" — Mazang yo`q, Bekxo`ja. Bu safarcha "to`rt" qo`yaman.
- Shoshmang, domla, shoshmang! Bitta "besh" qarz qipturing. Mana ko`rasiz, kelasi gal...
-- "Besh"niyam o`shanda olaverasan.
- Jon-on, domlajon, xudo xayringizni bersin...
— Ie, sovet maktabini machit qilvordinku. "Ikki" senga!
- SHoshilmang, domla! Bilasiz-ku, ayam kichkinaligimda eskicha o`qitgan. Til qurg’ur o`rganib qolgan bo`lsa, nima qilayh Ana, hammadan so`rang, o`zim xudoga qarshiman. Xoxlasangiz payg’ambarni ahmoq deyishim mumkin. Hukumatimiz bor, nimadan qo`rqamanh" Muallif an‘anaviy milliy tarbiya va sho`ro maktabi tarbiyasi, oila va maktab o`rtasidagi tafovutlar natijasida bola o`zligidan qaytishga, tashqi muhitga moslashishga majbur bo`layotganligini dard bilan tasvirlaydi.
Bizningcha, asarda Bekxo`janing 14 yoshida oyoqlari shol bo`lib qolishi ham bu mustabid tuzumning yosh avlodni ongli ravishda "ma‘naviy shollik" botqog’i tomon tortganligiga ishoradir.
Ma‘lumki, sho`ro davrida iqgisodiy qiyinchiliklar haqida gapirish "odob"dan hisoblanmagan, moddiy farovonlikka intilish esa insonning meshchanga aylanayotganligini va u ma‘naviy jihatdan tubanlikka ketayotganligini ko`rsatuvchi birinchi belgilardan sanalgan. Buning natijasida yosh avlodga iqgisodiy tarbiya berish doimo bir tomonlama olib borilardi. Ya‘ni ular qalbida halol mehnatga nisbatan muhabbat uyg’otilardi, ammo undan ko`riladigan moddiy manfaatga nisbatan nafrat tuyg’usini tarkib toptirishga intilish kuchli edi. Mexnat va moddiy manfaatdorlikka nisbatan bunday soxta munosabat oxir-oqibat bolalar qalbida ishonchsizlik, loqaydlik, tanballiklarning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Mutlaqo mehnat qilmay, harom-harish yo`llar bilan boylik ortgirishga intilish tuyg’usi kuchaydi.
Anvar Obidjon o`zbek bolalar adabiyotida birinchilardan bo`lib o`z asarida yosh avlodni iqtisodiy jihatdan to`g’ri tarbiyalash, shaxsiy manfaatdorlik, pul va boylikning inson hayotidagi o`rni masalasiga e‘tiborni qaratdi. U shunday degan edi: "Muhimi bolaning qalbida yoshligidanoq haqiqatga bo`lgan ishonch tuyg’usini tarkib toptirishga ulgurishdir. Shu bilan birga, turlicha talqin etiladigan ayrim narsa va tushunchalarga nisbatan to`g’ri munosabatni tarbiyalash darkor. Masalan, pulga nisbatan. O`smirlar pul haqida to`g’ri tasavvurga ega bo`lishlari zarur, pulga halol mehnat qilgan odamgina ega bo`ladi. Yoshlar pul bilan mehnatning uzviy birligini tushunib olishlari nihoyatda zarur". Muallif "Oltin yurakli Avtobola" qissasida inson pulga sajda qilib, uni hayotining tub mazmuniga aylantirib yubormasligi kerakligini, hayotda undan qimmatliroq narsalar — insonlar orasidagi mehr-oqibat, vijdon va insof, g’urur borligini kitobxonlar ongiga yetkazishga intilgan.
Qissaning eng go`zal joylaridan biri Xoldor va Avtobolaga bagishlangan sahifalardir. Muallif unda ikki bola o`rtasida vujudga kelgan do`stlikning buyuk qudratini badiiy ko`rsata olgan.
Xoldor taqdirning shafqatsiz o`yini tufayli (Qattiq sel paytida Bekxo`janing yigitlari Kamolning olti oylik o`g’lini o`g’irlashadi) Bekxo`janing uyiga kelib qoladi. Bu yerdagi o`ta tuban muhit, tevarak-atrofdagi xizmatkorlarning badfe‘lligi bilan birga, ona mexriga tashnalik, erksizlik, "Dil g’ashliklarini dala-dashtlarga sochib kelish imkonidan mahrum"ligi Xoldorning "yoshiga nomunosib" qo`rs va tajang bo`lib qolishiga sababchi edi, Bekxo`ja Kamolga qasdma-qasd Xoldordan "betamiz be-zori" tayyorlashni niyat qilgan. Shuning uchun uning qalbida ezgulik, insoniylikka xos sifatlarni hali nish urmasdan yo`q qilish ilinjida bo`ladi. Qissada Avtobola uning hayotiga nur olib kiradi. Xoldor bu po`lat odam bilan emin-erkin o`ynab, quvnab, ruhan chiniqadi. Fantastik obraz Avtobola ayyorlikni mutlaqo bilmaydigan to`g’riso`z odam, soddadillik, mexribonlik va pokizalik timsoli. U o`zining ana shunday hislatlari bilan Xoldor qalbiga qattiq o`rnashib qoladi. Uning diliga ezgulik urug’larini sochadi. Muallif har ikki kichik qahramon obrazida bola va muhit, bola va kattalar, bolalar dunyosining o`ziga xos qirralarini ishonarli ochishga, ko`rsatishga erishgan.
Qissada o`ta xudbin va kekchi, hayotning mazmuni faqat pul, boylik to`plashdan iborat deb biladigai, bu yo`lda har qanday qabixlikdan ham toymaydigan, ma‘naviy va jismoniy shol kishi Bekxo`ja va uning to`dasi hakli ravishda jazosini topadi. Bu holat odamni o`ylatadi. Tabiat insonni oliy darajada ongli qilib yaratibdi. U, hatgo o`ziga Avtoboladek mukammal robotlarni yasab olish qudratiga ham ega. Ammo ba‘zi odamlar gohida oddiy narsalar oldida ochko`z va ojiz kimsalarga aylanib qoladi. Negah Bu insonning ma‘naviyati bilan bog’liq g’oyat muhim, dolzarb masala, azaliy muammo...
Anvar Obidjonning "Oltin yurakli Avtobola" qissa-cho`pchagi yosh kitobxonlarni o`ta jiddiy hayotiy masalalar ustida o`ylashga undashi bilan ham diqqatga sazovordir.
Ma‘lumki, o`tgan asrning saksoninchi yillari o`rtalaridan boshlab xalqimizning tarixga, ajdodlar merosini o`rganishga bo`lgan qiziqishi kuchaya bordi, bu mavzuda qator asarlar yaratildi. Bu davrda bolalar adabiyotida xam tarixiy-ijtimoiy masalalarni aks etgirishga moyillik sezilarli darajada kuchaydi. Ayniqsa, X.To`xtaboev, N.Aminov, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab va boshqa bolalar adiblari bu mavzularda qiziqarli asarlar ijod etdilar.
Anvar Obidjon 70-yillarning oxirlarida yaratilgan "Alamazon va uning piyodalari"1 qissasida, 80-yillarning oxirlarida bitilgan "Meshpolvonning janglari" dostonlarida hamda bir necha she‘riy ertaklarida Vatan ozodligi, erk uchun kurash masalasini tarixiy mavzuga uyqash tarzda ko`tarib chiqadi.
"Alamazon va uning piyodalari"dagi voqealar afsonaviy shahar Yulduzistonda bo`lib o`tsa, "Meshpolvonning janglari"dagi voqealar turli qishloqlarda, mustabid shoh taxti joylashgan "Qahratoniya"da ro`y beradi. Shunisi e‘tiborga sazovorki, har ikki asarda ham agar davlat boshliqlari ongsiz bo`lishsa, muttahamlik, xudbinlik, laganbardorlik, mansabparastlikka yo`l ochiladi va o`lkasi jannatmakon, odamlari qanchalar pokizafe‘l bo`lmasin, har qanday jamiyat, oxir-oqibat "yurt iflos xandaqqa, xalqi irkit maxluqqa" aylanishi mumkinligini kuyunib bayon etiladi. Asarning ichki mazmun-mohiyatidan unda sobiq sho`rolar jamiyati nazarda tutilayotganligi ochiq-oydin sezilib turadi.
Qissa qaxramoni Alamazon, ko`plab tengdoshlari qatori, nihoyatda xayolparast va ta‘sirchan. Uning ma‘naviy dunyosi shakllanishida badiiy asarlarning o`rni beqiyos. Alamazon kitob o`qib zavqlanadi, qatgiq ta‘sirlanadi, asar qaxramonlariga yurakdan havas qiladi, ularga o`xshab odamlarga ezguliklar va yaxshiliklar qilish, jasoratlar ko`rsatish orzusi bilan yonadi, hayotga cheksiz ishonch va umid bilan qaraydi.
Muallif o`smirdagi mana shu sifatlarni mehr bilan ko`rsatar ekan, bunday sifatlarga ega bo`lgan inson xalqning og’ir ahvolini ko`rib loqayd o`tib ketolmasligini, ifloslik anqib turgan havodan bemalol nafas ololmasligini ta‘kidlaydi.
Yana shuni alohida qayd etib o`tish kerakki, muallif o`z qahramonlarida uchraydigan salbiy xususiyatlarni ham o`ziga xos bag’rikenglik bilan tasvirlaydi. Xususan, "Alamazon..."dagi Eshmatning bir qadar loqaydligi, qo`rqoqligi ochiq ko`rinadi. U hatto zolim Isqirt Birinchining saroyida qolishga rozi bo`ladi. Yoki Meshpolvon shu darajada xo`raki, hatto do`stlariga ovqat qoldirmay, hammasini o`zi yeb qo`yadi, yoxud "0099 nomli yolg’onchi" ertagidagi Uloqcha — o`ta yolgonchi, mansabparast, aqlsiz. U o`zining manfaatparastligi bois do`stlarining boshiga ko`p kulfatlar tushishiga sababchi bo`ladi. Ammo do`stlari uni tashlab ketmaydilar yoki qattiq tanqid ostiga olib, jazolamaydilar. Muallif ularning o`z kamchilik va xatolarini tushunib olishlariga imkoniyat yaratadi. Bu qaxramonlar misolida odamlar bir-birlariga nisbatan kengbag’irroq bo`lishlari kerakligini, sherigidagi kamchilik va xatolarni tuzataman deb, ba‘zan qalbini sindirib qo`yish mumkinligini, bundan ehtiyot bo`lish lozimligini asarlari mamzuniga mahorat bilan singdira olgan.
Ma‘lumki, ma‘naviyat, axloqiy tarbiyaning asrlar davomida hayot sinovlaridan o`tgan o`z usullari bor. Ularda daryodillik inson uchun yetakchi mezon ekanligi ta‘kidlanadi. Xalq dostonlarida uchraydigan quyidagi to`rtlik fikrimizning dalilidir:
Yaxshi yetdi murodga
Yomon qoldi uyatga.
Yomon odam yomondir
U ham yetsin niyatga.
Dono xalqimizning inson haqidagi ushbu falsafiy kontseptsiyasini Anvar Obidjon o`z asarlarining mag’iz-mag’iziga maxorat bilan singdiradi.
Anvar Obidjonning "Meshpolvonning janglari" asarida Vatan, xalq ozodligi uchun kurash, insonparvarlik g’oyalari an‘anaviy doston janrida o`z badiiy aksini topgan, O`zbek adabiyotining ildizlariga nazar tashlasak, asrlar davomida ijtimoiy-siyosiy kurashlar, ozodlik va tenglik hamda qahramonlik va vatanparvarlik haqidaga ideallar doston janri imkoniyaglari doirasida boshqa janrlarga nisbatan keng aks ettirilgan.
"Meshpolvonning janglari" asarida johillik, xudbinlik, yovuzlik timsoli bo`lgan bosqinchi Sepkilshoh hukumatining yolg’onga, tuhmatga, quruq safsataga, odamlarni laqillatishga asoslangan siyosati quvnoq yumor, achchiq istexzo bilan masxaralanadi, ayovsiz fosh qilinadi. Uni tor-mor etgan yosh pahlavonlar, qo`rqmas botirlar ulug’lanadi. Keng ma‘nodagi go`zallikning yovuzlik, chirkinlik ustidan g’alaba qilganligi sharaflanadi.
Dostonning markaziy qahramoni Meshpolvon an‘anaviy dostonlardagi kabi atrofdagilardan tom ma‘noda ajralib turadi. Agar Alpomish yetti yoshidayoq bobosidan qolgan o`n to`rt botmonlik kamonni ko`tarib Asqar tog’ining cho`qqisini uchirib yuborganligi, Rustamxon o`n ikki yoshida dev bilan olishib, g’alaba qilganligi bilan ajralib tursalar, Meshpolvon nihoyatda ko`p ovqat yeyishi, o`ta qaysarligi, lof-qofga mohirligi va tashqi ko`rinishining g’ayritabiiyligi bilan ajralib turadi. O`z-o`zidan savollar tug’iladi: yozuvchi bunday salbiy xususiyatli, payti kelsa yolg’onni suvdek ichadigan maqganchoq bolani nima uchun markaziy qaxramon qilib olganh Nega unga nisbatan o`quvchilarda xayrixoxlik uyg’otishga intilganh Bu xalqimizning bola tarbiyasi bilan bog’liq an‘anaviy mezonlariga to`g’ri kelmaydi-kuh Bular nihoyatda to`g’ri va haqli savollar, albatta. Buni yozuvchi-ning o`zi ham chuqur o`ylagan va asarining ayrim o`rinlarida yuqoridagi savollarga ma‘lum darajada javob ham bergan. Yozuvchi dostonning ba‘zi o`rinlarida o`z o`quvchilari bilan suhbatlashadi, ularning savollariga javob beradi. Masalan, "E, bolasi tushmagur-a! Zap g’alati kitobxonlarga uchradim-da. Boya aytuvdim-ku menga halaqit bermay turinglar deb. Yana o`sha axvol — mana endi: "Meshpolvon olijanob maqsad bilan yo`lga chiqqan bo`lsa-yu ovqatxo`rligiyam mayli, lekin namuncha yolg’onni qo`p gapiradih" deb so`rayapsiz.
Insof bilan aytganda, ochofatlik ham, to`qib so`zlash ham bo`lmag’ur narsa. Ayniqsa yolg’onni hamma yomon ko`radi. Ammo aldoqchilikning atrofdagilar uchun xatarlisi bor, xatarsizi bor, ba‘zilari zararli, ba‘zilari bezarar. Shu nuqgai nazardan qaraganda, Meshpolvondan ortiqcha o`pkalashimizning hojati yo`q deb o`ylayman. Qolaversa, o`zingiz yuqorida aytganingizdek, uning maqsadi ezgu, yuragi toza. Aynan mana shu ikki narsa Meshpolvonning istarasini mengayam, sizgayam issiq ko`rsatib, kamchiliklarini xaspo`shlab turgan bo`lsa ajabmas...".
Chindan ham doston markaziy qaxramonining maqsadi ezgu, oliy, qalbi top-toza. Uni mubolag’ali, bo`rttirib tasvirlashda Anvar Obidjon yozuvchilarga berilgan barcha huquklardan san‘atkorona foydalangan.
Muallif Meshpolvonning qanday qilib shuxrat qozonishi, el-yurt ardog’iga sazovor bo`lish darajasiga ko`tarilishini ishonarli ko`rsatish maqsadida uning ma‘naviy shakllanish bosqichlariga jiddiy e‘tibor beradi.
Dastlab Meshpolvon enasining hamiyatga tegadigan gaplaridan dili og’rib, safarga otlanadi. Uning bu safardan bosh maqsadi, avvalo o`z shaxsiyatini tasdiqlash ("Erkaklik nimaligini bizdan ko`rasiz") edi, lekin safar qiyinchiliklari, qishloqlardagi og’ir, qashshoqhayot, zulm, sotqinlik, xiyonat uning ma‘naviy dunyosini o`zgartiradi. Agar Meshpolvon safarining boshida birinchi qiyinchilikka uchrab, qum to`zonida qolganida xachirini asrashni hayoliga ham keltirmay, "Hayvon boshimdan sadaqa", deb hech ikkilanmay undan voz kechgan bo`lsa, keyinchalik tutqinlikda och-naxrr qolganlarida ham ulovidan ayrilishni hayoliga keltirmaydi. Rayhon qiziq qo`chqorini so`ymoqchi bo`lganida, qalqon bo`lib uni asrab qoladi. Uning ongida, tafakkurida o`zgarish ro`y beradi. Qiyinchiliklarda o`ziga yo`ldosh bo`lgan bu tilsiz hayvonlarning qanchalik qadrdon va aziz bo`lib qolganli-gini his etadi, o`zini-o`zi yengishga kuch topadi. Muallif umumiy maqsad tufayli birlashib, do`stlashib ketgan Oshiqbola, Rayhon qiziq, Chumakvoy va Meshpolvonlarni o`ta dramatik voqealar, qiyinchiliklar sinovidan o`tkazadi. Meshpolvon asta-sekin hayotga, atrofda sodir bo`layotgan voqealarga chuqurroq nazar tashlashini, mulohazaliroq bo`la borishini muallif bir-biridan qiziq va dahshatli voqealar davomida ko`rsatib beradi. Masalan, Iblisjar xoqonining evarasi Hojixon ajina Meshpolvonning yoniga kelib, o`zi bilan o`rtoqbo`lishni taklif etadi. Ular o`rtasida shunday suhbat bo`lib o`tadi:
Dostları ilə paylaş: |