Kalit so’zlar: statik ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilma uzunligi, xotira, massivlar, matrisalar, strukturalar, funksiyalar Ma’lumotlar tuzilamasi (MT) ni dasturda ifodalashning 2 ta usuli mavjud:
Statik MT. Bunday tuzilmalar uzunligi (elementlar soni) oldindan aniqlangan bo’ladi va dastur bajarilish mobaynida o’zgarmas hisoblanadi. Elementlar orasidagi munosabatlar ham o‘zgarmas bo’ladi. Bunday tuzilmalar elementlar soni ma’lum va o’zgarmas bo’lgan masalalarda yaxshi qo’l keladi. Statik tuzilma elementlariga qanday qiymat berilsa berilaveradi, ammo tuzilma uchun ajratilgan xotira xajmi o’zgartirilmaydi.
Dinamik MT. Bu tuzilmalar elementlar soni oldindan ma’lum bo’lmagan xollarda qo’llaniladi. Bunda elementlar soni dastur bajarilishi mobaydina o’zgaruvchan hisoblanadi. Ammo imkoni bo’lsa, dasturchi xotirada ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun tuzilma o’lchamini oldindan aniqlasa ham bo’ladi.
Quyida statik va dinamik tuzilmalar qiyosi keltirilgan.
Elementlar xotirada tarqoq xolda joylashishi mumkin.
Elementlar xotiraja ketma-ket yachseykalarda joylashadi.
Elementlar soni cheklanmagan. Ajar xotirada fizik joy mavjud bo’lsa, element kiritilishi mumkin.
Elementlar soni cheklangan. Dastur bajarilishi mobaynida tuzilma uzunligini o’zgartirib bo’lmaydi.
Tuzilma elementlarida indeks degan tushuncha yo’q. Tuzilmaning istalgan joyiga element kiritish va o’chirish amallari oson bajariladi. Lekin ba’zi amallar qiyin bajariladi. Chunki elementlar orasida qat’iy ketma-ketlik mavjud.
Tuzilmada indeks degan tushuncha mavjud. Shu sababli saralash amalini bajarish oson. Lekin eng og’ir holatni olib qaraydigan bo’lsak, tuzilma boshiga yangi element kiritish va o’chirish amalini bajarish noqulay.
Statik MT ga quyidagilarni kiritish mumkin:
Massivlar