Reja: Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar



Yüklə 50,74 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.12.2023
ölçüsü50,74 Kb.
#194304
Iqtisodiy ta\'limot m



Amir Temur va Temuriylar davridagi iqtisodiy g'oyalar 
Reja: 
1.Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar 
2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi 
iqtisodiy islohotlar
3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati 
4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalar 
1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar.
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo 
etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, 
qishloq xo'jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. 
Bunga to'g'ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat
yordam berdi. 
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga 
xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh 
vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma 
bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, 
ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari 
tarmoqlarini nazorat qilardi. 
Xalqning hulq-ahloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti 
bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. 
Ayniqsa, toshu-tarozi to'g'riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va 
tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish to'ppa-to'g'ri 
bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan 
mol ustiga 10 foiz narx qo'yish mumkin bo'lgan. Temur saltanatini 
idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko'rsatgan. Shunday 
vazirlardan birinchisiga er soliqlari, boj, o'lpon-soliq undirish hamda 
mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir 
mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik 
muammolarni hal qilgan

raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni 


taqsimlagan. 
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va 
tanho (bu erda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan 
in'om ma'nosida)larni boshqargan. 
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib ketgan va qochganlarga 
tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan 
olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib
bularning barchasida to'plangan daromadlarni omonat tarzida 
saqlagan. Agar g'oyib bo'lganlar va vafot etganlarning mol-mulki 
bo'lsa, ularni o'z merosxo'rlariga topshirgan. 
To'rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo'lib, u saltanatdagi 
jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan harajat, 
hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan harajatlardan 
ogoh bo'lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo'ysungan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan 
edilar: «Amr 
qildimki
, sadrlar sadri (sadr, vaqf erlar va vaqf etilgan 
boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va 
boshqa arboblarga suyurg'ol tariqasida berilgan erlar va vaqflarning 
ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini 
tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida 
kirim-chiqimlarni, kundalik harajatlarni yozib borish uchun bir kitob 
tayinlansin». 
Sohibqiron davrida erga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan: 
1. Suyurg'ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib 
berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy 
xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari 
dehqonlarni ishlatib, er solig'i - xiroj olganlar. 
2. Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir 
xizmati uchun berilgan. 


3. Ushr erlar. Sayyid va xo'jalarga mansub erlardir. Bundan olingan 
hosilning undan biri davlatga berilgan. 
4. Vaqf erlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari 
joylarga doir erlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar 
mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Axmad 
Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad 
Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun 
vaqfdan mablag' ajratilgan. 
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan erlar. 
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib 
chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yohud 
birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olgan. 
Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilgan. 
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, 
madrasa 
va xonaqohlar bino qilishni
, faqiru miskinlarga langarxona 
(yo'lovchilar qo'nib o'tadigan, kambag'al etim-esirlarga ovqat 
beriladigan joy), g'aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona bunyod 
etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi. 
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro 
savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o'tadigan Buyuk 
ipak yo'lida karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan 
mag'ribgacha bo'lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar, 
karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. 
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida Qarshi shahrining atrofini, 1370 
yili Samarqandni devor bilan o'rab, qo'rg'on bunyod ettirgan. 1380 
yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor 
bilan o'ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo'rg'onlar bekorga 
barpo bo'lmagan. Ular chegara vazifasini o'tab, shahar aholisini do'st-


dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so'zi ichkari va 
tashqari degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur 
saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin 
shunday bo'lishiga qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa 
tashqariga so'roqsiz olib chiqib ketilmagan. Jahongir bu 
haqda: «Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo'latmagan navkarni 
yuqori martabaga ko'tarib, hurmatlasinlar. O'g'ri va qaroqchilarni 
jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan 
haydasinlar. Atrofdan 
kirgan-chiqqan mol-mulk
, chetdan kirgan va 
chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va 
hukmdorlik haqidagi xabarlar qo'shni podsholar, ularning gaplari, 
ishlari uzoq o'lkalardan bo'lib, mening dargohimda yuzlangan ulamo, 
fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to'g'rilik 
bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, 
oyma-oy mening arzimga etkazib tursinlar», degan edi. Mazkur 
vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a 
boshlig'i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana 
yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo'shin 
boshlig'i)lar tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, 
savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini 
manzildan-manzilga etkazib qo'yganlar. Yo'l ustida bironta odamning 
biror narsasi yo'qolsa, o'zi o'ldirilsa 
yoki boshqa kor-hol yuz bersa

buning uchun javob berish ularning zimmasida bo'lgan. 
Buyuk jahongirning mana bu so'zlari yanada qimmatliroqdir: «Har 
mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, 
turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat 
va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga 
borishmasin: Xitoy, Xo'tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab 
mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u 


erlarning nafis matolari va munosib tuxfalaridan keltirishsin. O'sha 
mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari 
haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o'z 
raiyatiga qanday muomala-yu munosabatda ekanligini aniqlasinlar». 
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish 
quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar va 
sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o'z 
vazifasini o'rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining 
bahosiga teng bo'lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to'rt 
otgacha tayinlangan. O'nboshilar maoshi qo'l ostidagi oddiy 
sipohiylarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. Yuzboshilar maoshi 
o'nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa 
yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi. Chorpilchor(urush vaqtida) 
xatoga yo'l qo'ygan sipohiylarning maoshi o'ndan birga kamaytirilgan. 
O'nboshi yuzboshi tasdig'i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig'i 
bilan, mingboshi bosh amir tasdig'i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - 
amir-ul-umaroning maoshi qo'l ostidagilardan o'n barobar, devonbegi 
va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. 
Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, 
qo'riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan tunda o'tkaziladigan bosqin 
qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig'ilgan hosildan xiroj miqdorini 
belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan 
o'n ming tangagacha bo'lgan. 
Sayyidlar
, olimlar, fozil kishilar, 
hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, 
tarixdonlarning o'z hollariga qarab suyurg'ol, vazifa va maosh 
belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu erda palos to'shovchi 
ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi. 
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to'liq 
ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, 


so'ngra tanho (bu erda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar 
uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat 
ko'rsatgan beklarga tanho sifatida er-suv berilgan) berganlar. 
Sohibqiron vasiyatiga ko'ra uning to'ng'ich o'g'li Muhammad Jahongir 
Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo'lib, o'n ikki ming otlik askarga ulufa 
olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi ug'li Mironshoh Mirzo to'qqiz ming 
otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan. 
To'rtinchi o'g'li Shohruh Mirzo etti ming otlik askarga ulufa olgan va 
bir viloyat egasi bo'lgan. Nabiralari ham uch mingdan etti minggacha 
otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar. 
Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, 
chopovullarning bir 
yillik maoshlarini hisoblab
, belgilangan mablag'ni 
devonxonaga keltirib, shu erda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va 
bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho 
xazinasidan olib berilgan. 
O'nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan 
soliqlardan yig'ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd 
pul hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi erlardan tiyul 
(xiroj va soliq yig'ib olish haqi bilan in'om etiladigan er-mulk)lardan 
berilgan. Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib 
belgilangan. Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash 
haqida shunday degan edi: «Viloyatlar va mamlakatlardan olingan 
jami daromadni taqsimlab, maosh berish erliklariga biriga kam, biriga 
ortiq qilib yozsinlar. So'ng erliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, 
mingboshilar shu erliklardan birini chiqarib olsin». 
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot 
bilan to'lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy 
(podsho va xonlar o'z viloyatlaridan o'tayotganlarida xalqdan talab 
qilinadigan tortiqlar), qo'nalg'a (choparlar va elchilarga qo'noq berish 


solig'i) va shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig'iladigan 
soliq) talab qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga 
ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig'ilgan 
mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi 
(jog'irdor) ning fuqarolarga zulm etkazmasligi uchun ularning holidan 
xabardor bo'lib turgan, yig'ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga 
yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj etilgan qismini chiqim daftariga 
yozib, yig'ilgan mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan. 
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: «Qaysi 
amirga tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o'z holiga qo'ysinlar. Uch 
yil o'tgandan so'ng uni tekshirib ko'rsinlar. Agar mamlakat obod, 
raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof 
ravishda bo'lsa, ul viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan 
ozod etilgan er-suv)ga o'tkazilib, uch yilgacha o'sha jog'irdorga ulufa 
berilmasin». 
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to'plangan mol-
dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf 
qilgan: «To'plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni 
sipohlarga taqsimlab berdim. Qo'shinga etarli darajada ozuka 
berdim», degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: «Ular menga 
Xorazmga borishimni maslahat berdilar. Agar g'alaba qozonsam, 
Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim», - 
deydi. 
Ma'lumki, xiroj er solig'i uchun va umuman daromad solig'i uchun 
qo'llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil 
etgan. 
Shuningdek
, xirojni «mol» deb ham atashgan. «Raiyatga haq-
nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi»,- degan edi 
sohibqiron. 
Muruvvatli jahongir: «Kimki mening xizmatimni qilgan bo'lsa, xizmat 


haqini ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og'aynilar, qo'ni-
qo'shnilar va men bilan bir vaqtlar do'stlik qilgan barcha odamlarni 
davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va 
naqd pul bilan haqlarini ado etdim»,-deydi. Shuningdek, u amirlar va 
sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, 
bazmlarda o'z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi 
qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. 
Sohibqiron hayr-ehson ishlari bilan odamlarning ko'nglini olgan. Sipoh 
va raiyatga bir ko'z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus 
faxriy o'tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan 
bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o'qdon) taqdim 
etib, martabalarini yanada yuqori ko'tartirdi. Har el va har 
mamlakatning ulug'larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga 
sovg'a-salomlar berib, xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha 
jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini so'rattirmay, vaqtida 
bergan. Sarmoyasi qo'lidan chiqib ketgan savdogarga o'z sarmoyasini 
qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilgan. 
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig'i zimmasiga 
yuklangan. Soliq olish Qur'oni karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va 
«Hidoya» kitoblarida bu to'g'rida to'la ma'lumotlar berilgan. Hech bir 
shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan 
olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan 
soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-xiroj yig'ishda ularni og'ir ahvolga 
solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan 
saqlanilgan. Negaki, Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat 
xazinasining kambag'allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib 
qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning 
tarqoqligi esa, o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. 
Fath etilgan erlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi 


bo'lsa, ularning roziligi bilan ish ko'rsinlar. Xirojni ekindan olingan 
hosilga va erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Fatx etilgan har bir 
mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. 
O'sha mamlakatdan tushgan o'lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», 
- degan edi. 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda byudjet tushunchasi 
bo'lgan. 
Davlat xazinasi
, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, 
taftish yo'lga qo'yilgan edi. Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar 
ajratilgan va doim hisob berib borganlar. 
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur 
tuzuklari»da to'la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 
yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) 
iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni 
mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish 
masalalari yoritilgan bo'lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan 
aytilgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu 
jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. 
A.Temur mamlakatda gadoylar bo'lmasligi kerak, degan qoidaga amal 
qilgan va uning yo'lini ham belgilab bergan. Gadoylarning barchasi 
to'plangan va ularga bir yillik kerakli emish, kiyim-kechak berilgan, 
ularni biror foydali ish bilan shug'ullanishga jalb etilgan. Odatda, 
ko'pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko'rgan. 
Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan 
chiqarib yuborilgan. 

Yüklə 50,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin