Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Mavzu: Davolash profilaktika muassasalari DPM ning asosiy turlari va tibbiy xujjatlarni yuritish tartibi



Yüklə 283 Kb.
səhifə5/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Mavzu: Davolash profilaktika muassasalari DPM ning asosiy turlari va tibbiy xujjatlarni yuritish tartibi.
Reja:


1


2 Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlar


Tibbiy hujjatlar bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlar (da- volovchi, navbatchi, maslahatchi va boshqalar) o‘rtasida, turli xil da- volash va profilaktika muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida aloqa bog‘lash va izchillik bilan ish olib borishga imkon beradi.
Tibbiy hujjatlarga asosan shifokor imzo qo‘yadi, ular uchun shifo- korning o‘zi mas’uldir. Tibbiyot hamshirasi unga hujjatlarni to‘ldirishda yordam beradi. Hamshiraning hujjatlarni rasmiylashtirish ishidagi ulushi uning umumiy va tibbiyotga oid ma’lumotlarni qay darajada egalla- ganligiga bog‘liq. Hamshiraning bu jihatdan faol yordami har bir daqiqa g‘animat bo‘lgan poliklinika qabulida alohida ahamiyat kasb etadi va shifokor yozuv-chizuvlardan qancha ozod qilinsa, u bemorga shuncha ko‘p vaqt ajrata oladi va e’tibor bilan qaraydi.
Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlar
Statsionarlarda hujjatlarni yuritish tibbiyot xodimidan katta mas’u- liyat talab qiladi. Chunki har bir hujjat bemor haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba bo‘lib, kasallikning kechishi, bemor ahvolidagi o‘zgarishlar, olib borilayotgan muolajalar va boshqalar haqida aniq va to‘g‘ri xulosalar chiqarishda yordam beradi.
Statsionarda yuritiladigan barcha hujjatlar yuridik ahamiyatga ega bo‘lib, unga o‘zgartishlar kiritish aslo mumkin emas.
Statsionardagi hujjatlar bemor kasalxonadan chiqib ketgach, maxsus bo‘lim — tibbiy-statistika xonasiga topshiriladi va u yerda belgilangan muddatgacha saqlanadi. Ushbu bo‘lim yoki xonada kasalxonadagi barcha hisobotlar ham olib boriladi.
Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlardan ayrimlari haqida ma’lumot keltiramiz.

  1. Statsionarda bemorning kasallik tarixi quyidagilardan iborat: a) hujjat qismi; b) bemorning shikoyatlari; uning turmush tarzi va hozirgi kasallik tarixi; d) uni tekshirish (ko‘zdan kechirish, paypaslab ko‘rish, tukillatib va eshitib ko‘rish) natijalariga ko‘ra hozirgi ahvoli haqida ma’lumotlar; g) kundalik; e) davolashning yakuni va uning natijalari, xulosa (epikriz).

Kasallik tarixining hujjat qismini to‘ldirish tibbiyot hamshirasining vazifasi hisoblanadi, unda bemorning ismi-sharifi, uning jinsi, manzili, kasbi va ish joyi, kasalxonaga keltirilgan kuni va vaqti yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, tibbiyot hamshirasi laboratoriya va boshqa tekshiruv- larning natijalarini xronologik tartibda kasallik tarixiga muntazam tikib borishi shart. Shifokor o‘lchashni tayinlaganda hamshira bemorning haroratini, sutkalik balg‘am miqdorini har kuni yozib boradi, har haftada sanitariya tozalovi qilingan kunni yozib qo‘yadi va harorat varaqasini to‘ldiradi. Hamshira shifokor ko‘rsatmalarini yoki haroratni yozayot- ganida kasallik tarixi o‘z joyida turganligini tekshirishi lozim.
Kasallik tarixi tibbiyot hamshirasi postidagi qulflanadigan qutida saqlanadi. Bemorga uning kasallik tarixini berish, unga kasalligi yoki laboratoriya tekshiruvi natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rsatish man etiladi. Bo‘limdagi kasallik tarixining yo‘qolishi jinoiy ish hisob­lanadi va aybdor qonun bo‘yicha jazolanadi. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi kasallik tarixini ehtiyotkorlik bilan saqlashi kerak


Bemorlarni qabul qilish va gospitalizatsiyadan bosh tortish daftarini qabulxona bo‘limida navbatchi hamshiralar tutadi, undan bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish uchun foydalaniladi, chunki bu hujjatda pasport ma’lumotlarigina emas, balki qaysi davolash muassasasi, qanday tashxis bilan yuborilgani, uning qaysi bo‘limga va palataga yotqizilgani, agar chiqarilgan bo‘lsa, nima sababdan, qachon, qayerga chiqarilgani, o‘lgan bo‘lsa o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Bemor o‘lgan bo‘lsa, uning o‘lganligi haqidagi hujjatni FHDYo uchun murdani yorgan shifokor to‘ldiradi va qabulxona bo‘limiga beradi. O‘lganlik to‘g‘risida ma’lumotlar maxsus daftarda qayd qilinadi (ularni xatosiz va tushunarli qilib to‘ldirish kerak, chunki tuzatilgan va siyoh to‘kilib ketgan ma’lumot­lar FHDYo da qabul qilinmaydi).


  1. Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin