Reja: Bilim va bilish falsafiy tahlil mavzui sifatida



Yüklə 111 Kb.
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü111 Kb.
#37013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bilish falsafasi

Mifologik bilim insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in'ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‘nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‘yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o‘ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.

Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish ob'ekti va sub'ektini, predmet va belgini, narsa va so‘zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog‘langan (germetizm).

Ayrim hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bizning davrimizda mifologik bilishning ahamiyati pasayayotgani yo‘q. Masalan, P.Feyerabend dunyo yutuqlari madaniyatga asos solgani, ratsionalistlar esa faqat uni doim yaxshi tomonga o‘zgartirishganiga ishonchi komil.

Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni farqlamaydi. Voqyealar o‘xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bog‘lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o‘limi va uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning o‘g‘irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‘p ma'noli tus kasb etadi. Ko‘p sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya'ni inson xususiyatlarini tabiat ob'ektlariga o‘tkazish), obraz va ob'ektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.

Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki muayyan xalqlar tarixida bo‘lib o‘tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va boshqaradigan, ierarxik tuzilishga ega bo‘lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar kosmosning o‘zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.

Miflarda qat'iy rioya qilish lozim bo‘lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan va qoida sifatida belgilangan bo‘lsa-da, ular odamlarning juda ko‘p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.




Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin