Senzura va nashrlar[tahrir] „Oʻtkan kunlar“ ilk bor 1925-yilda 1-boʻlimi (1926-yil xatoliklar tuzatilib qayta nashr qilingan), oʻsha yil 2-boʻlimi va 1926-yilda 3-boʻlimi alohida-alohida kitoblar holida arab alifbosida nashr etiladi. Ularning muqovasi „Mushtum“ jurnalining oʻsha paytdagi rassomi Ishtvan Tullya tomonidan bezatilgan (adadi – 10000 nusxa)[9]. 1933-yil esa senzuradan oʻtkazilib, bir qancha oʻzgarishlar va qisqartirishlar bilan qayta nashr etiladi. 1926-yilgi asl nashriga asoslangan oʻzbek kirill alifbosidagi ilk toʻliq nashri Toshkentda 1994-yilda chop etiladi[10].
Roman 1933-yil Bokushahrida lotin alifbosida, 1958-yil Toshkentda kirill alifbosida va 1958–1961-yillar Karachi shahrida oʻzbek tili arab alifbosida chop etiladi.[11] Tarjimalar[tahrir] 1931-yil Xolid Said va Abdulla Qamchinbek tomonidan ozarbayjonchaga oʻgirilgan.[12] 1958-yil Lidiya Bat va Vera Smirnova tomonidan „Mинувшие дни“ nomi bilan rus tiliga tarjima qilingan[13][14] 2019-yil Islom Karimov fondi buyurtmasiga asosan „Days Gone By“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan va Fransiyaning „Nouveau Monde Editions“ nashriyotida chop etilgan, tarjimon – Kerol Yermakova, muharrir – Juli Uikeden[15]. Bu tarjimaga rassom Bobur Ismoilov illustratsiyalar chizgan[16].
Shuningdek, 2019-yil amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Edvard Riz tomonidan „Bygone Days“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan[17]. Mark Edvard Riz ushbu kitob tarjimasiga 15 yil vaqt sarflagan va asar amerikaliklarga tushunarli boʻlishi uchun 400 dan ortiq izoh va sharhlar yozgan. Ushbu nashr nusxasi AQSHningKongress kutubxonasidan oʻrin olgan[18].
Ekranlashtirish[tahrir] 1969-yil — „O‘tgan kunlar“. Rejissor — Yoʻldosh Aʼzamov, bosh rollarda — O‘lmas Alixo‘jayev, Gulchehra Jamilova.
1997-yil — „O‘tgan kunlar“. Rejissor — Melis Abzalov, bosh rollarda — Behzod Muhammadkarimov, Sahrizoda Dilmurod qizi.