Reja: Axborotni


Polialfavitli almashtirish usullari



Yüklə 301,5 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü301,5 Kb.
#115409
1   2   3   4   5   6
Tahdidlar modeli. Axborot xavfsizligining ma\'muriy va tashkiliy asoslari. Axborot xavfsizligining xuquqiy ta\'minoti.

Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kriptobardoshlikka ega. Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A0 alfavitdagi s01 simvoli A1 alfavitdagi s11 simvoli bilan almashtiriladi va h.k . s0N ni sNN simvol bilan almashtirilganidan so‘ng S0(N+1) simvolning o‘rnini A1 alfavitdagi S1(N+1) simvol oladi va h.k.
Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Vijiner jadvali (matritsasi) TB ni
ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Vijiner jadvali [RxR] o‘lchamli kvadrat matritsadan iborat bo‘lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab simvollar chapga bitta o‘ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o‘ng tarafdagi bo‘shagan o‘rinni to‘ldiradi (tsiklik siljitish). Agar o‘zbek alfaviti ishlatilsa, Vijiner matritsasi [36x36] o‘lchamga ega bo‘ladi.
Shifrlash takrorlanmaydigan M simvoldan iborat kalit yordamida amalga oshiriladi. Vijinerning to‘liq matritsasidan [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi T(SH) ajratiladi. Bu matritsa birinchi qatordan va birinchi elementlari kalit simvollariga mos keluvchi qatorlardan iborat bo‘ladi. Agar kalit sifatida
so‘zi tanlangan bo‘lsa, shifrlash matritsasi beshta qatordan iborat bo‘ladi.
Vijiner jadvali yordamida shifrlash algoritmi quyidagi qadamlar ketma- ketligidan iborat.

  1. qadam. Uzunligi M simvolli kalit K ni tanlash.




  1. qadam. Tanlangan kalit K uchun [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi

Tsh=(bij) ni qurish.



  1. qadam. Dastlabki matnning har bir simvoli s0r tagiga kalit simvoli km

joylashtiriladi. Kalit keraklicha takrorlanadi.



  1. qadam. Dastlabki matn simvollari shifrlash matritsasi Tsh dan gi qoida bo‘yicha tanlangan simvollar bilan ketma-ket almashtiriladi.

  1. K kalitning almashtiriluvchi s0r simvolga mos km simvoli aniqlanadi;




  1. shifrlash matritsasi Tsh dagi km = bj1 shart bajariluvchi i qator topiladi.




  1. sor = bi1 shart bajariluvchi j ustun aniqlanadi.




  1. sor simvoli bij simvoli bilan almashtiriladi.




  1. qadam. SHifrlangan ketma-ketlik ma‘lum uzunlikdagi (masalan 4 simvolli) bloklarga ajratiladi. Oxirgi blokning bo‘sh joylari maxsus simvol-to‘ldiruvchilar

bilan to‘ldiriladi.
Rasshifrovka qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

  1. qadam. Shifrlash algoritmining 3-qadamidagidek shifrmatn tagiga kalit simvollari ketma-ketligi yoziladi.

  2. qadam. SHifrmatndan s1r simvollari va mos kalit simvollari km ketma-ket tanlanadi. Tsh matritsada km = bij shartni qanoatlantiruvchi i qator aniqlanadi. i- qatorda bij=s1r element aniqlanadi. Rasshifrovka qilingan matnda r - o‘rniga bij simvoli joylashtiriladi.

  3. qadam. Rasshifrovka qilingan matn ajratilmasdan yoziladi. Xizmatchi simvollar olib tashlanadi.

Misol. K= kaliti yordamida T=
dastlabki matnni shifrlash va rasshifrovka qilish talab etilsin. SHifrlash va rasshifrovka qilish mexanizmi oddiy. Polialfavitli almashtirish usullarining kriptobardoshligi oddiy almashtirish usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma- ketlikning bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullariga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq.
Dastlabki matn PAXTA_G‘ARAMI
Kalit G‘ O‘ZAG‘O‘ZAG‘O‘Z A
Almashtirilgan so‘nggi matn MO‘YATG‘YAEANO‘FI Shifrmatn MO‘YAT G‘YAEA NO‘FI
Kalit G‘O‘ZA G‘O‘ZA G‘O‘ZA
Rasshifrovka qilingan matn PAXT A_G‘A RAMI Dastlabki matn PAXTA_G‘ARAMI Vijiner matritsasi yordamida shifrlash misoli.

Yüklə 301,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin