Iqtisodiy tahlil etish orqali xo‘jalik subyektining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.

Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‘g‘ri moliyaviy siyosatni yuritishga korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta’sischilar), investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish, korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
Iqtisodiy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:
Iqtisodiy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.