Reja 1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiy (1)
Tahlilning raqobatdosh iqtisodiyotda, doiraviy kengligi yanada kuchayadi. Ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari sharoitida ularning yuzaga kelishini makro va mikroko‘lamdagi sabablarini tahlil qilish zaruriyati yanada ortadi. Negaki, har bitta (iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va h.k.) jarayondagi o‘zgarishlar sabab va oqibat, ichki va tashqi omillar ta’sirida tashxislanishi va yakuniy xulosalar bilan izohlanishi lozim.
Tahlilning raqobatdosh iqtisodiyotda, doiraviy kengligi yanada kuchayadi. Ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari sharoitida ularning yuzaga kelishini makro va mikroko‘lamdagi sabablarini tahlil qilish zaruriyati yanada ortadi. Negaki, har bitta (iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va h.k.) jarayondagi o‘zgarishlar sabab va oqibat, ichki va tashqi omillar ta’sirida tashxislanishi va yakuniy xulosalar bilan izohlanishi lozim.
Bugungi kun iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlari oldiga texnik-texnologik taraqqiyotga, ilm fanga asoslangan iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishga undamoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqaruvchilardan samarali faoliyat shakllarini yo‘lga qo‘yishni, tadbirkorlikni faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab etadi. Bu vazifalarning birontasini iqtisodiy, Iqtisodiy tahlilsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu borada avvalo, boshqaruvning o‘zini ham takomillashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish lozim. Boshqaruv tizimi takomillashtirilmas ekan, uning muhim dastaklari takomillashtirilmaydi. Bugungi kunda boshqaruvning takomillashgan shakli sifatida uning korporativ shakliga o‘tish yuzasidan dunyo amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd etish lozim.
Д. Рахимова. Корпоратив бошқарув: Замонавий усул ва ёндашувлар. Халқ сўзи газетаси. 20 Февраль 2016.
An’anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‘u beriladi. Boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarni hisobga olishni, ko‘plab soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar faqat miqdor ko‘rsatkichlar (quantitative indicators) bilan emas, balki sifat ko‘rsatkichlari (qualitative indicators) bilan ham baholanadi.
Tahlilning boshqaruvdagi roli – boshqaruv subyektlariga boshqaruv obyektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik-tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqaruv subyektlariga yetkazib berishdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini – xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o‘rganishlarning zaruriyligini ifodalaydi.