dixlormetan, trixlormetan (xloroform), tetraxlormetan - erituvchi sifatida ishlatiladi;
etil bromid - jarrohlikda milkni vaqtinchalik og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi;
izooktan – C8H18 (2,2,4,-trimetilpentan). Aviatsiya benzining asosiy qismi. Motor yonilg’isi sifatida benzinning sifatini aniqlovchi moddadir. Shuning uchun benzinning sifati oktan soni bilan aniqlandi;
uglerod atomlarining soni 20-25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi.
Alkanlarning tabiiy manbalari va sintez qilishning zamonaviy usullari: Fisher-Tropsh, Kori-Xaus, kros birikish va boshqalar
Alkanlar tabiatda keng tarqalgan. Ularning quyi vakillari (metan va oz miqdorda etan, propan, butan) tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Neft ham alkanlarning asosiy tabiiy manbalaridan biri hisoblanadi. Tog‘ mumi (ozokerit) qattiq alkanlar aralashmasidir. Metan og‘ir planetalar (Saturn, Yupiter, Uran va Neptun) atmosferalarida juda ko‘p miqdorda uchraydi. Og‘ir planetalarda metanning miqdori shunchalik kattaki, hatto uzoq kelajakda uni yerga transportirovka qilish (tashib kelish) bo‘yicha fantastik loyihalar taklif qilingan. Yerda ham «metanogen» bakteriyalarning o‘simlik va hayvonlar organizmlari qoldiqlarini havo (kislorod) kirmaydigan sharoitda parchalashi natijasida juda ko‘p miqdorda (har yili 2 mlrd t) metan hosil bo‘ladi. Masalan, botqoqlik gazining 99 foizi metandan iborat. Bu mikrobiologik usul yordamida biosferani ifloslantiruvchi turli chiqindilarni qimmatli yonilg‘iga aylantirish mumkin.
A. Sanoat usullari
1. Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan alkanlar aralashmasi, benzinni fraksiyalab haydash usuli bilan esa individual alkanlarni olish mumkin.
2.Ko‘mirni katalitik gidrogenlash
Toshko‘mir yoki qo‘ng‘ir ko‘mirni 460-470C harorat va 250 atm bosimda temir katalizatori ishtirokida gidrogenlaganda suyuq alkanlar aralashmasi hosil bo‘ladi:
nC +( n+1)H2 CnH2n+2
Shu reaksiya asosida sintetik benzin olinar edi. Lekin hozirgi vaqtda sanoatda benzin bu usul bilan ishlab chiqarilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |