Reja: Algoritm va algoritmlash, algoritmning xossalari, algoritmlarni yaratish usullari va turlari



Yüklə 339,86 Kb.
səhifə2/8
tarix20.09.2023
ölçüsü339,86 Kb.
#145924
1   2   3   4   5   6   7   8
19-mavzu. Qurilish va arxitektura sohasida axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash

Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. Ya’ni masaladagi boshlang’ich ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi. Yoki uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.
Algoritmning tasvirlash usullari .Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1.Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2.Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3.Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi. 
4.Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:

Nоmi

Bеlgilаnishi

Bаjаrаdigаn vаzifаsi

Jаrаyon




Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi

Qаrоr



Birоr shаrtgа bоg’liq rаvishdа аlgоritmning bаjаrilish yo‘nаlishini tаnlаsh

Shаkl o‘zgаrtirish



Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk yoki buyruklаr turkumini uzgаrtirish аmаlini bаjаrish

Аvvаl аniqlаngаn jаrаyon



Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur yoki аlgоritmdаn fоydаlаnish

Kiritish
Chiqаrish



Ахbоrоtlаrni kаytа ishlаsh mumkin bo‘lgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh

Displеy



EHMgа ulаngаn displеydаn ахbоrоtlаrni kiritish yoki chiqаrish

Hujjаt



Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chiqаrish yoki kоgоzdаn kiritish

Ахbоrоtlаr оqimi chizig’i



Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni tаsvirlаsh

Bоg’lаgich



Uzilib qоlgаn ахbоrоt оkimlаrini ulаsh bеlgisi

Bоshlаsh Tugаtish



Ахbоrоtni kаytа ishlаshni bоshlаsh, vаktinchа yoki butunlаy tuхtаtish

Izоh



Blоklаrgа tеgishli turli хildаgi tushuntirishlаr

Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok-sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi. Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi. Misol sifatida ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.


Yüklə 339,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin