Reja: Biologik kimyo fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 220 Kb.
səhifə12/20
tarix07.01.2017
ölçüsü220 Kb.
#4741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

16.3. Mitoxondriyada nafas olish va fosforlanish tutashuvining mexanizmi.

16.4. Biologik oksidlanish reaktsiyalarida kislorodning iste’mol qilinish yo`llari.

16.1. Nafas olish zanjirining strukturasi va vazifasi. Nafas olish zanjiri – NAD ga bog`liq degidrogenazalarning substratga ta’siri natijasida hosil bo`lgan, qaytarilgan NAD (NAD∙H + H+) dan yoki flavinli degidrogenazalarning substratga ta’siri natijasida hosil bo`lgan, qaytarilgan FAD (FAD∙H2) dan proton va elektronlarni kislorodga o`tkazuvchi o`ziga xos konveyer. Nafas olish zanjiri proton va elektronlarning quyidagi tashuvchilaridan iborat: flavoproteid-1 (FP) – tarkibida koferment sifatida FMN tutadi, koferment Q (yoki ubixinon), ikkita temir va oltingugurt tutuvchi, geminsiz temir tutuvchi oqsillar va b,c1, c, a, a3, sitoxromlari.

NAD∙H tarkibidagi vodorod uning birinchi aktseptori FMN flavoproteid bo`lgan joyda flavoproteidga uzatiladi, FAD∙H2 tarkibidagi vodorod esa nafas olishning KoQ joylashgan qismida uzatiladi. Nafas olish zanjirining NAD∙H dan b sitoxromgacha bo`lgan qismi proton va elektronlarning tashuvchilari sifatida ishtirok etadi. b sitoxromdan boshlab kislorodgacha vodorod va elektronlar oqimi ajraladi, chunki nafas olish zanjirining bu qismida faqat elektron tashuvchilar bo`ladi (sitoxromlar hamda alohida temir va oltingugurtli oqsil).

Mitoxondriyadagi nafas olish zanjiri komponentlarining tuzilishi. Nafas olish zanjiri struktura tuzilishiga ega, chunki uning komponentlari suvda eriydigan holatda joylashmasdan, balki mitoxondriyaning ichki membranasida o`rnashgan. Turli xil to`qima va organlarning mitoxondriyalaridagi nafas olish zanjirlarining miqdori bir xil emas. Masalan, jigarda ularning soni bitta mitoxondriyada taxminan 5000, yurakda esa 20000 ni tashkil etadi. Shu sababdan yurakning mitoxondriyalari, jigarning mitoxondriyalari faolroq nafas olishi bilan farq qiladi.

Nafas olish zanjirining tashuvchilari lipidlar o`rab turgan holda joylashadi (membrananing lipid qavatida “suzib yuradi”) va c sitoxromdan boshqalari membrana bilan mustahkam bog`langan.

Flavoproteid NAD∙H – degidrogenaza hisoblanadi. Bu murakkab oqsil tarkibida FMN - NAD∙H dan proton va elektronlarni qabul qilib oluvchi xossaga ega. Shuningdek, u bilan KoQ da proton va elektronlarni tashishda ishtirok etuvchi temir va oltingugurtli oqsillardan biri ham bog`langan. NAD∙H – degidrogenazaning faol markazi ichki membrananing ichki tomonida joylashgan, shuning uchun NAD ning degidrirlanishi shu tomonda amalga oshadi.

Nafas olish zanjiri tashuvchilarining tavsifi. NAD∙H-degidrogenaza yoki flavoproteid-1 tarkibida koferment sifatida FMN bo`lib, u NAD∙H dan vodorodni qabul qilib oladi. Bu flavinli ferment koferment Q da elektron va protonlarni uzatishda ishtirok etuvchi temir va oltingugurtli oqsil bilan mustahkam bog`langan.

Temir va oltingugurtli oqsillar nafas olish zanjirining ikkinchi qismida flavoproteid va koferment Q hamda va c1 sitoxromlari oralig`ida elektron va protonlarni tashishda ishtirok etadi. Nafas olis zanjiridagi ikkala temir va oltingugurtli oqsillar bir-biridan oksidlanish-qaytarilish potentsiallarining qiymati bilan farq qiladi. Bu oqsillar membrananing lipid qavatida joylashgan.

Koferment Q yoki ubixinon membrananing lipid qavatida erigan. Membrana bo`ylab yoki ko`ndalang holda membranadan o`tishi mumkin.

b sitoxrom turli shakllarga ega. Nafas olish zanjirida b562 va b566 sitoxromlari mavjud. Ular membrana lipid qismining ichki(matriks) tomonining tashqi yuzasi bilan tutashgan joyida kompleks hosil qiladi.

c1 sitoxrom lipid qavatning ichki membrananing tashqi yuzasiga yaqin joyida o`rnashgan. C sitoxrom suvli eritmaga oson o`tadi, ichki membrananing tashqi yuzasida joylashgan va qizig`i, membranalararo bo`shliqqa chiqishi mumkin.

a va a3 sitoxromlar sitoxromoksidaza deb ataluvchi kompleks hosil qiladi. Bu kompleks membranani tashqi tomondan, a sitoxrom joylashgan lipid qavatdan a3 sitoxrom joylashgan ichki tomongacha kesib o`tadi. a3 sitoxromning faol markazi matriksga tomon qaragan. Boshqa sitoxromlardan farqli ravishda sitoxromoksidaza tarkibida Cu+ ham bo`ladi. Hamma sitoxromlar elektronlarni tashishda qaytar oksidlanishga uchraydi. Qaytar oksidlanish jarayonida oksidlanish darajasi Fe3+ dan Fe2+ ga o`zgaradi.

Proton va elektronlar tashilishining yo`nalishini oksidlanish-qaytarilish potentsiallari, aynan NAD∙H2 dan (E0 = -0,32 V) kislorodga (E0 = +0,81 V) belgilab beradi.

Mohiyatiga ko`ra to`qima nafas olishi qisqartirilgan holda vodorodning kislorodda portlashi bilan boradigan yonish reaktsiyasining tenglamasi ko`rinishida bo`ladi:

H2 + O2 → H2O

Farq shundaki, to`qima nafas olishida molekulyar vodorod emas, balki organik moddalardan ajralgan va kofermentlar bilan bog`langan vodoroddan foydalaniladi. Shu sababli to`qima nafas olishida energiyaning bir lahzada emas, bosqichma-bosqich ajralishi ro`y beradi. Bu energiya ATF ning fosfat bog`larida to`planadi va hujayraning hayot faoliyati uchun sarflanadi.

16.2. Oksidlanishli fosforlanish mexanizmi. Oksidlanishli fosforlanish, ya’ni nafas olishning fosforlanish bilan tutashuvi 1931 yilda bioximik V.A.Engelgard tomonidan kashf etildi. 1939 yilda B.A.Belitser va E.T.Tsibakova fanga nafas olish va fosforlanish tutashuvining ko`rsatkichi sifatida P/O nisbatini kiritdi. Bu nisbat fosforlanish koeffitsiyenti deb ataladi. B.A.Belitserning ko`rsatishicha, bir atom kislorod yutilganda (yoki 1 juft elektron substratdan kislorodga tashilganda) bir atom anorganik fosfat emas, balki taxminan uchta, ya’ni P/O yoki P/2e- taxminan 3 ga teng. Boshqacha aytganda nafas olish zanjirida anorganik fosfat quyidagi tenglama bo`yicha ATF hosil bo`lishida ishtirok etadigan kamida uchta tutashuv yoki fosforlanish joyi bor

ADF + H3PO4 → ATF + H2O

Zamonaviy tushunchalarga ko`ra elektron va protonlarning nafas olish zanjiri bo`ylab tashilishida ATF ning hosil bo`lish jarayoni oksidlanishli fosforlanish deyiladi.

Nafas olish zanjirida energiyaning chiqishi. Istalgan oksidlanish-qaytarilish juftining redoks-potentsialini bilgan holda elektronlarning bir juftdan ikkinchisiga tashilishidagi erkin energiyaning o`zgarishini quyidagi tenglama bo`yicha hisoblash mumkin:

∆G = nF∆E, bunda n – tashiladigan elektronlar soni (nafas olish zanjirida tashiladigan elektronlar soni 2 ga teng); F – Faradey doimiysi (ishning issiqlik ekvivalenti 95 kJ ga teng); ∆E – ikkita reaktsiyaga kirishuvchi oksidlanish-qaytarilish jufti uchun redoks-potentsiallar farqi.

Keltirilgan tenglama bo`yicha kamida 40 kJ/mol sarflanib, hosil bo`ladigan ATF ning bitta makroergik bog`i uchun nafas olish zanjirining qismlari orasida tashilgan elektronlar juftiga 0,22 V redoks-potentsial o`zgarishi keladi:

∆G 40

∆E = ─ + ─ = 0,22 V



nF 2 ∙ 95

Nafas olish zanjirida fosforlanish nuqtalarining joylashishi. Nafas olish zanjirida nafas olish va fosforlanishning uchta nuqtasi mavjud: I – flavoproteid va KoQ o`rtasida; II – b va с sitoxromlari o`rtasida hamda III – a va a3 sitoxromlari o`rtasida.

NAD ga bog`liq degidrogenazalar bilan oksidlanadigan substratlar flavinga bog`liq degidrogenazalar bilan oksidlanadigan substratlarga nisbatan energetik jihatdan qimmatliroq bo`ladi, chunki NAD∙H2 dan O2 ga tashiladigan proton va elektronlar 3 ta fosforlanish nuqtasidan o`tadi, shuning uchun P/O koeffitsienti 3 ga teng; nafas olish zanjirida FAD∙H2 dan o`tadigan proton va elektronlar esa faqat ikkita fosforlanish nuqtasidan o`tadi. Ikkinchi holatda flavoproteid va KoQ o`rtasidagi bitta fosforlanish nuqtasidan o`tmaydi. Shunga asosan istalgan bir substratning energetik qiymati, oksidlanish samaradorligini osongina hisoblash mumkin.

1 mol oksidlanadigan substratdan ATF ning hosil bo`lishi

Substrat

Substratning oksidlanish mahsulotlari

P/O koeffitsienti

1 mol oksidlangan substratdan hosil bo`ladigan ATF molekulalari soni

Malat

NAD∙H + H+



3

3

Suktsinat



FAD∙H2

2

2



Izotsitrat

NAD∙H + H+

3

3

2-oksoglutarat



NAD∙H + H+

Suktsinil-KoA

4

4

Hisoblashlar atsetil-KoA ning karbonat angidrid va suvgacha parchalanishida 12 molekula ATF hosil bo`lishini ko`rsatadi:



NAD∙H2 → 9 ATF

Oksidlanishli fosforlanish

Atsetil-KoA FAD∙H2 → 2 ATF

1 ATF Krebs siklidagi substratli fosfor.

16.3. Mitoxondriyada nafas olish va fosforlanish tutashuvining mexanizmi. Oksidlanish va fosforlanish tutashuvi mexanizmini tushuntirishga harakat qilgan ko`plab farazlar orasida ximiyaviy, mexano-ximik va xemiosmotik farazlar alohida ahamiyatga ega.

Ximiyaviy faraz nafas olish zanjirida oksidlanish reaktsiyalarining borishida hosil bo`ladigan ATF substratli fosforlanishga o`xshash (achish va Krebs siklida) bo`ladi, deb tushuntiriladi. Bu farazga asosan elektronlar tashilish energiyasi dastlab fosforillanmagan energiyaga boy X~Y turidagi intermediat ko`rinishida to`planadi. Keyin esa bu intermediatning X~PO3H2 hosil qilib fosforolizi va nihoyat fosfat guruhning ADF ga o`tishi, ya’ni ATF sintezi amalga oshadi. Bu faraz ko`p dalillarni tushuntirib bera olmadi. Energiyaga boy intermediatlar ham aniqlanmadi.

Mexanoximik yoki konformatsion faraz tutashuv mexanizmini muskulning ishlashiga o`xshash “qisqarish-bo`shashish” siklidan iborat oksidlanishli fosforlanish deb tushuntiradi.

Bu farazlar hozirgi kunda faqat tarixiy ahamiyatga ega. Nafas olish va fosforlanish tutashuvining yangi mexanizmi ingliz bioximigi Mitchel tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, xemiosmotik faraz nomini olgan. Piter Mitchel tomonidan taklif etilgan bu farazga binoan mitoxondriyalarning ichki membranasida elektronlarni tashish vazifasi mitoxondriya matriksidan H+ ionlarini tashqi muhitga ko`chirish va shu yo`l bilan membranani ajratib turadigan ikki suv fazasida H+ ionlari kontsentratsiyasi gradiyentini yaratishdir. H+ ionlari kontsentratsiyasi mitoxondriyalar ichidagidan baland bo`lgan bunday gradiyent potentsial energiyaga ega. Xemiosmotik nazariyaga asosan elektronlarni tashish energiyasi hisobiga tashqariga chiqarilgan H+ ionlari qaytadan bu ionlar uchun ATF aza molekulalaridagi maxsus kanallar yoki “g`ovaklar” orqali ichkariga kirishga intiladilar. Mana shunday holda ular kontsentratsiyasi gradiyenti bo`yicha siljiydilar va ATF aza molekulalari orqali o`tishida erkin energiya ajratadi. Xuddi mana shu energiya ADF va anorganik fosfatdan hosil bo`ladigan ATF sintezi uchun harakat kuchi bo`ladi.

Protonlar potentsiali yoki H+ ionlarining elektrokimyoviy gradiyenti ∆μH+ (delta myu H+) bilan belgilanadi va ikki komponentdan iborat: osmotik – H+ ionlarining kontsentratsiyasining farqi va elektrik – elektr potentsiallarining farqi. Vodorod ionlarining farqi pH birliklarida o`lchanadi va ∆pH deb belgilanadi. Elektr potentsiallarining farqi esa ∆φ (delta psi) bilan belgilanadi. Bundan quyidagi holat kelib chiqadi:

∆μH+ = ∆φ + ∆pH

Bir molekula ATF ning ADF va fosfatdan sintezi tashqi muhitdan mitoxondriya ichiga ikkita protonning kirishi bilan kuzatiladi. H+ ionlarining farqi tenglashadi va membrananing zaryadsizlanishi, ya’ni elektr potentsialining yo`qolishi amalga oshadi.

Demak, xemiosmotik faraz hech qanday yuksak enenrgiyali ximiyaviy omilga muhtoj emas. Ammo bu mexanizmni amalga oshishi uchun membrana butun, ya’ni mitoxondriyada u batamom yopiq bo`lishi kerak. O`z-o`zidan ma’lumki, membrana butun bo`lmasa, uning har ikki tomoni orasida H+ ionlari kontsentratsiya gradiyenti paydo bo`lishi mumkin emas. Shuningdek, turli ajratuvchi agentlar ishtirokida “H+ ionlari oqib chiqib ketsa”, gradiyent pasayadi, energetik ulanish bo`shashadi. Lekin xemiosmotik faraz ham oksidlanuvchi fosforlanish mexanizmining hamma masalalarini oxirigacha hal qilib bergani yo`q. Masalan, elektronlar tashish zanjiri qanday qilib H+ ionlarini matriksdan tashqariga itarib chiqaradi, degan savolga hali javob topilgani yo`q.

Mitoxondriya nafas olishida proton potentsialining hosil bo`lish mexanizmi. Proton va elektronlarning NAD∙H2 (yoki FAD∙H2 ) dan kislorodga tomon tashilishi xemiosmotik kontseptsiyaga asosan proton potentsiali hosil bo`lishi bilan boradi. Hisoblashlarning ko`rsatishicha, 0,25 V da mitoxondriyaning nafas olish zanjiri proton potentsialini hosil qiladi. Bu esa ATF sintezi uchun tshqi muhitdan mitoxondriya ichiga ikkita proton o`tkazilishi talab etilgan sharoitda bir molekula ATF hosil bo`lishi uchun yetarlidir. Bundan kelib chiqadiki, nafas olishda NAD∙H2 dan kislorodga har bir juft elektronning tashilishi uchun mitoxondriya membranasining tashqi tomoniga kamida 3 juft protonni, FAD∙H2 ning oksidlanishida esa kamida ikki juft proton, ya’ni har bir tutashuv bo`g`inida 2 tadan protonni o`zi bilan olib chiqib ketishi kerak.

Vodorodning proton va elektronlarga ajralishi ikki turdagi transport vositasining tashish ishini eslatadi. Bir turdagi transport bilan ikkala yuk ham (pproton va elektronlar) olib boriladi, morqaga esa boshqa tarnsport bilan yukning faqat bittasi (elektronlar) qaytib keladi. Natijada ikki tomonda turli xil yuklar (bir tomonda protonlar, ikkinchi tomonda elektronlar) to`planadi. Shuning uchun nafas olish zanjirida vodorod tshuvchilar faqat elektron tshuvchilar bilan navbatlashadi. Nafas olish zanjirining 3 ta joyida vodorod membrananing ichki tomoni bilan tashqi tomonini tutashtiradi va har gal bir juftdan proton qoladi hamda bir juft elektron ichki tomonga qaytib ketadi.

Birinchi kesishuv NAD∙H2 dan KoQ gacha bo`lgan qismda kuzatiladi. Membrananing ichki yuzasida NAD∙H2 ning flavinga bog`liq degidrogenazalar (FP1) ishtirokida oksidlanishi FMN∙H2 ning hosil bo`lishi va vodorodning membrananing tashqi tomoniga o`tkazilishiga olib keladi. Bu yerda birinchi juft protonlar ajralib chiqadi, FMN∙H2 dagi ikkita elektron esa membranani teskari yo`nalishda (ichki tomonga qarab) kesib o`tadi. Bu ikkita elektron FeS li oqsil-1 (FeS-PR1) va sitoxromlar orqali KoQ ga tashiladi. KoQ ning qaytarilishi matriksdan 2 ta protonni bog`lab KoQ∙H2 hosil qilishi bilan boradi.

Ikkinchi kesishuv KoQ∙H2 dan c1 sitoxromgacha bo`lgan qismda ro`y beradi. Bodorodning tashqi membranaga transport qilinishi va bu joyda KoQ∙H2 ning oksidlanishi qanday borishi noma’lum bo`lgan Q-siklda amalga oshadi. KoQ∙H2 tarkibidagi vodorodning ichki membranadan tashqi membranaga maxsus Q-oqsillar yordamida o`tkaziladi. Tashqi membrana yuzasida KoQ∙H2 ning oksidlanishi muhitga 2-juft protonlarning o`tishi va 2 ta elektronning b566sitoxromi va FeS li oqsil (FeS-PR2) orqali boshqa KoQ molekulasiga qaytadi. Bu KoQ esa qaytarilish jarayonida matriksdan yana 2 ta protonni biriktirib oladi.

Uchinchi kesishuv KoQ∙H2 vodorodni tashqi tomonga oksidlanish uchun o`tkazib, 3-juft protonni ajratgan vaqtda boshlanadi. KoQ∙H2 ning 2 ta elektroni c2 va с sitoxromlari orqali tashqi tomondan membranada ko`ndalang joylashgan a va a3 sitoxromlari (sitoxromoksidazalarga) uzatadi.

Sitoxromoksidaza – nafas olish zanjiridagi kislorodni bog`laydigan yagona tashuvchi. Matriks tomondagi a3 sitoxromda kislorodning quyidagi tenglama bo`yicha qaytarilishi amalga oshadi:

2eˉ + ½O2 + 2H+ → H2O yoki 4eˉ + O2 + 4H+ → 2 H2O

Gidroksil ionlari va suv molekulalari hosil qilish uchun H+ ionlari mitoxondriya matriksidan olinadi.

Sitoxromoksidazalar faqatgina kislorodni qaytarmasdan, balki tashqi muhitga protonlarni “itarib” chiqarish xususiyatiga ham ega. Yuzaga kelgan proton potentsiali fosforlanish jarayonida foydalaniladi.

Fosforlanish mexanizmi. Membrana orqaga qaytib o`tgan protonlar bilan tutashgan ATF sintezi H+ - ATF sintetaza fermenti yordamida amalga oshadi. U tashqi tomondan zamburug`simon shaklga ega bo`lib, 2 ta tashkiliy qismdan tuzilgan. “Zamburug`ning oyoq qismi” oqsilli silsindr ko`rinishida bo`lib, mitoxondriya ichki membranasida joylashgan. Silindrning bir uchi tashqi muhit bilan, ikkinchisi esa membrananing ichki yuzasi chegarasida yumaloq boshchaga birikkan. Bu boshchalar mitoxondriya matriksiga kirib turadi. Uning silindr qismi “F0”, yumaloq qismi esa – “F1” bilan belgilanadi. Demak, H+ - ATF sintetazani “F0 + F1” deb tasavvur qilish mumkin.

Fermentning bu ikki qismi tuzilishi, xossalari va vazifasi bilan tubdan farq qiladi. F0 + F1 ning umumiy og`irligi 500 ming dalton. F0 – 4 ta polipeptid zanjirdan tashkil topgan kuchli gidrofob oqsil. F1 – 5 turdagi 10 ta polipeptid zanjirdan tuzilgan. F0 – membranada protonlar o`tadigan kanal vazifasini, F1 – esa fosforlash vazifasini bajaradi. Agar F1 – boshcha kesib tashlansa, ADF va fosfatdan ATF sintezi to`xtaydi va gradiyent bo`yicha kanal orqali protonlar osonlik bilan o`tadi.

Fermentlarning katalitik markazida nafas olish zanjiri hosil qilgan elektr maydoni sistema muvozanatini ATF sintezi tomonga o`zgartiradi:

ADF3- + PO³4 + 2H+ ↔ ATF-4

Sintezlangan ATF matriksga o`tadi. Tashqariga ATF ning o`tkazilishi mitoxondriya membranasining maxsus tashuvchi oqsillari orqali amalga oshadi hamda ATF fosforlanish uchun zarur bo`lgan tashqi ADF ga almashinadi.

H+ - ATF-sintetaza qaytar reaktsiyani katalizlagan holda ATF gidrolizi energiyasi hisobiga ichki muhitdan tashqariga protonlarni itarib, xuddi H+ - ATF aza (protonli adenozintrifosfataza) kabi ish bajaradi. Proton potentsialining ATF azali generatori potentsial qiymati ATF gidrolizida ajralgan energiya qiymati bilan tenglashganga qadar ishlaydi. Proton potentsiali generatori vazifasini nafas olish bajargan tabiiy sharoitlarda elektr maydoniga qarshi proton potentsiali energiyasidan foydalanib ATF ni parchalashi ATF sinteziga nisbatan qiyinroq bo`ladi, nafas olishli fosforlanish kuzatiladi. Nafas olishning tormozlanishi ATF-sintetazani ATF energiyasini ichki qismdan tashqariga itarilishiga majbur qiladi.

Mitoxondriyaning ichki membranasi, o`simliklar xloroplastlarining tilakoidlar membranasi, fotosintezlovchi bakteriyalarning xromatofori hamda aerob bakteriyalarning hujayra membranasi kabi barcha ma’lum bo`lgan energiyaning biologik transformatorlari proton sikli bo`yicha ishlaydi.

Mitoxondriyada nafas olish fosforlanish bilan har doim ham tutashavermaydi. Substratlarning nafas olishda bunday oksidlanishi fosforlanmaydigan yoki erkin oksidlanish deb aytiladi. Fosforlanmaydigan oksidlanishda nafas olish fosforlanishdan ajralgan bo`lib, nafas olish zanjiri samarasiz ishlaydiganga o`xshaydi, chunki oksidlangan moddalarning hamma energiyasi hujayra funktsiyalari uchun sarflanmasdan, issiqlik sifatida tarqaladi. Fosforlanmaydigan oksidlanish boradigan mitoxondriyalar issiqlik ishlab chiqaruvchi o`ziga xos hujayra “pechkalari” hisoblanadi. Bunday holat organizm to`qimalari uchun ATF ga nisbatan issiqlikka ehtiyoji ko`p bo`lgan vaziyatlarda zarur. Masalan, sovuq havoda issiqqonli organizmlar tana haroratini saqlashi.

Mushak mitoxondriyalari uchun issiqlik ajratish – asosiy vazifa emas. Organizmda maxsus to`qima – qo`ng`ir yog` mavjud bo`lib, uning mitoxondriyalari issiqlik ajralib chiqarish uchun moslashgan. Bunday yog` chaqaloqlarda ko`p miqdorda bo`ladi va yosh kattalashgan sari uning miqdori kamaya boradi. Qo`ng`ir yog` ayniqsa atrof-muhit haroratiga juda sezgir bo`lgan qishda uxlovchi hayvonlarda ko`p bo`ladi. Yog` uchun xos bo`lmagan qo`ng`ir rangning bo`lishi uning tarkibida ko`p mitoxondriya borligi bilan tushuntiriladi. Bu mitoxondriyalar boshqalaridan ularda fosforlanishga nisbatan nafas olish fermentlari deyarli 10 baravar ko`pligi, ya’ni ular ATF ishlab chiqarishga kamroq moslashganligi bilan farqlanadi.

Mushaklardagi mitoxondriyalar, qo`ng`ir yog` va boshqa to`qimalarning asosini erkin yog` kislotalari tashkil etib, ular membrananing o`tkazuvchanligini oshirib, proton potentsiali energiyasini issiqlikka o`tishiga yordam beradi.

16.4. Biologik oksidlanish reaktsiyalarida kislorodning iste’mol qilinish yo`llari. Organizm hujayralariga kiradigan kislorod faqatgina mitoxondriyaning nafas olish zanjirida substratlarning oksidlanishiga emas, balki boshqa biologik reaktsiyalar uchun ham sarflanadi. Kislorod sarflanishi bilan boradigan barcha turdagi reaktsiyalarni 4 ga ajratish mumkin.

1-tur – oksidazali deb aytiladi. Uni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

S ∙ H2 + ½ O2 → S + H2O

Bu turdagi reaktsiya mahsuloti oksidlangan substrat (S) va suvdan iborat. Bu reaktsiyalar mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan (nafas olish zanjiri) va kislorod ularda energiya hosil bo`lishi uchun sarflanadi.

2-tur reaktsiya – peroksidazali bo`lib, quyidagi sxema bo`yicha boradi:

S ∙ H2 + O2 → S + H2O2

Bunda oksidlangan substrat va vodorod peroksid reaktsiya mahsulotlari hisoblanadi. Bu turdagi reaktsiyalar hayvon va odam hujayralariga nisbatan o`simlik hujayralarida keng tarqalgan.

2-turdagi reaktsiyalar kislorod bir qator tabiiy birikmalar (aminokislotalar, poliaminlar, oksikislotalar, sulfitlar, purinlar, aldegidlar, biogen aminlar) ning oksidlanishida ishlatiladi. Moddalarning oksidlanishli parchalanishining o`ziga xos “chiqiti” organizm hujayralari uchun zararli bo`lgan vodorod peroksidning hosil bo`lishidir. Ammo kislorodning bu turda iste’mol qilinishining boshqa biologik vazifasi ham bor. Fagotsitozni amalga oshiradigan leykotsitlar, gistiotsitlar va boshqa hujayralarda, ya’ni yot moddalarni va mikroorganizmalrni parchalovchilarda vodorod peroksidning bunday sintezi juda faol, hosil bo`ladigan peroksid esa og`riq hosil qiluvchi bakteriyalarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.

3-tur reaktsiya – oksigenazali. Bu reaktsiyalar monooksigenazali sxema bo`yicha boradi:

A ∙ H2 + S + O2 → A + SO + H2O

(bunda A ∙ H2 – vodorod donori; S – oksidlovchi substrat) yoki dioksigenazali sxema bo`yicha:

S + O2 → SO2

Monooksigenazali mexanizm oksidlanadigan substratga 1 atom kislorodning birikishi va 2-atomning suv molekulasiga birikishi bilan boradi. Dioksigenazali turida esa molekulyar kislorod ikkala atom kislorodini ham oksidlanivchi moddalarga tadbiq etilishi bilan boradi.

Monooksigenazalar hujayra shirasida erigan ferment holatida yoki jigar hujayralarining endoplazmatik retikulum membranalarida, buyrak usti bezi hujayralarining mitoxondriyalarida maxsus oksidlanish zanjiri ko`rinishida mavjud bo`ladi.

Monooksigenazali zanjirlar o`t kislotalari, xolesterindan steroid gormonlar sintezi, shuningdek dori va zaharlarni zararsizlantirishda tabiiy organik moddalarning oksidlanishi uchun foydalaniladi.

4-tur reaktsiya – to`yinmagan yog` kislotalarning peroksidli oksidlanishi bo`lib,

RH + O2 → ROOH

sxemasi bo`yicha boradi. Lipid, aldegid, keton va boshqalar to`yinmagan lipidlarning peroksidli oksidlanish mahsulotlari hisoblanadi. Bu reaktsiyalarda kislorodning sarflanishi mitoxondriya membranalari; endoplazmatik retikulum, lizosoma va boshqa to`yinmagan lipidlar (asosan fosfolipidlar) bo`lgan boshqa joylarda boradi. Bu turdagi reaktsiyalar biologik membrana lipidlarining yangilanishi va o`tkazuvchanligini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.

Hujayrada kislorod sarflanishining asosiy yo`llarini sxemasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:

Mahsulotlar Vazifasi

1

H2O energetik



2

H2O2 suvda eriydigan moddalarning oksidlanishli

O2 3 parchalanishi

ROH + H2O asosan lipofil moddalarning oksidlanishli

parchalanishi

4


ROOH struktura lipidlarining yangilanishi va parchalanishi

Bu yo`llar bo`yicha kislorod sarflanishi turlicha va bu juda ko`p holatlarga bog`liq. Kislorod asosiy manbasi – 80-90 % i mitoxondriyalarda 1-yo`l bilan oksidlanishli fosforlanishga sarf bo`ladi. Qolgan kislorodning asosiy qismi monooksigenazali yo`l (sxemadagi 3-yo`l) bilan jigar va boshqa organlar hamda buyrak usti bezi mag`zidagi mitoxondriyalarning oksidlanishli zanjirida sarflanadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Nafas olish zanjiri qanday tuzilgan?

2. Nafas olish zanjirida nechta fosforlanish nuqtasi mavjud?

3. Nafas olish zanjirida FADH va NADH dan necha molekuladan ATF hosil bo`ladi?

4. Oksidlanishli fosforlanish nima?

5. Redoks-potentsial deb nimaga aytiladi?

6. Fosforlanish koeffitsiyenti nima?


Yüklə 220 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin