Reja: atrofimizdagi olamni o’rganish



Yüklə 26,4 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü26,4 Kb.
#131669
3-SINF DARSLARINI TAHLIL QILISH TABIAT


MAVZU:3-SINF DARSLARINI TAHLIL QILISH
REJA:
1.ATROFIMIZDAGI OLAMNI O’RGANISH.
2.YER YUZIDA UCHRAYDIGAN QAZILMALAR

Kunduzi Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan tog‘, yaylov, o‘rmon va cho‘llardagi o‘simliklar o‘sadi. Tog‘ va tekisliklarda o‘rmon va cho‘llarda turli hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar paydo bo‘ladi. Ayrim kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo sovib 0 °C dan pasayganda esa qor yog‘adi. Qor, muz va yomg‘ir suvlaridan daryolar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina daryolar suvi ko‘l yoki dengizlarga quyiladi. Daryo, ko‘l va dengizlar har xil suv o‘tlari va hayvonlariga boy. Bularning barchasi tabiatdir. Kishilar kundalik faoliyatida foydalanadigan gaz va toshko‘mir yer ostidan olinadi. Ular ham tabiatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shunday qilib, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalardan tashqari, atrofimizdagi olam tabiatni tashkil etadi. Tabiat jonsiz va jonli tabiatga bo‘linadi. Quyosh, yulduzlar, Oy, Yer, tosh, tabiiy gaz, bulut, havo, suv kabilar jonsiz tabiatning tarkibiy qismlaridirJonli tabiatga Yer yuzidagi barcha o‘simliklar va hayvonlar kiradi . Ular nafas oladi, oziqlanadi, o‘zidan ko‘payadi va rivojlanadi. Yer ostidan vulqon otilishi, osmonda bulut hosil bo‘lishi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamol esishi, yomg‘ir yog‘ishi, Quyoshning nur sochishi kabi jarayonlar tabiat hodisalaridir . Mazkur tabiat unsurlari va hodisalarini «Tabiatshunoslik» va tabiat haqidagi boshqa fanlar o‘rganadi. Odamlar yovvoyi hayvon turlaridan bir qanchasini qo‘lga o‘rgatdi, ya’ni xonakilashtirdi va ko‘paytirdi. Ular tabiiy o‘simliklardan turli madaniy o‘simliklar yetishtirdi. 6 Odamlar suv omborlarini qurdi, kanallar qazib, suvsiz qaqrab yotgan yerlarni dala va bog‘larga aylantirdi. Shularni inobatga olib, «Tabiatshunoslik» darslarida odamlar tomonidan yaratilgan madaniy o‘simliklar, xonakilashtirilgan uy hayvonlari ham o‘rganiladi. Odam havodan nafas oladi va tabiat yaratgan noz-ne’matlarni iste’mol qiladi. Odam salomatligi tabiat bilan bog‘liq. Shu sababli «Tabiatshunoslik» darslarida odam va uning salomatligi ham o‘rganiladi. Shuningdek, «Tabiatshunoslik» darslarida tabiatni muhofaza qilishga oid mavzular o‘rganiladi. Ona zaminimiz – Yer sharsimon shaklga ega. Yer yuzini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi. Globus – Yer sharining kichraytirilgan shakli . Globus sirtining katta qismini havorangda tasvirlangan suv egallagan. Bu – okean va dengizlardir. Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan . Dengiz – okeanning bir qismidir. Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan. Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi. Odamlar okean va dengizlardan ko‘p miqdorda baliq ovlaydilar. Ulkan kemalarda yuklarni okean va dengizlar orqali tashiydilar. Okean va dengizlar ostidan ko‘p miqdorda neft va gaz qazib olinadi. Globusda havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi. Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jilg‘alardan hosil bo‘ladi). Daryolar o‘z yo‘lida. Jilg‘a. Sharshara. Ko‘l. 9 sharsharalarni hosil qilishi mumkin. Ularning suvi, asosan, okean, dengiz va ko‘llarga quyiladi. Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘orishda, aholi ehtiyojini qondirishda foydalaniladi. O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oqib o‘tadi. Yer yuzining ba’zi botiq joylarida tabiiy ravishda ko‘p miqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi. Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U qadimdan dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun dengiz deb atalgan. Hozir esa qurib, bir nechta ko‘llarga ajralgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l va Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud. Okean, dengiz, daryo va ko‘l suvlari yer usti suvlarini tashkil etadi. Yerning Shimoliy va Janubiy qutblar atroflari eng sovuq joylardir Bu qutbning atrofini qoplagan muzliklar yozda ham erimaydi. Baland tog‘larning yuqori qismidagi qor va muzlar ham yozda erimaydi .Doimiy muzliklar egallagan joylar. a b d Yomg‘ir va qor suvlari hisobiga dala va bog‘lar sug‘oriladi. Suvlarning bir qismi yerostiga singib ketadi. Bu suvlar yerosti suvlarini hosil qiladi. Ayrim joylarda yerostidagi suvlar buloq bo‘lib, oqib chiqadi. Yog‘in kam yog‘adigan, daryo suvlari bormagan joylarda yerosti suvlari quvurlar orqali tortib chiqariladi. Ba’zi joylarda chuqur quduq qazib ham yerosti suvlaridan foydalaniladi. Tog‘ va tekisliklardagi, o‘rmon, yaylov va cho‘llardagi o‘simliklar, asosan, yog‘in suvi hisobiga o‘sadi. Cho‘llar eng kam yomg‘ir yog‘adigan yerlardir. Shuning uchun cho‘llarda o‘simliklar kamroq o‘sadi. Yer yuzida shunday cho‘llar borki, ularning ayrim qismlarida yil bo‘yi yomg‘ir yog‘maydi. Bunday joylarda o‘simliklar deyarli o‘smaydi. Ayrim joylarda o‘sadigan o‘simliklar juda uzun ildizlari orqali yer ostidagi suvdan ichadi. O‘lkamizdagi Qizilqum cho‘lining ayrim joylarida bahorgi yomg‘ir suvidan so‘ng qumlar orasidan o‘tlar o‘sib chiqadi. Bu o‘tlar jazirama yozda qurib qoladi. Shuning uchun cho‘lda yoz oylarida o‘simliklar kam o‘sadi. Qizilqum manzarasi.. Suv isiganda kengayadi.. Suv soviganda torayadi.. Suv to‘la choygum isiganda toshadi. Odamlar va hayvonlar suvsiz yashay olmaydi. Shu bois, aytish mumkinki, Yer yuzida suvsiz hayot bo‘lmaydi. Suvning xususiyatlari Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda quyidagi tajribalarni o‘tkazing. 1-tajriba. Kolba olib, uni suv bilan to‘ldiring. Uning og‘ziga shisha nay o‘rnating. Kolbadagi suvni quruq yoqilg‘i yordamida asta-sekin isiting. Bunda kolbadagi suv isigan sari nay ichidagi suv yuqoriga ko‘tarila boradi. Demak, suv isiganda kengayadi. Shuning uchun choygumga to‘ldirib quyilgan suv isiganda kengayadi va toshadi. 2-tajriba. Suv to‘ldirilgan kolba og‘ziga shisha nay o‘rnating. Suv nayni to‘ldirib tursin. Avvaldan muzlatkichga qo‘yilgan ho‘l lattani olib, kolbani o‘rang. Bunda kolba soviydi. Kolba sovigan sari naydagi suv pasaya boradi. Demak, suv soviganda zichlashadi va torayadi. 13 3-tajriba. Muzlatkichdan olingan muzni stakanga soling. Termometrni stakan ichiga tushiring. Xona issiq bo‘lgani uchun muz eriy boshlaydi. Stakandagi muz erib, suvga aylanib bo‘lgunga qadar termometr 0 °C ni ko‘rsatib turadi. Demak, muz 0 °C da eriydi, ya’ni suv 0 °C da qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi. 4-tajriba. Kolbaga suv quyib, uning ichiga termometrni tushiring. Quruq yoqilg‘ini kolba tagiga qo‘yib, yoqilg‘ini yoqing. Bir necha minutdan keyin suv isib, shig‘illay boshlaydi Termometr ko‘rsatishi +100 °C ga yaqinlashganda suv qaynay boshlaydi. Suvning qaynashi qancha davom etsa ham uning harorati +100 °C dan oshmaydi . Demak, suv +100 °C da qaynaydi. Qaynab turgan suv vaqt o‘tgan sari bug‘lanib, kamayib boradi va tugaydi. Bunda suv bug‘ holatiga o‘tadi. Suvning isishini kuzatish. 16-rasm. Suv + 100 °C da qaynaydi. Muz 0 °C da eriydi. Tog‘larda daryo boshlanishida suv juda tiniq va toza bo‘ladi. Lekin har xil chiqindilar tashlansa, daryo suvi ifloslanadi. Turli korxonalarning oqova suvlari ham daryoga quyilsa, suv ifloslanadi. Bunday daryo suvi dengiz yoki ko‘lga quyilsa, ularning suvini ham ifloslaydi. Ifloslangan suvdan barcha tirik mavjudot zararlanadi. Bunday suv odam organizmi uchun xavflidir. Shuning uchun suvni, ayniqsa, oqar suvlarni, ko‘l va hovuz suvlarini tindirmasdan va qaynatmasdan ichish mumkin emas. Suvlar ifloslanishining oldini olish uchun, birinchi navbatda, odamlar suvga chiqindi tashlamasligi kerak. Aholi kundalik ehtiyoji uchun vodoprovod suvidan ham foydalanadi. Vodoprovod suvi zararli mikroblardan tozalangan bo‘ladi. Ba’zi xonadonlarda vodoprovod suvi behudaga oqib yotadi. Vodoprovod suvini olib kelishda ko‘plab kishilarning mehnati sarflangan. Shuning uchun vodoprovoddan suv oqib turgan bo‘lsa, jo‘mragini burab, uni to‘xtatib qo‘yish zarur. Suvni tejab ishlatish har birimizning burchimizdirHavo bizga ko‘rinmaydi. Harakatlanayotgan avtomobil oynasini ochganimizda yuzimizga havo uriladi. Yelpig‘ich bilan yuzimizni yelpisak ham havoni sezamiz. Havoning o‘zi nima? Tajriba. Bo‘sh stakanni to‘nkarilgan holatda suv solingan idishga botiraylik. Bunda suv stakan ichiga deyarli kirmaydi). Go‘yoki, stakan ichida nimadir bor. Shu narsa havodir. Stakan ichidagi havo o‘z joyini suvga bo‘shatib bermaydi. Endi stakanni bir tomonga og‘diraylik. Shu zahoti stakan ichidagi havo pufakchalar bo‘lib suv yuziga chiqa boshlaydi. Uning o‘rniga suv kira boshlaydi. Avvaliga havo suvning kirishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, stakan og‘dirilganda shu havo suv yuziga. Stakan ichida havo bor. qadi. Demak, stakan bo‘sh emas ekan, uning ichida havo bo‘lgan. Faqat stakan ichida emas, balki ichi bo‘shdek tuyulgan barcha idishlar ham havo bilan to‘lgan. Bizga ko‘rinmaydigan havo turli gazlar va moddalardan tashkil topgan. Havo tarkibida azot, kislorod, karbonat angidrid, suv bug‘i va boshqa moddalar bor. Yer yuzidagi barcha o‘simlik va hayvonlar, shu jumladan, odamlar ham havodan nafas oladi. Odam va hayvonlar havodagi kislorodni yutib, havoga karbonat angidrid chiqaradi. Odamlar ham, hayvonlar ham havosiz yashay olmaydilar. Biz havodan nafas olamiz. Baliq, akula, delfin, kit kabi suv hayvonlari ham kislorod yutib, o‘zidan karbonat angidrid chiqaradi. Chunki suv ichida ham havo bor. Tuproq orasida yashaydigan chuvalchang va boshqa mayda jonivorlar ham havodan nafas oladi. Chunki tuproq orasida ham havo bo‘ladi. O‘simliklar bargi orqali havodan nafas oladi. Ular havodagi karbonat angidridni yutib, o‘zidan kislorod chiqaradi. Shuning uchun Yer yuzida o‘simliklar qancha ko‘p bo‘lsa, havoda kislorod shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘rmon, yaylov va tog‘ yonbag‘irlarida o‘simliklar qalin o‘sadi. Bu joylardagi havoda kislorod ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun o‘rmon, yaylov va tog‘ yonbag‘irlarida sayr qilganlar havodagi kisloroddan to‘yib nafas oladi. Shamolning hosil bo‘lishi Tajribalar. Qog‘oz parchalarini stol ustiga sochib qo‘yaylik. Daftar bilan yelpisak, ular uchib ketadi.Shar og‘zini qog‘oz parchalariga to‘g‘rilaylik. Undan chiqayotgan havo qog‘oz parchalarini uchirib yuboradi. Tabiatshunoslik, 3 18 21-rasm. Kuchli shamol daraxt shoxlarini egadi. Shar yordamida shamol hosil qilish. Yelpish orqali shamol hosil qilish. Birinchi tajribada biz daftar bilan havoni bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlantirib, shamolni hosil qildik. Ikkinchi tajribada esa shardan chiqqan havo harakatlanib, shamolni hosil qildi. Demak, shamol – havoning harakati. Shamol esayotganini daraxt barglarining tebranishidan ham sezish mumkin. Shamol kuchli bo‘lsa, daraxt shoxlari egiladiRadio va televizorda har kuni ob-havo haqida ma’lumot beriladi. Yer yuzining turli joylaridagi obhavoni Internet orqali ham bilib olish mumkin. Bunda havoning ma’lum bir joy va vaqt davomidagi holatlari — harorati, ochiq yoki bulutli bo‘lishi, shamolning Qadimda odamlar yelkanli kemalar yasaganlar. Bunday kemalar suvda shamol yordamida suzgan. Tayanch so‘zlar: havo, havo harakati, kislorod, azot, karbonat angidrid, shamol, yelkanli kema. Savollar 1. Atrofimizda havo borligini qanday sezish mumkin? aks etgan tajribani tushuntirib bera olasizmi? 3. Havo tarkibida nimalar bor? 4. Havo qanday ahamiyatga ega? 5. Yelpig‘ich va shar yordamida shamolni qanday hosil qilish mumkin? Topshiriq Ichimlik suvidan bo‘shagan plastmassa idishni o‘rtasidan uzunasiga bo‘ling. Undan plastmassa naycha, qog‘oz, yelim yordamida yelkanli qayiqcha yasang. Qayiqchani suv solingan idishga qo‘ying va yelpig‘ich bilan yelping. Qayiqcha nima sababdan suza boshlaydi? 20 qaysi tomondan esishi, yog‘inlarning yog‘ish yoki yog‘masligi haqida aytiladi. Havoning ma’lum vaqt va joydagi holatlari ob-havo deb ataladi. Havoning holatlariga uning namligi va bosimi ham kiradi. Havoning namligi va bosimi nima ekanligini yuqori sinflarda bilib olasiz. Havo harorati Ob-havoning eng muhim holati havo haroratidir. Havo harorati termometr yordamida qanday o‘lchanishini bilasiz. Havoni quyosh nurlari isitadi. Quyosh nurlari tikroq tushsa, havo harorati yuqori bo‘ladi. Yoz oylarida quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga qishga nisbatan tikroq tushadi. Shuning uchun yozda o‘lkamizda havo harorati yuqori bo‘ladi. Ba’zi kunlari havo harorati +40°C dan oshadi. Qish oylarida quyosh nurlari yotiq tushadi. Shu tufayli qishda havo harorati past bo‘ladi. Osmondagi bulutlar quyosh nurlarini to‘sib, havo haroratini yanada pasaytiradi. Qishda ayrim kunlari o‘lkamizda harorat –10°C dan ham past bo‘lishi mumkin. Yog‘inlar Okean, dengiz, daryo va ko‘llar suvi muntazam bug‘lanib turadi. Dala, bog‘ va boshqa joylardagi o‘simliklardan va nam tuproqdan ham suv bug‘lanadi. Osmonga ko‘tarilgan suv bug‘lari bulutlarni hosil qiladi. Shamol bulutlarni bir joydan boshqa joyga haydaydi. Suv tomchilari hosil bo‘lishi tajribasi. Bulutdagi suv zarrachalari birlashib, suv tomchilarini paydo qiladi. Suv tomchilari esa yer yuziga yomg‘ir bo‘lib yog‘adi. Havo sovuq paytlarda bulutda muz zarrachalari hosil bo‘ladi. Ular birikib, qor uchqunlarini hosil qiladi. Bahorda ba’zan do‘l ham yog‘ishi mumkin. Do‘l no‘xatdek, ba’zida undan ham katta bo‘ladi. Do‘l ekinlarni payhon qilishi, bog‘dagi mevalarga shikast yetkazishi mumkin. Yomg‘ir, qor va do‘l – yog‘inlardirO‘zingiz yashab turgan joyda mahalliy belgilarga qarab, ob-havoning o‘zgarishini oldindan aytib berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilarni bilib olishingiz lozim: 22 – agar mo‘ridan yoki gulxandan chiqayotgan tutun osmonga tik ko‘tarilayotgan bo‘lsa, havo ochiq bo‘ladi; – agar tutun osmonga ko‘tarilmasdan pastlab ketsa, tez orada yomg‘ir yog‘ishi mumkin; – agar qaldirg‘och osmonda baland parvoz qilayotgan bo‘lsa, havo ochiq bo‘ladi; – agar qaldirg‘och pastlab uchayotgan bo‘lsa, yomg‘ir yog‘ishi mumkin; – agar Quyosh qora bulutlar orqasiga botsa, ertasiga yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin; – agar Quyosh botayotganda uning atrofi qizg‘ishsarg‘ish tusda bo‘lsa, ertasiga havo ochiq bo‘ladi. Qadimdan ota-bobolarimiz shu kabi mahalliy belgilarga qarab, ob-havoning o‘zgarishini oldindan ayta olganlar. Tabiatda suvning aylanishi O‘lkamizda tog‘larga qishda qalin qor yog‘adi. Bahordan boshlab qorlar eriy boshlaydi. Qor suvlari yig‘ilib irmoqlarni, irmoqlar esa daryolarni hosil qiladi. Yomg‘ir suvlari ham yig‘ilib, daryolarga quyiladi. Daryoga yerosti suvlari ham qo‘shiladi. Aksariyat hollarda daryo suvi dengiz va okeanlarga quyiladi. Okean va dengiz suvlarining bir qismi bug‘- lanib, osmonga ko‘tariladi. Suv bug‘lari osmonda bulutlarni hosil qiladi. Bulutlarning bir qismini shamol quruqlikka haydab keladi. Bulutlardan qor va yom. Tabiatda suvning aylanishi. g‘irlar yog‘ib, yana daryolarni paydo qiladi. Shu tariqa suv tabiatda aylanib yuradiYer ostida va uning yuzidagi tabiiy gaz, neft, ko‘mir, oltin, kumush, mis, aluminiy, temir, osh tuzi, marmar, granit, gil kabi tabiiy boyliklar bor. Bunday boyliklardan odamlar foydalanadi. Shuning uchun ular foydali qazilmalar deyiladi. Foydali qazilma to‘plangan joy kon deb ataladi. Konlarni qidirib topish ishlari bilan geologlar shug‘ullanadi. Konlar xaritada shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Har bir belgi shu joyda qanday foydali qazilma borligini bildiradi. Vatanimiz hududida turli foydali qazilma konlari bor. 24-rasmda tasvirlangan O‘zbekiston Respublikasi xaritasidan Vatanimiz hududidagi asosiy konlar qayerda joylashganligini bilib olish mumkin. Yer ostidagi ko‘mir, neft, tabiiy gaz kabi yonuvchi foydali qazilmalar qanday hosil bo‘lgan? Qadimda qalin o‘rmonlardagi daraxtlar bir-birining ustiga qulab, vaqt o‘tishi bilan chirigan. Ular ko‘pligidan chirindi qatlamlar hosil bo‘lgan. Chirindi qatlamlar vaqt o‘tishi bilan ko‘milib ketgan va million yillar davomida ko‘mirga aylangan. Qadimda dengiz va ko‘llarning tubida ixtiozavr, kit, kashalot, baliq kabi suv hayvonlari, turli suv o‘tlarining qoldiqlari yig‘ilib borgan. Ular loyqalar bilan ko‘milgan. Bir necha million yillar davomida chirindi qatlamlar neftga aylangan. Ba’zi dengiz va ko‘llarning suvi qurib, ko‘milib ketgan. Shuning uchun neft konlari Yer sharining quruqlik qismida ham, suv qismida ham uchraydi. Odatda, neft bor joyda tabiiy gaz ham bo‘ladi. Suyuq holatdagi neft bug‘lanib, yer ostining yoriqlarida yig‘ilib borgan. Shu tariqa tabiiy gaz hosil bo‘lgan. Tuzsiz ovqatning bemaza bo‘lishini bilasiz. Non mahsulotlariga ham tuz qo‘shiladi. Daryo va ko‘l suvlarida ham tuz bo‘ladi. Oziq-ovqat va ichish uchun yaroqli bo‘lgan suv tarkibidagi bunday tuzlar osh tuzi deb ataladi. Osh tuzi qayerdan olinadi? Ma’lumki, dengiz suvi sho‘r bo‘lib, osh tuziga boy bo‘ladi. Qadimdan uzoq davrlar davomida dengiz 27 suvlari bug‘lanib, tubida osh tuzi yig‘ilib borgan. Ba’zi dengiz va ko‘llarning suvi butunlay qurib, o‘rnida tuz konlari paydo bo‘lgan. O‘zbekiston hududida ham yirik osh tuzi konlari mavjud. Yer ostida temir, mis, aluminiy kabi metallar ham bor. Yer ostidagi turli jarayonlar natijasida yer yuzasi yorilib, bu yoriqlardan turli moddalar otilib chiqqan. Yer ostidan qaynoq suyuq holatdagi moddalarning otilib chiqish joyi vulqon (lava) deb ataladi. Ba’zi tog‘lar shunday vulqonlarning otilishi natijasida hosil bo‘lgan. Vulqon paytida, ayrim hollarda, turli moddalar bilan birgalikda metallar ham yer ostidan otilib chiqqan. Yer ostidan otilib chiqqan metallar suyuq va juda yuqori haroratda bo‘lgan. Yer yuziga chiqqan suyuq metallar tosh va qumlar bilan aralashib, soviganda qotishmalarni hosil qilgan. Boshqa foydali qazilmalar ham yer osti va yer yuzidagi turli jarayonlar natijasida uzoq davrlar davomida paydo bo‘lgan. Ko‘mir ikki xil bo‘ladi: toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir. Tosh kabi qattiq bo‘lgan ko‘mir toshko‘mir deb ataladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir toshko‘mirga nisbatan yumshoqroq bo‘lib, oson maydalanadi. Ko‘mir koni yer yuzasiga yaqin joyda ham, juda chuqurda ham bo‘lishi mumkin. Yer yuzasiga yaqin joydagi ko‘mir turli texnika vositalari yordamida qazib olinadi. Yer ostidagi ko‘mirni qazib olish uchun chuqur shaxtalar qaziladi. Shaxtalarda ko‘plab odamlar ishlaydi. 29 Ular texnika vositalari yordamida ko‘mirni qazib, yuqoriga chiqaradilar. Ko‘mir yoqilganda undan katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Elektrostansiyalarda ko‘mir yoqilib, katta qozonlarda suv bug‘ga aylantiriladi. Bug‘ katta turbinalarni aylantirib, elektr tokini hosil qiladi. O‘zbekistonda elektr tokining katta qismi shu tarzda olinadi. Ko‘mir yoqilganda undan gaz ajralib chiqadi. Gaz maxsus qurilmalar yordamida suyuqlikka aylantirilib, undan turli mahsulotlar tayyorlanadiNeft suyuq holatdagi yonilg‘i hisoblanadi. Neftdan olingan yoqilg‘ilardan samolyot, avtomobil va boshqa transport vositalari uchun yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Undan tashqari, toshko‘mirdan olinadigan mahsulotlarni neftdan ham olish mumkin. Neftni qazib chiqarish uchun quduqlar qazilib, ularga quvurlar tushiriladi. Neft nasoslar yordamida yer ostidan tortib olinadiTabiiy gaz neft bor joyda bo‘ladi. Tabiiy gaz deb gaz holatdagi yoqilg‘iga aytiladi. Tabiiy gaz rangsiz bo‘lib, zangori alanga berib yonadi. Uni quvurlar orqali uzoq masofalarga uzatish qulay. Deyarli barcha shahar va qishloqlarga quvurlar orqali tabiiy gaz olib borilgan. Uzoq qishloqlardagi xonadonlarga tabiiy gaz ballonlarda yetkaziladi. Aholi turmush tarzining farovon bo‘lishida tabiiy gaz muhim o‘rin tutadi. Tabiiy gaz zaharli va tez yonuvchan bo‘ladi. Shuning uchun undan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim. Temir, oltin, kumush, mis, aluminiy, volfram kabilar metallardir. Metallardan eng ko‘p ishlatiladigani temirdir. U qora metall hisoblanadi. Biz turmushda foydalanadigan pichoq, qaychi, bolta, tesha, ombir, belkurak kabi buyumlar temirdan yasaladi .Turli mashina va mexanizmlarning ayrim qismlari ham temirdan tayyorlanadi. Konlarda temir boshqa moddalar bilan aralashgan qotishma holda, ya’ni tosh shaklida bo‘ladi. Bunday tosh temirtosh deyiladi. Qora metall rudalari 3 xil – magnitli temirtosh, qo‘ng‘ir temirtosh va qizil temirtoshdan iboratRangli metallarga oltin, kumush, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin kabi metallar kiradi. Oltin va kumush qimmatbaho metallar hisoblanadi. Ulardan turli zeb-ziynatlar tayyorlanadi. Oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar. 3 – Tabiatshunoslik. Mis va aluminiydan yasalgan buyumlar. Rangli metall rudalari. Oltin Mis Aluminiy Oltin va kumush zarralari qum zarralari orasida sof holda ham, rudalar tarkibida ham uchraydi. Qimmatbaho metallar qum zarralari orasidan maxsus qurilmalar yordamida ajratib olinadi. Ruda ichida uchraydigan oltin va kumush juda yuqori haroratda eritilib, ajratib olinadi. Mis va aluminiy faqat ruda shaklida uchraydi. Rangli metallar qora metall rudalaridan farq qilib, ruda tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Kundalik turmushda ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar mis va aluminiydan yasaladi Elektr simlari ham, asosan, mis va aluminiydan tayyorlanadi. 35 Mamlakatimiz hududida oltin, kumush, mis, aluminiy konlari mavjud. Rangli metall kombinatlarida rudalar eritilib, toza metall ajratib olinadiMarmar eng qattiq va mustahkam qurilish materialidir. Marmarni yo‘nish va sayqallash orqali undan silliq marmar tayyorlanib, turli haykallar, ustunlar, zinapoyalar, xilma-xil buyumlar yasaladi. Mamlakatimizdagi eng muhtasham va chiroyli binolar marmar bilan bezatilgan. Turli rangdagi marmarlar O‘zbekiston tarixi muzeyini, Temuriylar tarixi davlat muzeyini, Turkiston saroyini, Yoshlar ijod saroyi ustunlarini, metro bekatlarini bezab turibdi. Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududidagi tog‘lardan oq va pushti marmarlar qazib olinadi. Granit Tog‘larda rang-barang donador toshlar uchraydi. Bular granitdir. Granit «donador» degan ma’- noni anglatadi. Uning donador toshlari pushti, kulrang va yashil bo‘ladi. Granitning rangi shu donador rangli toshlardan qaysi biri ko‘pligiga bog‘liq. Granit yaxshi silliqlanadi. Imoratlarning poydevori, devorlari, ko‘prik ustunlari, zinapoyalar sirtini bezatishda granit ishlatiladi. Jumladan, Temuriylar tarixi 37 davlat muzeyi va Yoshlar ijod saroyining zinapoyalari, poydevorlari va eshik peshtoqlari granit bilan qoplangan. Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlari hududidagi tog‘larda turli xil granitlar qazib olinadi.. Temuriylar tarixi muzeyi. Amaliy ish 1. Bir bo‘lak granitni ko‘rib chiqing. Uning rang-barang tarkibiga e’tiboringizni qarating xaritadan marmar va granit qazib olinadigan joylarni ko‘rib chiqing.
Yüklə 26,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin