Bemorni yuvintirish algoritmi: Iliq suv solingan tog‘ora tayyorlanadi va «qo‘lqopcha» unga botirib olinadi.
«Qo‘lqopcha» o‘ng qo‘lga kiyiladi.
Ortiqcha suv asta siqiladi.
Nam qo‘lqop bilan bemor yuzi artiladi so‘ng sochiq bilan quritiladi.
Qo‘l yuviladi (21- rasm).
Og‘iz bo‘shlig‘i, burun va ko‘zni parvarish qilish.Ko‘pincha holsizlanib qolgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlarining to‘planib qolishi natijasida mikroorganizmlar yig‘ilib, yoqimsiz hidlar paydo bo‘ladi. Bu holning oldini olish maqsadida ularning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish lozim bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish uchun quyidagilar tayyorlab olinadi: antiseptik eritma, pinset, shpatel, doka salfetka va qo‘lqoplar.
Bemorni qulay qilib o‘tqaziladi.
Qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi.
Chap qo‘lga shpatel olinib yuqori lablar ko‘tariladi va tepa milklarning shilliq pardasi artiladi. So‘ng pastki lablar tortiladi va milkning shilliq pardasi artiladi.
Tilni steril doka salfetka bilan o‘rab, chap qo‘l bilan ohista og‘iz bo‘shlig‘idan chiqariladi.
Antiseptik eritmaga ho‘llangan doka salfetka bilan tildagi karashlar olinadi va 2—3 marotaba salfetka almashtirilib til artiladi (22- rasm).
Qo‘lqoplar yechiladi, qo‘llar yuviladi.
Bemor lablarining yorilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi muolaja bajariladi:
Qo‘llar yuvilib qo‘lqoplar kiyiladi (zarurat bo‘lsa niqob va himoya ko‘zoynagini taqiladi).
Shpatel bilan steril salfetkaga vazelin surtilali.
Yuqorigi va pastki lablar vazelin bilan artiladi.
Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llab yuviladi.
Ko‘zni parvarish qilish.Ko‘zda hosil bo‘lgan yiringli ajratmalar natijasida bemorning kiprik va milklari yopishib qoladi. Bu holda ko‘zni antiseptiklar 0,02% li furatsillin yoki 1—2% li Na gidrokarbonat eritmasiga ho‘llangan steril tampon yordamida artiladi. Muolaja uchun qo‘lqoplar,
ta lotok, steril paxta tamponlar tayyorlanadi.