Reja: Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari



Yüklə 86,49 Kb.
səhifə8/8
tarix15.12.2022
ölçüsü86,49 Kb.
#74934
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson ekologik tizim sifatida. Atrof muhit ifloslanishi va inson ifloslanishi

Masalaning boshqa tomoni, ya'ni insoniyat faoliyati (antropogen omil) natijasida, nafaqat litosferaning tarkib — tuzilmasi, Yerdagi barcha tabiiy manbalar holati, shuningdek, yer landshaft manzarasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Fikrimiz isboti uchun quyida misollar keltiramiz.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, hozirgi davrda, turli — tuman sanoat korxonalari, energetika tarmog'i va boshqa sohalarni xomashyo bilan ta'minlash maqsadida litosfera qa'ridan tabiiy gaz, neft, ko'mir va boshqa har xil ma'danli va ma'dansiz minerallar qazib olinmoqda. Xuddi shuningdek, yer osti suvlaridan ham jadal sur'atlarda foydalanilmoqda. Natijada, nafaqat tabiiy manbalar zahiralarining kamayishi, hatto, litosfera qatlamlari tarkibida har xil ko;rinish va hajmlarda bo'shliqlar paydo bo'lishi bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham.

Yuqoridagidek o'zgarishlar tufayli, yer osti qatlamlariga xos tektonik kuch va jarayonlarning har xil ko'rinishda ta'siri ham namoyon bo'lmoqda. Yer ko'chmalari, har xil darajadagi silkinish (zilzila) lar va boshqa turdagi abiotik voqea - hodisalar borgan sari ko'plab kuzatilayotganini ham ko'rsatish mumkin. Boz ustiga, ayniqsa, biosfera uchun o'ta xavfli chiqit moddalar (yadroviy chiqitlar) ham litosfera tarkibiga joylashtirilmoqda. Bular hammasi hozirning o'zida yangi-yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Litosferaga chiqarib tashlanayotgan chiqit moddalar miqdori bo'yicha bir qator ma'lumotlarni keltiramiz. XX asr oxirlarida faqat 1 yilda 100 mln t.dan ortiq turli xil tarkibidagi qattiq chiqitlar hosil bo'lgan va atrof - muhitga chiqarib tashlangan. Xuddi shunday chiqitlar Fransiyada 600 mln t.. AQSh da 5 mlrd. t. dan ortiq darajada bo'lgan. Endi, dunyo bo'yicha 200 dan ortiq davlat borligi inobatga olinsa, 1 yilning o'zida qancha miqdorda qattiq chiqit moddalarning paydo etilishini tasavvur qilish unchalik qiyin emas. Ana shunday chiqindi moddalarning aksariyati qayta ishlanmay, tozalanmay, zararsizlantirilmasdan litosferaga tashlanishi, tabiiyki, kelgusida ko'plab yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar.

Biosfera o'zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi. Yuqorida bayon qilinganidek, atrof — muhitga chiqarib tashlanayotgan gaz. suyuq oqava va qattiq holatlardagi chiqit moddalar hozirning o'zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda. Turli ekologik muammolar hozir biosfera (o'simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab olgan. Bunga eng yaxshi dalil o'simlik zararkunandalarining ortib borishi, kasallanishi va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli — tuman kasalliklar, hatto, ko'plab biologik turlarning yo'qolib iqirilib) borayotganidir.


Yüklə 86,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin