Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə18/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Parhez N° 3
Ko‘rsatma: qabziyat bilan kechuvchi surunkali ichak kasalliklari (o‘tkir va remissiya davrida).
Xususiyatlari: ovqat ratsionida o‘simlik kletchatkasiga boy va ichak peristaltikasini kuchaytiruvchi oziq moddalar miqdorini oshirish, bir kecha-kunduzlik tuz miqdori — 12—15 g.
Oziq va taomlar xili: II va III navli bug‘doy uni, qora non (yaxshi hazm bo‘lganda), yog‘siz go‘sht yoki sabzavotli sho‘rva, qaynatilgan, dimlangan, ba’zan maydalangan go‘sht va baliq. Ko‘p miqdorda sabzavot va mevalar, shirinlik, kompot, sharbatlar. Yormali bo‘tqalar (guruch, suli). Suzma, kefir, pishloq. Qattiq pishirilgan tuxum. O‘sim- lik moyi va sariyog‘ni ovqatga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
Sholg‘om, turp, sarimsoq, qo‘ziqorin man etiladi.
Parhez N° 4
Ko‘rsatmalar: o‘tkir enterokolit, surunkali kolitning o‘tkir davri. Keskin dispeptik o‘zgarishlar va ich ketishi.
Xususiyatlari: ichakni kimyoviy, mexanik va termik himoyalovchi parhez. Ovqat qabul qilish —kuniga 5—6 mahal. Barcha ovqatlar bug‘da eziltirib tayyorlanadi. Tuz miqdori bir kecha-kunduzda 8—10 g. Parhez davomiyligi 5—7 kun.
Oziq va taomlar xili: qotgan oq non, yog‘siz go‘sht qaynatmasi, yormalar, tuxum, eziltirilgan guruch qo‘shib tayyorlangan sho‘rva. Maydalangan, qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan yog‘siz go‘sht, baliq, parranda go‘shti. Eziltirilgan yormalardan suvda yoki yog‘siz qaynatmada tayyorlangan bo‘tqa va pudinglar. Meva sharbatlari, na’matak qaynatmasi. Choy, suvda tayyorlangan kakao, jele, kisel. Kuniga 2 dona tuxum (pishirilgani yoki omlet). Saryog‘ (40-50 g), qand (40 g gacha).
Qaymoq yeyish cheklanadi. Sut, o‘simlik kletchatkasi, ziravorlar, sho‘r va marinadlangan, dudlangan mahsulotlar, mosh, no‘xat, loviya, jo‘xori man etiladi.
Ko‘rsatma: tuzalish davridagi o‘tkir gepatit va xolesistit, surunkali gepatit va xolesistit, jigar sirrozi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin