Chiziqli algoritmlar. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy
struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bo’lar ketma-ketlik, ayri va takrorlash
strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin.
Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
chiziqli algoritmlar;
1.
tarmoqlanuvchi algoritmlar;
2.
takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
3.
ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
4.
rekurrent algoritmlar;
5.
takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
6.
ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-
chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik
strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi.
Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash
mumkin:
Tarmoqlanuvchi algoritmlar .Agar hisoblash jarayoni
biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar
bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq
faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga
tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar
uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi
berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan
faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar
shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha a amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha b amal
bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik
misol sifatida quyidagi sodda
misol ni
qaraylik.
1- Misol
: Berilgan x ning qiytmatiga bog‘lik holda, agar u musbat bo‘lsa «ha»
tarmoq
bo‘yicha
y=x 2 funksiyaning
qiymati,
aks
holda
y=-x 2 funksiyaning qiymati hisoblanadi.
4-rasm. Interval ko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash algoritmi
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi
algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki
«yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi
algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi
quyidagi ko‘rinishga ega:
5-rasm. Aylanish strukturasining umumiy ko‘rinishi