Atmosferada erkin holatdagi azotning miqdori 70% dan ortiq bo’lsa, ham undan foydalanish uchun birikma holga o’tkazish kerak. Birikma holga o’tkazishning turli yo’llari mavjud bo’lib, ulardan tabiatda kuzatiladigan momaqaldiroq vaqtida chaqmoqchaqishi va ionlanish jarayonlari,meteoritlarning qo’yib ketishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Ammo erkin azotni birikma holga o’tkazishda tirik organizmlarning roli katta. Bakteriyalar faoliyati natijasida 2-3 kg dan 5-6 kg gacha (1 gektar maydonda) azot birikma holga o’tkaziladi. Dukkakli o’simliklarning ildizida yashobchi tugunak bakteriyalar esa yiliga 350 kg ga azot birikmasini to’playdi. Azotni birikma holiga o’tkazish uchun energiya talab etiladi. Tuproqda natrifikastiyalovchi bakteriyalar tomonidan ammoniy natrit va natriylargacha oksidlanadi hamda denitrifikastiyalovchi bakteriyalar tomonidan esa ular gaz holidagi azot va yoki azot oksidi tarzida qaytariladi. Ammoniy ionlarning nitrit va nitratlargacha oksidlanishi energiya ajralishi bilan boradi. Denitrifikastiyalovchi bakteriyalar nitrit va nitratlardan nafas olish uchun kislorod manbai sifatida foydalanadi.