REJA; 1 Tana biomexanikasi 2 Bemorning o‘rindagi harakatlari. 3 Bemor shikastlanishining oldini olish Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash Og‘ir bemorlarni parvarish qilish jarayonida o‘rtacha malakali tibbiy xodimlar jismoniy zo‘riqishga duchor bo‘ladi. Bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirish, tuvak qo‘yish, zambil va aravachalarni, appa- ratlarni joydan-joyga olib yurish kabi ancha og‘ir ishlar umurtqa pog‘onasi shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tana biomexanikasini bilish shikastlanishlarning oldini olish asosidir.
O‘tirish-turishning ham qoidalarini bilish lozim. O‘tirish vaziyatining qoidalari quyidagicha:
tizzalar sondan yuqori vaziyatda bo‘lishi shart (bu holat tana og‘irligi umurtqa pog‘onasining bel bo‘limiga tushishini kamaytiradi);
orqani to‘g‘ri tutish lozim, qorin muskullari tarang bo‘lishi kerak;
yelkalarni rostlab, simmetrik holda tutish kerak;
o‘tirgan vaziyatda o‘girilish uchun, faqat ko‘krak va yelkalar bilan emas, balki butun gavda bilan o‘girilish lozim.
Agar hamshiraning ish faoliyati stulda o‘tirib faol harakat va o‘giri- lishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unda bu stul aylanadigan yoki g‘ildirakli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, stulni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning balandligi va chuqurligi quyidagi holatlarda to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi:
sonning 2/3 qismi o‘rindiqda joylashsa;
tovon zo‘riqishsiz polga tegib turgan bo‘lsa.
Agar stulning o‘lchamlari mos kelmasa, tananing biomexanikasi to‘g‘ri bo‘lishi uchun har xil moslamalardan foydalaniladi (yostiqchalar, oyoq uchun taglik va hokazo).
Turish vaziyatidagi tana biomexanikasi quyidagicha:
tizzalarni shunday bo‘shashtirish kerakki, tizza bo‘g‘imlari erkin harakatlansin;
tana og‘irligi ikkala oyoqqa barobar tushsin;
oyoqlar tovoni yelka kengligida bo‘lishi zarur;
umurtqa pog‘onasining bel sohasidagi og‘irligini kamaytirish uchun bosh va gavdani to‘g‘ri tutish kerak;
yelkalar son bilan bir xil sathda bo‘lishi shart;
turgan holatda aylanmoqchi bo‘lsangiz, avval tovon, keyin esa butun gavda bilan aylaning.
Og‘ir narsa ko‘targanda, tananing to‘g‘ri biomexanikasi quyidagicha:
og‘ir narsa ko‘tarishdan avval tovonlar orasi 30 sm bo‘lib, biri oldiga hiyol surilib turishi kerak (bu tayanchni va muvozanatni saqlab qolishga yordam beradi).
ko‘tarmoqchi bo‘lgan bemoringizning yonida shunday turingki, oldiga qarab egilishingizga ehtiyoj qolmasin, uni bag‘ringizga bosib turing;
faqat tizzalaringizni buking, gavdangizni to‘g‘ri tutishga harakat qiling;
keskin harakatlanmang.
Bemorning o‘rindagi harakatlari Bemorni zambildan o‘ringa yotqizishda yoki aksincha harakat bajarayotganda hamshira eng katta jismoniy zo‘riqishga uchraydi, shuning uchun bu muolajani bir o‘zi bajarmasligi kerak. Avval bemorning ishtiroki va yordami qay darajada bo‘lishini aniqlay olishi darkor.
Bemor bir oyoqda turib, muvozanat saqlay oladimi va bir qancha muddat tik tura oladimi?
Bemor muvozanat saqlay oladimi?
Eshitish va ko‘rish qobiliyati yaxshimi?
Sizni yaxshi tushuna oladimi?
Bo‘ladigan muolaja unga qanday ta’sir etadi, qo‘rqish hissini uyg‘otmaydimi?
Ana shu savollarga javob olingandan keyin hamshira yordamchisi bilan birgalikda o‘tkazilajak muolajaning rejasini tuzadi.
Bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirishda hamshira va bemor gavdasining to‘g‘ri biomexanikasini saqlab qolishni esda tutish kerak. Bu ishni bajarishda quyidagi qoidalarni bilish va ularga amal qilish zarur:
bemorning o‘rnini hamshiraning og‘irlikni ko‘tarish markazi sathiga keltirish;
yostiq va ko‘rpani olib qo‘yish;
o‘rinni gorizontal holatga keltirish;
bemorni chalqancha yotqizish;
boshining tepasiga yostiq qo‘yish (uning boshi krovat suyan- chig‘iga urilishining oldini oladi);
bemorning oyoq tomonida, o‘ringa nisbatan 45% burchak ostida turish;
oyoqlarni yelka kengligida kerib turib, bosh tomonga yaqin oyoqni orqaroqqa surib turish;
bir oz o‘tirib olgan holda, hamshira qo‘llarini bemor oyoqlari sathiga to‘g‘rilashi kerak (bunda hamshira tanasining og‘irlik markazi pastga tushib, og‘irlik oyoq muskullariga to‘g‘ri keladi);
bemorning oyoqlarini diagonal bo‘ylab krovatning bosh tomoniga surib qo‘yish;
bemor hamshira sonlari bo‘ylab suriladi;
hamshiraning qo‘llari bemorning sonlari sathida bo‘lishi uchun, bir oz o‘tirib olish kerak;
bemorning sonlari yana krovatning bosh tomoniga nisbatan diagonal bo‘yicha suriladi;
bemorning gavdasi bo‘ylab surilib, shu sathigacha bir-muncha o‘tirib olish;
shunda qo‘llari bemor gavdasi sathida bo‘lishi kerak;
hamshira bir qo‘li bilan bemorning bo‘yni — yelkasi aralash ushlab oladi;
ikkinchi qo‘li bilan bemorning orqasidan ushlaydi;
bemorning bo‘yni, boshi, yelkasi va gavdasi krovatning diagonali bo‘ylab suriladi;
o‘rinning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tib, to bemorning gavdasi kerakli tekislikni olmaguncha 6—18- bandlardagi harakatlarni qaytarish;
bemorni krovatning o‘rtasiga surish;
bemor o‘rindan yiqilib tushishining oldini olish;
bemorga qulay vaziyat yaratish;
krovatni pastlatish;
hamshira qo‘llarini yuvishi kerak.
Agar bemor ayrim harakatlarni o‘zi bajara olmasa, unga bitta yoki ikkita hamshira yordam beradi. Bunda bemor chalqancha yotqiziladi, krovatning bosh qismi gorizontal holatga keltiriladi.
Keyingi bajaraladigan ishlar quyidagicha:
hamshira krovatning bosh tomoniga qarab turadi;
ikkala hamshira ham qo‘li bilan bemorning yelka va sonlari ostidan oladi yoki hamshiralardan biri bir qo‘li bilan bemorning boshi va yelkasini ushlab oladi. Ikkinchi qo‘li bilan bemorning o‘ziga yaqin bo‘lgan qo‘li va yelkasidan ushlaydi. Boshqa hamshira bemorning oyoq tomonida turib, qo‘llarini uning sonlari va belining tagiga kirgizadi;
bemordan dahanini ko‘kragiga engashtirishni so‘raydi (bu holat bemorning faolligini oshiradi);
hamshira bir oz o‘tirib olib, bilaklarini krovat sathiga keltiradi (bunda muvozanat yaxshilanadi, gavda og‘irligi markazi suriladi);
bemordan tovoniga suyanib, nafas chiqarib turib, krovatning bosh tomoniga surilishni so‘raydi (nafas chiqarishdagi harakat Valsalva sindromi effektining oldini oladi);
hamshira uchun qulay vaziyat hosil qilgach, qo‘llarini yuvadi.
Bemorning o‘rindagi turli vaziyati Bemor o‘rinda chalqancha, qorni bilan va yonboshlab yotganda ham gavdasining to‘g‘ri biomexanikasini hisobga olish zarur. Ayniqsa, darmonsiz va majburiy uzoq yotgan bemorlar uchun bu narsaning ahamiyati katta. Shuning uchun bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirishdan avval hamma moslamalar (yostiqlar, tayanchlar) yetarli ekanligi aniqlanadi. Ish boshlashdan avval, krovatni (imkoni bo‘lsa) hamshira uchun qulay balandlikka ko‘tarib, ko‘rpa va yostiqni olib qo‘yish kerak.
Bemor uchun o‘rinda qanday vaziyat hosil qilishdan qat’i nazar, o‘rinni gorizontal holatga keltirish va uni krovatning bosh tomoniga surish kerak.
Bemorni Fauler vaziyatida yotqizish Fauler vaziyatida bemor yarim yotgan va yarim o‘tirgan holatda bo‘ladi. Bu vaziyatga bemor quyidagicha yotqiziladi (2- rasm):
krovatni gorizontal holatga keltirish lozim;
krovatning bosh tomonini 45—60° burchak ostida ko‘tarish kerak (bu holatda bemor o‘zini qulay sezadi, nafas olishi va atrofidagilar bilan muloqot qilishi yengillashadi);
bemor boshini quruq to‘shakka yoki past yostiqqa qo‘yishi lozim (bunda bo‘yin mushaklarining bukilish kontrakturasining oldi olinadi);
bemor qo‘llarini mustaqil harakat qildira olmasa, ularning tagiga yostiq qo‘yish kerak (yelka chiqishi va muskullar kontrakturasining oldini olish uchun).
bel sohasiga ham yostiq qo‘yish lozim (umurtqaning bel soha- sidagi zo‘riqishi kamayadi);
sonlar tagiga bolishchalar qo‘yish kerak (tizza orqa arteriyasi qisilishining oldini olish uchun);
boldirning pastky qismiga bolishchalar qo‘yish kerak (to‘shak tovonlarga uzoq bosilishining oldini olish uchun);
oyoq panjalari tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yish kerak (oyoq panjalari osilib qolishining oldini olish uchun).
Bemorni chalqancha yotqizish Bemorni majburiy chalqancha yotqizish ishi quyidagicha bajariladi. Kam harakat, darmonsiz holatda yotgan bemorning:
o‘rniga gorizontal holat beriladi;
beliga yumaloqlab o‘ralgan sochiq qo‘yiladi;
boshi, bo‘yni va yelkasi aralash kichikroq yostiq qo‘yiladi (bu holatda bo‘yin umurtqalari kontrakturasining oldi olinadi);
sonlarning tashqi tomoniga uzun bolish qo‘yiladi (masalan, choyshabdan rulon yasaladi) va shu bilan sonlarning tashqariga aylanishining oldi olinadi;
bemorning pastki qismiga bolish qo‘yiladi (tovonlar yotoq yarasining oldini olish uchun);
oyoq panjalari tagiga tayanch qo‘yiladi;
bemor qo‘l panjalarining ichki tomonini pastga qaratib, gavdaga parallel holda joylashtiriladi, bilaklar tagiga kichikroq yostiqcha qo‘- yiladi;
Bemorni qorni bilan yotqizish Yotoq yaralarning oldini olishda bemorning vaziyatini tez-tez almashtirib turish lozim, bunday vaziyatlardan biri — qorin bilan yotishdir:
bemor krovati gorizontal holatga keltiriladi;
boshidan yostiq olib qo‘yiladi;
bemor qo‘lini tirsak bo‘g‘imida yoyib, gavdasiga yaqinlashtirib, qo‘l panjasini soni tagiga qo‘yib, qo‘li ustidan qorniga ag‘darib qo‘yiladi;
qornining tepa qismiga yostiq qo‘yiladi (bu moslama bel sohasidagi va ko‘krak bezlaridagi zo‘riqishni kamaytiradi);
bemorning qo‘llarini bukib, tepaga shunday ko‘tarish kerakki, qo‘l panjalari boshining yonida bo‘lsin;
qo‘llari tagiga kichikroq yostiqchalar qo‘yiladi;
tovonlar tagiga bolishchalar qo‘yiladi.
Bemorni yonboshlatib yotqizish Bemorni yonboshlatib yotqizish quyidagicha bajariladi:
o‘rnining bosh tomoni tushiriladi;
chalqancha yotgan bemor krovat chetiga suriladi;
agar bemorni o‘ng yonboshga yotqizish kerak bo‘lsa, chap oyog‘ini tizzadan bukib, chap oyoq panjasi o‘ng taqimga qo‘yiladi;
hamshira bir qo‘li bilan bemor sonidan, ikkinchi qo‘li bilan yelkasidan ushlab o‘z tomoniga yonboshlatadi (bunday harakatlar yonboshlatishni yengillashtiradi);
bemor boshi va tanasining tagiga yostiq qo‘yiladi;
bemorning ikkala qo‘li bir oz bukiladi, shunda yuqoridagi qo‘l yelka va bosh oldida bo‘ladi, pastdagi qo‘l esa boshining yonida yostiqda bo‘ladi (bu holat o‘pka ventilatsiyasini yaxshilaydi);
bemor orqasiga ikki buklangan yostiq tirab qo‘yish kerak (bu bemorni yonboshlatganda muvozanatni saklab turadi);
bemor oyog‘ining chov sohasidan taqimigacha bo‘lgan joyiga yostiqcha qo‘yiladi (shunda tizza va taqim bo‘g‘imlarida yotoq yaralar hosil bo‘lishining oldi olinadi);
oyoq panjasining tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yiladi.
Bemorni Sims vaziyatida yotqizish Sims vaziyati qorin va yonboshda yotishning oraliq vaziyati (3- rasm):
bemor yotgan krovatning bosh tomoni tushiriladi;
bemor chalqancha yotqiziladi;
bemorni yonboshlatib qo‘yib va qisman (biroz) qorni bilan yotqiziladi (o‘ringa bemor qornining bir qismi tegib turadi);
bemor boshiga yostiq qo‘yiladi (bunda uning bo‘yni egilib qolmaydi);
bemor yuqorigi qo‘lini 90° burchak ostida tirsakdan va yelkadan buklash uchun qo‘li ostiga yostiq qo‘yiladi, pastki qo‘l bukilmagan holda o‘rinda bo‘ladi (shunda gavdaning to‘g‘ri biomexanikasi saq- lanib qoladi);