2. Nitrolash reaksiyasi: Konovalov ma’lum sharoitda suyultirilgan nitrat kislotasi alkanlarni nitrolab, nitrobirikmalar hosil qilishni ko’rsatdi:
C3H8 + HNO3 → C3H7NO2 + H2O
Asosiy maxsulot 2-nitropropan lekin, kam miqdorda 1-nitropropan ham hosil bo’ladi.
3. Metan yuqori temperaturada (1500°C) qizdirilda, asetilen va vodorod gazlari hosil bo’ladi: 2CH4 → C2H2 + 3H2 4. Oksidlanish reaksiyalari. To’yingan uglevodorodlar yuqori haroratlada alangalanib yonib CO2 va H2O ni hosil qiladi:
Umumiy yonish tenglamasi: CnH2n+2 + (1,5n+0,5)O2 → nCO2 + (n+1)H2O
Alkanlar yuqori bo’lmagan haroratda, havodagi kislorod bilan MnO2 katalizatorligida oksidlanadi. Bu reaksiya natijasida quyi molekulali uglevodorodlarning kislorodli birikmalarini hosil qiladi. Bunda C-C bog’lari uziladi va to’yingan karbon kislotalar aralashmalari hosil bo’ladi. masalan, sanoatda butanni oksidlab sirka kislota olinadi:
CH3-CH2-CH2-CH3 + [O] → 2CH3COOH
5. Degidrogenlanish reaksiyasi:vodorodning ajralishi
C4H10 → C4H8 + C4H6 6. Sulfolash reaksiyasi: R-H + HOSO3H → R-SO3H + H2O
7. Krekinglash (parchalash) reaksiyalari: kreking jarayonida yuqori haroratda qaynaydigan og’ir molekulalar past haroratda qaynaydigan kichik uglevodorodlarga parchalanadi. Kreking jarayoni ikki xil bo’ladi: termik va katalitik. Termik krekingda yuqori molekulali uglevodorodlardan kichik molekulali uglevodorodlar olinadi:
C12H26 → C6H14 + C6H12 (alkan va alken) Katalitik krekingda esa uglevodorodlarning izomerlanish jarayoni olib boriladi: Butan → Izobutan
Ishlatilishi: to’yingan uglevodorodlarning quyi molekulali vakillari yoqilg’i sifatida ishlatiladi;
xlormetan – bug’langanda katta miqdorda issiqlik yutganligi sababli sovutgichlar tayyorlashda ishlatiladi;