Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə19/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Xususiyatlari: jigarni maksimal himoyalash, avaylash, hayvon yog‘i va ekstraktiv moddalarni cheklash. Uglevodlar miqdorini oshirish. Ovqatlar maydalanmaydi. Qovurish mumkin emas. Kuniga 5-6 mahal ovqatlanish kerak. Ratsion og‘irligi - 3-3,5 kg, tuz miqdori - 8-10 g.
Oziq va taomlar xili: kechagi bug‘doy va arpa noni. Sabzavotlar, yormalar, qaynatma makaron mahsulotlari, sutly, sabzavotli sho‘rva. Qaynatilgan, qaynatib dimlangan, yog‘siz mol va parranda go‘shti. Sabzavot va mevalar, salat, vinegret hamda nordon bo‘lmagan tuzlangan karam. Nordon bo‘lmagan mevalar. Qand (100 g gacha), murabbo, asal, sut, qatiq, asidofilin, ayron, pishloq. Tuxumni ovqatga solib yoki omlet ko‘rinishida 1 haftada 2-3 marta.
Qo‘ziqorin, shpinat, limon, ziravorlar, kakao, shokolad man etiladi.
Parhez N 5, a
Ko‘rsatma: jigar va o‘t yo‘llari hamda oshqozon-ichak kasalliklari bilan birga kechadigan o‘tkir va surunkali pankreatit (qaytalanish davri).
Xususiyatlari: xuddi parhez N 5 ga o‘xshash, faqat oshqozon va ichak shilliq qavatlari himoyalanadi (ovqat eziltirib tayyorlangan holda beriladi).
Oziq va taomlar xili: qotirilgan bug‘doy noni. Sabzavot va yorma- lardan tayyorlangan shirali sho‘rva, sabzavot qaynatmasi yoki sutda eziltirib pishirilgan vermishel, sho‘rva-pyure. Bug‘da pishirilgan kufta yoki sufle, yog‘siz qaynatilgan baliq va undan tayyorlangan sufle. Qaynatilgan, bug‘da pishirilgan, eziltirilgan sabzavotlar. Eziltirib suvda yoki sutda pishirilgan bo‘tqa. Tuxum faqat ovqatga qo‘shib beriladi. Qand, asal, shirin mevalardan tayyorlangan jele, sut. Yangi sut mahsulotlatrini ovqatga qo‘shib ichish mumkin. Achchiq bo‘lmagan choy. Shirin meva sharbatlari. Saryog‘ va o‘simlik moyini ovqatga qo‘shib iste’mol qilish buyuriladi.
Ziravor, sholg‘om, rediska, karam, shpinat, kakao, marinadlangan taomlar man etiladi.
Parhez N 6
Ko‘rsatma: podagra va uratli diatez. Go‘sht va baliq mahsulotlarini man qilish kerak bo‘lgan eritremiya va boshqa xastaliklarda.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin