Reja: Alisher Navoiyning qisqacha tarjimai holi



Yüklə 45,5 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü45,5 Kb.
#179889
1   2   3   4
Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari

Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh...
Dostonning sakkizinchi maqolasida Navoiy yolg`izlikka nisbatan ko`pchilik – jamoatni ulug`lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do`st bo`lishlarini istaydi:
... Yo`q hunari yolg’uz esa, o`z kishi,
Qayda kishi sonida yolg’uz kishi?
Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg’uz ovchidin kim etmish sado?..
“Hayratul-abror”ning o`ninchi maqolati rostgo`ylik, halollik va to`g`rilikka bag`ishlangan. Navoiy to`g`rilik va rostgo`ylikni ulug`lash bilan kishilarni rostgo`y va to`g`ri bo`lishga chaqiradi, yolg`onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg`on so`zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzog’iga tushgan Durroj obrazi orqali bayon qiladi.
Dostonning o`n birinchi maqolatida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi, kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga shoir o`sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo`lida chekkan azoblaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm o`ldi amal aylagil.
Navoiyning yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, olijanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o`qish, o`rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo`lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo`lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o`z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, do`stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g`oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko`pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag`ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog`laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo`lgan muhabbatini zo`r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko`rsatadi.
Farhod yoshlik chog`idanoq juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. U maktabda zo`r havas va qunt bilan o`qiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada o`rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bo`lgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib ko`radi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turli fanlardan saboq beradilar. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga o`z sir-asrorini to`liq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan o`qib, bilimdon va zukko inson bo`lib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab o`qitish zarurligini, bunda ota-onaning roli nihoyatda katta ekanligini, bolalarga dunyoviy ilmlarni berish muhimligini ta’kidlaydi.
Farhod qaysi fanni o`qimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
Agar bir qatla ko`rdi bir saboqni,
Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni.
Ne so`znikim, o`qib ko`ngliga yozib,
Dema ko`ngliki, jahon lavhiga kozib.
U davrda bolalar quruq, yodaki o`qitilar edi. Bolalar o`zlari yodlagan narsalarining ma’nosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, o`qilgan narsaning ma’no-mazmunini tushunib olishga undar edi.
O`qib o`tmak, o’qib o`tmak shiori,
Qolib yodida, safhasafha bori...
Farhodning qunt qilib, ma’nosini tushunib o`qishi natijasida ko`p ilmlarni egallaganligi ta’kidlanadi:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqikini kasb yetmagan ilm.
Shu tariqa Navoiy bolalarni ilmni puxta egallashga chaqirib, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va o`stirish yo`llarini ko`rsatadi.
Bundan tashqari, dostonda Farhod jismoniy tomondan ham chiniqqan yigit sifatida tasvirlanadi. U suvda suzish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini mehr bilan o`rganadi. Alisher Navoiy yoshligidan boshlab ilmga berilgan, jismoniy jihatdan chiniqqan Farhodni tasvirlarkan:

Yüklə 45,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin