Reja: A. Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari. A. Qodiriyning ilk ijodi. A. Qodiriy jurnalist. A. Qodiriy tanqidchi



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#176586
1   2   3   4   5
Manbalar[tahrir]

    1. Elif Batuman The Possessed: Adventures with Russian Books and the …1847083137 2011 "literary-historical landmark I had been waiting for: the emergence of an indigenous novel form. Abdulla Qodiriy’s Past Days, considered to be the first Uzbek novel, was serialized in the magazine Inqilob in 1922-25. "

    2. Abdulla Qodiriy. „Oʻtkan kunlar“ ham oʻtkan kunlar“ tanqidi ustida baʼzi izohlar. Sharq haqiqati, 1929-yil, 218-son

    3. Bayram Rahimguliyev The fate of the first Turkmen novel: From the Bloody Claw … — 2009 — Page 40 O 'tgan Kunlar (Days Gone By) by Abdulla Qodiriy, Quluq Qon (Holy Blood) by Muso Toshmuhammadogli Aybek and Tushda …

    4. Фархад Хамраев. У истоков узбекского романа. https://www.kultura.uz. 16 Июля 2014.

    5. Yevgeniy Bertels. „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, 1967-yil 2-iyundagi soni

    6. Хидир Деряев. Эдебият ве сунгат. 1962 йыл 12 ноябр

    7. Михаил Шевердин. Первый узбекский роман (А. Кадыри. «Уткан кунляр» («Прошлые дни»). Журнал «За партию». 1928 год, 3 (7) номер.

    8. „Oʻtkan kunlar“ ham oʻtkan kunlar“ mavzusi bilan boshlangan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami. Sharq haqiqati, 1929-yil, 120, 122, 123, 125, 130, 132, 137, 138, 145, 153, 154, 169, 199, 201, 206-sonlari; 1930-yil, 9, 14, 17-yanvar kungi sonlari

    9. Habibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 172–173-betlar

    10. „Oʻtkan kunlar“ roʻmoninig 1926 va 1933-yillar nashrlaridagi tafovutlar. Abdulla Qodiriy, Oʻtkan kunlar, Mehrobdan chayon. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent, 1994-yil, 640-bet

    11. Habibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 181–182-betlar

    12. Sirojiddin Ahmad. Istibdod zamonining qiyofasi („Qodiriyshunoslik“ka bir nazar). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Obid ketmon“ (4-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017-yil, 278-bet

    13. Замира Касымова. Абдулла Кадыри. Минувшие дни (Роман и фильм) & Замира Касымова. Путь к светлому свету. http://greylib.align.ru/. 20 Декабря 2017.

    14. Habibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 179-bet

    15. Фонд имени Ислама Каримова. Фондом Каримова издан английский перевод на романа известного узбекского писателя Абдуллы Кадыри “Минувшие дни”. http://fondkarimov.uz. 11 Января 2019.

    16. Фонд имени Ислама Каримова. Бобур Исмаилов — автор иллюстраций к роману «Минувшие дни». http://fondkarimov.uz. 18 Сентября 2017.

    17. Uzbekistan National News Agency. Uzbekistan Embassy presents Abdullah Qodiriy’s “Bygone Days”. http://uza.uz/. 30 december 2019.

    18. Национальное информационное агентство Узбекистана. В США издан роман Абдуллы Кадыри «Минувшие дни» на английском языке. https://uza.uz/ru. 07 Января 2020.

  1. Ulkan isteʼdod egasi Abdulla Qodiriy 1894 yili 10 aprelda Toshkentda bogʻbon oilasida tugʻiladi. U dastlab musulmon maktabida, keyin rus-tuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida taʼlim oladi; Moskvadagi adabiyot kursida oʻqiydi. 1917 yilgi oktyabr oyidagi davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi, “Oziq ishlari” gazetasining muharriri, kasabalar shoʻrosining sarkotibi, “Mushtum” jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Ju-boy, Dumbulboy, Dumbulnisa, Kalvak Mahzum, Toshpoʻlat tajang, Ovsar kabi oʻnlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi.

  2. Abdulla Qodiriy 1914 yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Masʼud (1928) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi.

  3. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910 yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. “Sadoi Turkiston” gaztasining 1914 yil 1 aprel sonida, “Toshkent xabarlari” ustunida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosiladi. Oradan koʻp oʻtmay, uning “Toʻy”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylagʻil” kabi sheʼrlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chop etiladi. Adib ijodining boshlanish davri namunalari boʻlgan bu asarlarda maʼrifatparvarlik ruhi, jadidona kayfiyat seziladi. Uning 1916 yilda yozgan “Uloqda” hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan oʻzbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi. 1923 yili “Goʻzal yozgʻichlar”da bosilgan “Jinlar bazmi” hikoyasi bilan keyingi nusxalari taqqoslanganda adib oʻz asarlari ustida qayta-qayta ishlagani, uning badiiyati va hayotiylik jihatlariga jiddiy diqqat qilganligi ayon boʻladi. Abdulla Qodiriy oʻz ijodiy taqdirini matbuot bilan bogʻladi. Yuzlab publitsistik maqolalar, hajviy asarlar yozdi. “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpoʻlat tajang nima deydir?” kabi hajviy asarlari bilan adib kulgusi “xarakter kulgusi” darajasiga yetdi. Hayotni kuzatdi – insoniylik aʼmoliga nomuvofiq voqealarga nisbatan turli yoʻsinda hajviy-tanqidiy munosabatlarini bildirdi. Shu jarayonda “felyetonlar qiroli” nomini oldi. Oʻz davrining ayrim adiblari bilan matbuotda bahslashdi. “Jasorat – ayb emas”, “Shallaqi”, “Oʻjar koʻr” nomli maqolalari bahslar natijasi oʻlaroq maydonga keldi. 1926 yilda “Mushtum” jurnalida “Yigʻindi gaplar” maqolasi bosiladi. Aynan shu maqolasidagi “yuqori rahbarlarga tegadigan qaltis gaplari” uchun, ayrim muttaham hamkasblari oqibatida adib 1926 yili 8 mart kuni qamoqqa olinadi. “Abdulla Qodiriy – Julqunboyning 1926 yil 15-17 iyunda boʻlib oʻtkan sudda soʻzlagan nutqi”da oʻsha maqolaning mohiyati, satirik janr tabiati, kulgining tiplari tahlil qilinib, undagi mulohazalar “Ovsar” tilidan faqat ishchi-dehqon manfaati kuzatilib aytilgani”ga, “hukumat kishilariga boʻlgan gaplar, oʻrtoqlik hazili” ekaniga urgʻu beriladi. Chaqimchilar xususida yozadi: “Ammo bir necha shaxslar bu maqolani oʻzlarining, bilmadim, qandogʻdir tarozulariga solib, zararlik topishlari ersa gʻarazgoʻylik, tirnoq ostidan kir izlashdan boshqa narsa emasdir”. Adib oʻz ijodini, oʻzi yozgan fikrlarni, oʻzining haqligini jasorat bilan isbot etadi va aytadiki: “Men toʻgʻrilik orqasida bosh ketsa “eh” deydirgan yigit emasman”.

  4. Navbatdagi yirik asarlaridan biri, adib 1932–1934 yillarda zamonaviy mavzuda yozgan “Obid ketmon” qissasi 1935 yili alohida kitob holida nashr qilinadi. Tabiiyki, adibning hajvchi, jurnalist, publitsist va tarjimon sifatidagi faoliyati ham tahsinga sazovordir.

  5. Garchand adib original asarlar yozib, oʻz xalqining maʼnaviyati xazinasini bebaho durdonalar bilan boyitayotgan boʻlsa ham, mustabid tuzum malaylari uni dushmanlikda aybladi. Abdulla Qodiriy manglayiga qatagʻon qurbonlari silkiga tizilishdek bir qismat bitilgan ekan. Adib 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrida xalq dushmani sifatida qatl etiladi.

  6. Alohida taʼkidlash kerakki, Abdulla Qodiriy yozgan asarlar xususida oʻsha davrning Vadud Mahmud, Abdurahmon Saʼdiy, Miyonbuzruk Solihov kabi munaqqidlari matbuotda turli yoʻsinda fikr bildirishdi. Sotti Husayning “Oʻtkan kunlar” romani tanqidiga bagʻishlangan alohida kitobi bosildi. Oybek esa “Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli” nomli maxsus tadqiqot yozdi.

  7. Abdulla Qodiriy adabiy merosi oʻzidan keyingi oʻzbek adiblari ijodi uchun mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Qardosh xalqlarning romannavislari adibni oʻzlariga ustoz sifatida eʼtirof etishdi. Oʻzbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid I. Sulton, M. Qoʻshjonov, U. Normatov, A. Aliyev, I. Mirzayev, F. Nasriddinov, S. Mirvaliyev, N. Karimov, Sh. Turdiyev, A. Rasulov, X. Umurov, X. Ismatullayev, S. Meliyev, Sh. Rizayev, A. Ulugʻov, M. Qarshiboyev, X. Lutfiddinova, I. Gʻaniyev, A. Boboniyozov, S. Toʻlaganova, A. Qahramonov, L. Toshmuhammedova va boshqa turli avlodga mansub olimlarning kitoblari, oʻnlab ilmiy maqolalari, maxsus tadqiqotlari maydonga keldi. Adib avlodlari – H. Qodiriy “Otam haqida”, “Qodiriyning soʻnggi kunlari”, Sh. Qodiriy “37-xonadon” kabi oʻz ota-bobolari toʻgʻrisida qimmatli kitoblar yozishdi. O. Yoqubov, P. Qodirov, T. Malik, Oʻ. Hoshimov, X. Sulton, X. Doʻstmuhammad, N. Boqiy va boshqa oʻzbek adiblarining eʼtiborga molik adabiy maqolalari, suhbatlari, badiiy asarlari paydo boʻldi. Shuningdek, qodiriyshunos sifatida N. Tun, I. Baldauf, Z. Klaynmixel, E. Olvort, X. Murfi, E. Nabi, A. Merxan kabi xorijlik olimlar adib ijodi yuzasidan tadqiqotlar olib borishdi.

  8. Xullas, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini oʻrganish, adib ijodiy merosidan, xususan, “Oʻtkan kunlar” romanidan bahramand boʻlish – bu doimo davom etadigan, avlodlar nazdida yangilanib turadigan sogʻinchli, ayni damda, oʻtmishga aylanmaydigan adabiy va abadiy qadriyatlar sirasiga kiradi.

Yüklə 53,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin