Inson ekologik tizim sifatida. Atrof muhit ifloslanishi va inson ifloslanishi
Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina d о m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik.
Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt oksidlari, metan va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi.
O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu narsa ham aniqlanganki, 1 ta yengil avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi.
Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda.
Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.