Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar
Sanaladigan toifalar
Qiymatlarning o‘zgaruvchan toifalari standartlardan farqliroq yangi toifalarni yaratishga imkon beradi. Bu guruhga sanaladigan va chegaralangan toifalar kiradi.
Qiymatlarning sanaladigan toifalarning bunday atalishiga sabab, ular qat’iy aniqlangan tartibda sanaladigan ko‘rinishda beriladi va xamma qiymatlarning soni qat’iy chegaralangan xamda ko‘rilayotgan toifadagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Sanaladigan toifa yechilayotgan masalaga qarab foydalanuvchi tomonidan berilishi mumkin.
Sanaladigan toifa konstantalar ro‘yxatidan tashkil topadi.Bu toifadagi o‘zgaruvchilar ro‘yxatidagi ixtiyoriy qiymatni qabul qilishi mumkin. Sanaladigan toifaning umumiy yozilish shakli quyidagicha:
enum toifaning nomi {konstantalar ro‘yxati};
toifaning nomi o‘zgaruvchi nomi;
Buyerda konstanta tushunchasifoydalanuvchitomonidanberilaganmaxsus konstanta ko‘rinishitushuniladi. Konstantalarro‘yxatibir-biridanvergulbilanajratiladiva ular oddiyqavslar ichiga olinadi.
Masalan:
enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil};
Ranglar rang;
Buyerda Ranglar – sanaladigan toifaning nomi;oq, qora, qizil, yashil-konstantalar.Rang - o‘zgaruvchi nomi bo‘lib u yuqoridagi konstantalardan ixtiyoriysini qabul qilishi mumkin.
Har bir konstanta tartib raqamiga ega bo‘lib, xisobdan boshlanadi, ya’nioq=0, qora=1, qizil=2, yashil=3raqamlarigaega. Konstantalar tartiblangani uchun ularga solishtirish amallari <, <=,==,!=, >=, > shuningdek standart funksiyalarni qo‘llash mumkin.
Strukturalar
Strukturalar turli toifadagi maydonlardan tashkil topgan yozuv xisoblanadi.Strukturalarni e’lon qilish uchun struct kalit so‘zi ishlatiladi. Undan keyin toifaga nom beriladi va {} qavs ichida maydonlar toifalari va nomlari e’lon qilinadi.
struct G{
charch;
} talaba, talabalar[10];
Ushbu toifadagi o‘zgaruvchiyoki massiv elementi maydonlariga murojaat:
• Jadval_elementi[indeks].maydon_nomi=qiymat;
• Ya’ni, talabalar[i].ch=’a’;
Dostları ilə paylaş: |