TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI SANOAT FARMATSIYA YO'NALISHI 102 "A"- GURUH TALABASI OTANAZAROVA BIBIXONIMNING EKOLOGIYA VA GIGIYENA MODULI EKOLOGIYA (BO'LIMI)DAN YOZGAN PRIZENTATSIYASI
Inson ekologik tizim sifatida. Atrof muhit ifloslanishi va inson ifloslanishi
5.Biosfera o’zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi.
Sayyoramizdagi hayotiy muhitlar: havo, suv, tuprog'u zamin va o'simligu hayvonlar olami hamda boshqa ko'plab muhim omillarning tabiiy sifat va miqdor ko'rsatkichlari hozirgi davrda keskin o'zgargan. Bu haqda yuqorida ham, ma'lum darajada. ma'lumotlar ko'rsatildi. Bunga insonlarning o'zlari sababchi, albatta. aniqroq fikr bildiradigan bo'lsak, shu paytgacha insonlar barcha tur tabiiy manbalarga, ya'ni organik va noorganik borliqdan foydalanishda suiis-te'molchilikka yo'l qo'yib, atrof — muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. O'rnida ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80 mlrd. kishidan oniq odamlar yashab o'tgan (Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga turli davrlarda turlicha ta'sir ko'rsatishgan.
Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan. O'zini o'zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.