Reja: Asosiy qism Tovar va pul munosabatlari


Pul – hamma tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalient. 2-chizma



Yüklə 54,92 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü54,92 Kb.
#198770
1   2   3   4   5   6
Reja Asosiy qism Tovar va pul munosabatlari-fayllar.org

Pul – hamma tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalient.

2-chizma


Pulning vazifalari



Qiymat o’lchovi




Muomala vositasi




To’lov vositasi

Ma’lumki, mustaqil O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m 1994-yil 1-iyuldan muomalaga chiqarildi. Milliy valyuta – milliy iftihor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir. Yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lgan so’mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish hozirgi vaqtda muhim ahamiyatga egadir.



Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga, tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga, manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan.
Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. U erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib turiluvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:

  • Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;


  • Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;


  • Raqobat kurashuvining mavjudligi;


  • Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;


  • Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.


Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgilaridan biri iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakillari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tumanligi. Bunda turli shakllardagi mulklar erkin yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi.


Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi.
Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi.
Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bu tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizim hosil etadi. Insoniyat tajribasi ko’rsatganidek, hozircha faqat shunday munosabatlar zaminidagina iqtisodiy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish to’kinchilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo’llash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday raqobat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiyotini evalyusion o’zgarishlar qilish orqali klassik bozor iqtisodiyotidan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o’ta boshladilar. Nazariy jihatdan klassik model bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lishi mumkin.
Klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyati bilan ajralib turadi:

  1. Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.


  2. Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.


  3. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi.


  4. Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining qulayligi.


  5. Monopoliyalar yo’q, bozorda faoliyatga davlat aralashmasligi.


  6. Yakka (individual) xususiy mulkning hukmron bo’lishi.


  7. Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga olib kelishi.


Bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon ko’rinishining asosiy belgilari.


  1. Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi.


  2. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi.


  3. Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish.


  4. Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash.


Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin.


  1. Resurslarni taq’simlashning samaradorligi.


Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi.


  1. Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Erkin faoliyat yuritish shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikni o’stiradi.


  2. Bozor iqtisodiyotining ya’na bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalikni xonavayron qilishga olib keladi.


Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos kamchiliklari yoki zaif tomonlari bo’lib, ular faoliyat davomida amaliyotga ta’sir qiladi. Avvalo, bozor iqtisodiyoti ko’pchilikdan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan iborat bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) xos. Jumladan u tabiatni muhofaza etish (ekologik muvozanatni ta’minlash)ni yuzaga chiqarmaydi. U jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi kam bo’lgan katta mablag’lar talab qiladigan inshoatlar va binolarning qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim bo’lgan nazariy izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanmaydi, unga skilli ravishda rivojlanish, iqtisodiy inqiroz kabilar xos. Jahon miqyosidagi inqiroz va notekis iqtisodiy rivojlanish har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmay qolmaydi.


Bozor iqtisodiyoti qanchalik rivojlangan bo’lmasin, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishlarning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanmasligi mavjudligi yuz berishi mumkin. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalar muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. XXI asrning eng muhim iqtisodiy inqirozlaridan biri 2008-yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo’lib, u ko’p mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatdi.


Yüklə 54,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin