Reja: Algoritm va algoritmlash, algoritmning xossalari, algoritmlarni yaratish usullari va turlari


Kvadrat tenglamani yechish algoritmi



Yüklə 339,86 Kb.
səhifə3/8
tarix20.09.2023
ölçüsü339,86 Kb.
#145924
1   2   3   4   5   6   7   8
19-mavzu. Qurilish va arxitektura sohasida axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash

Kvadrat tenglamani yechish algoritmi

Chiziqli algoritmlar. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:



  • Chiziqli algoritmlar;

  • Tarmoqlanuvchi algoritmlar;

  • Takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;

  • Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;

  • Rekurrent algoritmlar;

  • Takrorlanishlar soni oldindan no‘malum algoritmlar;

  • Ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.

Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:

Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.

Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi

Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, «ha» tarmoq bo‘yicha a amal, shart bajarilmasa «yo‘q» tarmoq bo‘yicha b amal bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni qaraylik.


1- Misol:
Berilgan x ning qiytmatiga bog’lik holda, agar u musbat bo‘lsa «ha» tarmoq bo‘yicha y=x2 funksiyaning qiymati, aks holda y=-x2 funksiyaning qiymati hisoblanadiko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash algoritmi




Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog’idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega:




Yüklə 339,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin