Ko‘zni parvarish qilish algoritmi: Qo‘llar yaxshilab yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi.
Steril lotokka 8—10 ta tampon va yuqorida ko‘rsatilgan eritma- lardan birortasi qo‘yiladi.
Eritmaga namlangan tamponni asta siqib kiprik va qovoqning tashqi burchagidan ichki burchagi tomon yoki tepadan pastga qarab artiladi, tampon esa tashlanadi.
Ikkinchi tomon ham yuqoridagi tartibda artiladi.
Eritma qoldiqlari quruq tampon bn artiladi (23- rasm).
Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llar yuviladi.
Zaiflashib qolgan bemorning burun yo‘llari paxta tamponlar bilan aylanma harakat qilib tozalanadi.
Burun bo‘shlig‘idagi qatqaloqlar vazelin, o‘simlik moyi yoki glitseringa ho‘llangan paxta piligi yordamida aylanma harakat bilan artiladi.
Tirnoqlarni olish.Bemor tirnoqlarini har haftada olib turish va parvarish qilish lozim. Buning uchun suyuq sovun, oyoq va qo‘l uchun malham, qaychi, maxsus egovcha, yumshoq cho‘tka, lotok va sochiq bo‘lishi lozim.
Tirnoqlarni olish algoritmi: Tog‘orachadagi suyuq sovun qo‘shilgan iliq suvga barmoqlar 2—
daqiqaga solib turiladi.
Beshinchi barmoqni suvdan chiqarib artib, tirnoqni asta-sekinlik bilan 1-2 mm qoldirib olinadi.
Ketma-ket barcha barmoqlar suvdan chiqarilib va artilib, tirnoq- lar olinadi, suvda bitta barmoq qolganda ikkinchi qo‘l barmoqlari suvga solinadi.hlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar yuzaga keladi.
Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirishda xamshiralik parvarishi. Reja: 1 Bemorlarni ovqatlantirish va parvarish qilishda hamshiralik parvarishi.