Oʻtkan kunlar Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
O‘tkan kunlar
Muallif
Abdulla Qodiriy
Janr
roman
Til
o‘zbek
Nashr qilingan yil
1926
k
m
t
Oʻtkan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman.[1] 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan[2].
Mundarija
1 Sujet
2 Eʼtirof
3 Tanqid
4 Senzura va nashrlar
5 Tarjimalar
6 Ekranlashtirish
7 Manbalar
Sujet[tahrir] 1920-yillar boshida Abdulla Qodiriy birinchi oʻzbek romani boʻlmish „Oʻtkan kunlar“ni yozadi. 1922-yili ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilib,[3] 1926-yilda esa alohida kitob holida chiqadi.
Roman 19-asr voqealarini oʻz ichiga qamrab olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqelar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi syujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan toʻqnashamiz.
Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U ochiqcha savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qilardi. Otabek va eskilikka yopishib olib, yurt rivojini ortga suruvchi kuchlar oʻrtasida mojaro sodir boʻladi. Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy-fikrlarini soʻzlaydi.
Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham kuzatib boradi. Rahm-shavqatsiz anʼanalar, jumladan koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi oʻzgacha muhabbat va samimiyat bilan goʻzal, Otabekka boʻlgan sof va butun vujudini qamrab oluvchi sevgi ila hayot sinovlarini yengib oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq fojia roʻy berishi muqarrar. U kundoshi tomonidan zaharlanib, Otabek esa Vatanini himoya qilib, hayotdan koʻz yumishadi.[4]