovqat maxsulotlari yaratish o’z- o’zicha madaniy jarayon emas. Bu jarayon takomillasha borgani sari u madaniyat elementlari bilan boyib boradi.
Madaniyat tushunchasini talqin etishning bundan tashqari texnologik, sistemaviylik, tarkibiy-funktsional yondashuvlari mavjud. Yuqorida sanab o’tilgan yondashuvlar biri-ikkinchisini to’ldirib, bu murakkab ijtimoiy fenomen haqidagi tasavvurlarni boyitishga yordam beradi.
Ko’rinib turibdiki, madaniyat sohasiga doir xususiyatlarni turlicha ifodalash va tasvirlash mumkin, biroq bunda har safar tadqiqotning aniq maqsadlariga asoslanamiz. Shunga qaramasdan ushbu tushunchaning asosiy mazmuni e‘tiroz tug’dirmaydi.
Moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yig’indisi, shuningdek ularni yaratish yo’llari, ulardan kishilik jamiyatining taraqqiyot yo’lida foydalanish malakasi, ajdoddan avlodlarga yetkazish yo’llari madaniyat deb yuritiladi. Madaniyatning boshlang’ich shakli va manbai inson mehnati hamda uning natijalari bilan bog’liq.
Madaniyatning ikki shakli mavjud. Jamiyatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish vositalari va ijtimoiy borliqdan o’rin olgan mehnat vositalari moddiy madaniyatni tashkil etadi. Moddiy madaniyat tabiatning inson tomonidan o’zlashtirilganligi darajasini ko’rsatuvchi tushunchadir. Ma‘naviy madaniyatga esa fan, uning yutuqlarining ishlab chiqarish va maishiy hayotga joriy etilishi ta‘lim va maorif, tibbiyot, san‘at, axloq, jamiyat a‘zolari ehtiyojlari va manfaatlarining rivojlanganligi darajasi kiradi. Ma‘naviy madaniyat, albatta, moddiylashgan holda mavjud bo’ladi.
Madaniyat - insoniyat tafakkurining mahsuli bo’lib, uni tashkil etgan ma‘naviy ne‘matlar bir tarixiy davr miqyosida emas, insoniyat tarixi davomida majud bo’ladilar. Aytaylik, Farobiyning mulohazalari ming yillar avval qanchalik real xarakterga ega bo’lgan bo’lsa, bugun ham shunday. Madaniyat tarkibiga kirgan ma‘naviy ne‘matlar individual-subektiv reallik sifatida vujudga kelgan bo’lsalarda, vaqt o’tishi bilan ijtimoiy-obektiv xarakter kasb etdilar va vaqt, zamon ta‘siridan xoli ne‘matlarga aylandilar. Ushbu ne‘matlar endi alohida individning hohish-irodasiga bo’ysunmay qo’ydi. Madaniyatni shu ko’yi obektiv reallik sifatida e‘tirof etarkanmiz, uni inson faoliyatining mahsuli sifatida izohlarkanmiz, insonni individ sifatida emas ijtimoiy mavjudot sifatida tadqiq etish imkoniyatlari yuzaga kelayotganini ham ilg’ay olishimiz shart. Madaniyat insonsiz va undan avval mavjud bo’lmagani kabi inson ham madaniyatsiz va undan avval mavjud bo’lmaydi: madaniyat - insonning ajralmas xususiyatidir. Binobarin madaniyatli bo’lib tug’ilmaydilar, madaniyatli inson sifatida shakllanadilar.
Madaniyat ham o’tmishni, ham bugunni, ham kelajakni qamrab oluvchi ijtimoiy fenomendir. O’tmish madaniyati bizning hayotimizda, bugungi zamon kishisining ijtimoiy qiyofasida saqlanib qoladi. Ayni paytda bugunning kishisi kelajak madaniyati uchun ham mas‘uldir. Hozirgi zamon kishilari yaratgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar kelajak madaniyatining qiyofasini belgilab beradi.
Obrazli qilib aytganda, madaniyat - koinot “jismining” yuqori qatlamidir. U inson bilan birga yuzaga kelib, uning bilan birga yashaydi. љadimgi zamon faylasuflari, ulardan keyin ijod qilgan mutafakkirlar ham madaniyatni shu tarzda tasavvur etganlar. Vernadskiyning noosferasi, Teyyar de Sharden inson falsafa-sining kulturalogik mazmuni, gumanistlar qarashlarning mohiyati bunga misol bo’la oladi. Bu qarashlarda madaniyat tabiatga qarshi qo’yilmaydi, aksincha u koinot taraqqiyotining zaruriy oqibati sifatida talqin etiladi. Albatta koinot va madaniyatni, ruhni va materiyani bir-biriga qarama-qarshi qo’yish mantiqsizlik bo’lar edi.
Madaniyat tarkibiy qismlarining barchasini inson ongining ratsional darajasi bilan bog’lab bo’lmaydi. Madaniyat – inson xususiyatlarining to’liq namoyon bo’lishidir. Axir, biror bir san‘at asaridan hosil bo’lgan taassurotlarimizni faqat ratsional shaklda ifodalamaymiz-ku?! Histuyg’ular madaniyati aqlga bo’ysun-maydi-ku?! Aksincha, aqlni yagona hokim sifatida e‘tirof etadigan bo’lsak, hayotni bir yoqlama tushungan bo’lamiz.
Bu mulohazalardan madaniyat faqat hissiy bilishning obekti bo’lmog’i zarur degan xulosa kelib chiqmaydi. Ushbu fikrlar madaniyat nafaqat aqlning, balki his-tuyg’ularning ham mahsuli ekanligini ta‘kidlaydi, xolos.
Jamiyatning madaniyati jamoa sa‘y-harakatlarining mahsulidir. Har qanday jamiyatda turli sinflar, tabaqalar mavjud bo’lgani bois madaniyatda ham turli tafovutlardan qat‘iy nazar jamiyatning barcha a‘zolari uchun qadrli bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar borki, ularning yig’indisi jamiyat madaniyatini tashkil qiladi.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Madaniyat mohiyatini aniqlashga empirik-tasviriy, aksiologik, faoliyatli va boshqa yondashuvlar mavjud. Yondashuvlarning ko’pligi madaniyat mohiyati va tarkibining nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi.
Yondashuvlar turlicha bo’lgani bois uning universal ta‘ri-fini keltirish mushkul. Biroq uning moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yig’indisi, ularni yaratish vositalari majmui, ushbu ne‘matlardan insoniyat progressi uchun foydalanish malakasi, ularni keyingi avlodlarga yetkazish yo’llari bilan bog’liqligi mutaxassislar tomonidan to’liq tan olinadi.
Madaniyat ikki shaklda - moddiy va ma‘naviy madaniyat tarzida mavjud. Ayni paytda moddiylik va ma‘naviylik madaniyat tarkibida birlashib, o’ziga yaxlitlikni tashkil etadi.
Madaniyat nafaqat ratsionallik elementlaridan, balki hissiylik komponentlaridan ham tarkib topadi. Shu bois uni faqat aqlning, yoki his-tuyg’uning mahsuli deb qarash mantiqsizlikdan o’zga narsa emas.