Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə39/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Qon aylanish tizimi. Qon aylanish tizimi ikkita — katta va kichik qon aylanish doirasiga bo‘linadi. Tomirlar tizimining bir qismi, ya’ni o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish joyidan to o‘pka venasining chap bo‘lmachaga quyilish joyigacha bo‘lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar tizimining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalargacha bo‘lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Tomirlar tizimi bo‘ylab qon bir qancha omillar tufayli, birinchi galda yurakning bir tekis va davriy aortada qisqarib borishi tufayli harakatlanib turadi. Yurakni qisqarishga mujbur etadigan impulslar o‘ng bo‘lmachada ustki kovak venaning og‘zi yaqinida joylashgan sinus tugunida vujudga keladi. Sinus tugunidan impuls bo‘lmachalar orasidagi to‘siqda joylashgan bo‘lmacha-qorincha tugunga tarqaladi. Yurakning qisqarishi sistola, bo‘shashishi esa diastola deb ataladi. Sistola diastolaga qaraganda ancha qisqa davom etadi. Diastolaning muddati yurak qisqarishlari tezligiga qarab o‘zgarib boradi. Meyorga ko‘ra yurak minutiga 60—80 marta qisqaryb turadi. Yurak o‘zining qisqarishi uchun impulslarini o‘zi ishlab chiqarib boradi, ya’ni u avtomatizm xususiyatiga egadir. U har safar qisqarganda normada 50—70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistolik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 minut davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganida u 3,5—5 litrni tashkil etadi. Sistola paytida yelka arteriyasidagi qon bosimi sog‘lom odamda taxminan 17,5—18,5 kPa (simob ustuni hisobida 110—140 mm) ni tashkil etadi. Diastola paytida bu bosim pasayib 9,33—10,7 kPa (simob ustuni hisobida 70— 80 mm) ga tushadi. Qonning hammasi tomirlar o‘zanida aylanib yurmaydi. Sog‘lom odam organizmidagi 5— 6 litr qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari — jigar, taloq, muskullar va terida aniqlanadi.
Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar
Qon aylanish tizimida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: yurak o‘ynashi, uning to‘xtab-to‘xtab urishi (aritmiya), yurak sohasida og‘riq, hansirash. nafas qisishi (bo‘g‘ilish), shish, sianoz va boshqalar.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin